1. Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati



Download 82,73 Kb.
bet1/2
Sana05.04.2022
Hajmi82,73 Kb.
#530189
  1   2
Bog'liq
189 06.04.2021




[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.14.00.00 Davlat organlarining huquq ijodkorligi faoliyati / 01.14.01.00 Umumiy qoidalar;

2.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.05.00.00 Adliya organlari]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Qonunchilik tashabbusi. Norma ijodkorligi faoliyati;

2.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Adliya organlari. Notariat. Yuridik xizmat]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha tayyorlash tizimini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida yuridik ta’lim va fanni tubdan takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 29-apreldagi PF-5987-son va “Davlat huquqiy siyosatini amalga oshirishda adliya organlari va muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 19-maydagi PF-5997-son farmonlari hamda “Aholiga davlat ijtimoiy xizmatlari va yordam taqdim etish tartib-taomillarini avtomatlashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 4-avgustdagi PQ-4797-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, kadrlar tayyorlash tizimini o‘qitishning zamonaviy shakllari va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, yuridik ta’lim olishga yanada keng imkoniyat yaratish hamda intellektual mulk huquqi sohasidagi xodimlarni kasbiy malakasini, ilmiy va amaliy salohiyatini yanada oshirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markaziga (keyingi o‘rinlarda — Markaz) quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatilsin:
xalq ta’limi, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida yuridik fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik ma’lumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash;
nizolarni sudgacha muqobil hal qilish mexanizmi sifatida mediatsiya institutida samarali faoliyat yuritadigan mediatorlarni tayyorlash;
tinglovchilarning intellektual mulk huquqi sohasiga oid kasbiy bilim va ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etish.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Xalq ta’limi, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida yuridik fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik ma’lumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash kurslari to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
kasbiy qayta tayyorlash kurslarida o‘qishni tashkil etish shakli, kasbiy qayta tayyorlash kurslarida o‘qish muddatlari hamda bu boradagi xarajatlarni qoplash tartibi;
kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabulni tashkil etishning shaffof mexanizmi;
kasbiy qayta tayyorlash kurslarida o‘quv yuklamasi hajmi va o‘quv jarayoni;
tinglovchilarning yakuniy imtihondan o‘tkazish, kasbiy qayta tayyorlash kurslaridan chetlashtirish asoslari va tartibi.
3. Belgilansinki:
2030-yil 1-yanvardan boshlab xalq ta’limi, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida yuridik fanlardan faqat oliy yuridik ma’lumotga ega bo‘lgan yoki Markazda pedagogik qayta tayyorlash kurslarini tugatgan va belgilangan namunadagi diplomni olgan oliy ma’lumotli shaxslar dars berish huquqi ega bo‘ladi. Bunda 2030-yil 1-yanvarga qadar xalq ta’limi, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida oliy noyuridik ma’lumotga ega shaxslar tomonidan yuridik fanlardan dars berishda yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxslar ustuvorlikka ega bo‘ladi;
oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslarni yuridik mutaxassislikka qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatib, belgilangan namunadagi diplomni olgan shaxslar tegishli mutaxassislik bo‘yicha davlat organlari va tashkilotlarning yuridik xizmati bilan bir qatorda fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida ishlash huquqiga ega bo‘ladi;
tadbirkorlar, davlat organlari va tashkilotlar vakillari, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari xodimlarini intellektual mulkni yaratish va himoya qilish asoslari, tijoratlashtirish, brending va marketingga o‘qitish Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi o‘rinlarda — TDYU) va boshqa oliy ta’lim muassasalari yuridik fakultetlarida qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish orqali TDYU Kengashi tomonidan belgilangan tartibda amalga oshiriladi;
mediatorlarni tayyorlash hamda intellektual mulk huquqi sohasiga oid kasbiy bilim va ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha qisqa muddatli o‘quv kurslari bevosita yoki masofaviy (ishdan ajralmagan holda) shakllarda tashkil etilishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
4. Markaz direktori tomonidan TDYU bilan kelishilgan holda Markazning budjetdan tashqari mablag‘lari (qayta tayyorlash kurslaridan o‘tish uchun shartnoma asosida to‘lanadigan mablag‘lar va boshqalar) hisobidan quyidagilar mustaqil ravishda amalga oshiriladi:
Markazda tashkil etiladigan kurslarga konsultant, ma’ruzachi va o‘qituvchi sifatida jalb etiladigan xorijiy va mahalliy mutaxassislarning ish haqi va boshqa to‘lovlari miqdorlarini belgilash;
Markaz xodimlariga har oylik ustama va moddiy rag‘batlantirishning boshqa turlari, shuningdek, ularning miqdorini belgilash.
(4-banb O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-noyabrdagi 705-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 23.11.2021-y., 09/21/705/1082-son)
5. Quyidagilar kurslarni tashkil etishning moliyalashtirish manbalari etib belgilansin:
xalq ta’limi, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida yuridik fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik ma’lumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etishda — tinglovchilar tomonidan qayta tayyorlash kurslaridan o‘tish uchun shartnoma asosida to‘lanadigan mablag‘lari;
intellektual mulk sohasiga oid kurslari, shuningdek, mediatorlarni tayyorlash dasturi bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini tashkil etishda — vazirlik va idoralar, boshqa tashkilotlarning budjetdan tashqari mablag‘lari, shuningdek, tinglovchilar tomonidan o‘quv kurslarida o‘qish uchun shartnoma asosida to‘lanadigan mablag‘lari va qonunchilik hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
6. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi hamda O‘zbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan birgalikda 2021-yil 1-iyunga qadar Markaz orqali yosh advokatlarni tanlov orqali yetakchi xorijiy yuridik kompaniyalarda stajirovka o‘tashini tashkil etish, shu jumladan, ushbu faoliyatni davlat grantlari orqali moliyalashtirish yuzasidan takliflar kiritsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining 2-ilovaga muvofiq ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari B.A. Musayev va O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri R.Q. Davletov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2021-yil 6-aprel,
189-son
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-apreldagi 189-son qaroriga
1-ILOVA
Xalq ta’limi, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida yuridik fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik ma’lumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash kurslari to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Yuridik xodimlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazida (keyingi o‘rinlarda — Markaz) xalq ta’limi, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida yuridik fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik ma’lumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish tartibini belgilaydi.
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi:
xalq ta’limi, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida yuridik fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik ma’lumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash kurslari (keyingi o‘rinlarda — kasbiy qayta tayyorlash kurslari) — xalq ta’limi, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida yuridik fanlar bo‘yicha yuqori saviyada pedagogik faoliyatni olib borish uchun yetarli darajadagi bilim olish va ko‘nikma shakllantirishni nazarda tutadigan o‘qitish shakli;
buyurtmanoma — muayyan davr uchun buyurtmachi tomonidan pedagog kadrlarni kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilish uchun Toshkent davlat yuridik universiteti (keyingi o‘rinlarda — TDYU)ga taqdim etiladigan pedagog kadrlar ro‘yxati;
buyurtmachi — O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi va tizimida umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional davlat ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirliklar va idoralar, shuningdek, nodavlat ta’lim tashkilotlari;
kurs yo‘nalishlari — xalq ta’limi, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalari xodimlari uchun kontingent xususiyati hamda o‘ziga xosligidan kelib chiqib ishlab chiqilgan o‘quv reja va dasturlari asosida tashkil etiladigan kasbiy qayta tayyorlash kurslari yo‘nalishlari;
masofaviy ta’lim — ta’lim dasturlarini ishlab chiqarishdan ajralmagan holda onlayn (real vaqt rejimida) hamda offlayn (videoma’ruzalar, mavzuga doir ma’ruzalar matni, assesment topshiriqlari, amaliyot materiallari tahlili, kichik nazorat ishini bajarish orqali tegishli o‘quv-metodik resurslarni mustaqil bajarish) rejim orqali axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan hamda Internet jahon axborot tarmog‘idan foydalangan holda masofadan turib o‘zlashtirish;
pedagog kadr — xalq ta’limi, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida yuridik fanlardan dars beruvchi pedagog kadr;
talabgorlar — kasbiy qayta tayyorlash kurslarida o‘qitish maqsadida belgilangan tartibda tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq buyurtmanoma asosida yo‘naltirilgan shaxslar;
tinglovchilar — o‘qish uchun to‘lov-kontrakt summasini to‘lagan va kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilingan shaxslar.
3. Kasbiy qayta tayyorlash kurslarida o‘qish masofaviy ta’lim shaklida davlat va rus tillarida amalga oshiriladi.
4. Kasbiy qayta tayyorlash kurslarida o‘qish xarajatlari TDYU Kengashi tomonidan belgilanadi hamda TDYU va tinglovchi o‘rtasida tuziladigan shartnomaga muvofiq to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Bunda to‘lov-kontrakt summasini mazkur kurslarda o‘qish davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati nazarda tutiladi.
5. Kasbiy qayta tayyorlash kurslari, qoida tariqasida, to‘rt oylik TDYU Kengashi tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv reja va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
6. Kasbiy qayta tayyorlash kurslarida o‘qish ikkinchi oliy ma’lumot olish hisoblanmaydi.
7. Oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan pedagog kadrlar kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilinmaydi.
2-bob. Kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabulni tashkil etish
8. Kasbiy qayta tayyorlash kurslarida o‘qishni xohlovchi pedagog kadrlar har yili 10-noyabrga qadar buyurtmachiga ushbu Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni taqdim etadilar.
Buyurtmachi har yili 15-noyabrga qadar keyingi kalendar yilida kasbiy qayta tayyorlash kurslarida o‘qishi rejalashtirilgan pedagog kadrlar kontingentini TDYUga taqdim etadi.
Kasbiy qayta tayyorlash kurslarida o‘qishni xohlovchi pedagog kadrlarni arizasini buyurtmachi tomondan qabul qilish va TDYUga taqdim etish maxsus veb-platforma orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tkazishni nazarda tutgan holda tashkillashtirilishi mumkin.
9. Kurs yo‘nalishi va muddati, talabgorlar ro‘yxati aks ettirilgan reja-grafik buyurtmachi va TDYU tomonidan tasdiqlanib, har yili 15-dekabrdan kechiktirmasdan talabgorlarning asosiy ish joyiga taqdim etiladi hamda buyurtmachi tomonidan tinglovchilar bosqichma-bosqich kurslarga yo‘naltiriladi.
10. Talabgorlar tomonidan kurslarda ta’lim olish haqidagi arizaga quyidagilar ilova qilinadi:
talabgorni kasbiy qayta tayyorlash kurslariga yuborish to‘g‘risida asosiy ish joyidan chiqarilgan buyruq;
fuqarolik pasporti (identifikatsiya ID-kartasi) yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat nusxasi;
Oldingi tahrirga qarang.
(10-bandning to‘rtinchi va beshinchi xatboshilari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 774-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.12.2021-y., 09/21/774/1198-son)
11. Kasbiy qayta tayyorlash kurslarida o‘qish uchun to‘lov-kontrakt summasi to‘langan talabgorlar Markaz direktorining buyrug‘i bilan tinglovchi sifatida o‘qishga qabul qilinadi.
12. Tasdiqlangan reja-grafikka muvofiq o‘quv jarayoni boshlangunga qadar Markazga o‘qish uchun murojaat qilmagan yoki o‘qishi uchun belgilangan to‘lov amalga oshirilmagan talabgorlar kasbiy qayta tayyorlash kurslariga qabul qilinmaydi va bu haqda tegishli ravishda buyurtmachiga, shuningdek, talabgorning asosiy ish joyiga xabar beriladi.
Mazkur holatda talabgor keyingi tashkil etiladigan kurslarda o‘qishga qabul qilinishi mumkin.
3-bob. Kasbiy qayta tayyorlash kurslarida o‘quv yuklamasi hajmi va o‘quv jarayoni
13. Kasbiy qayta tayyorlash kurslarida o‘quv jarayoni davomiyligi, qoida tariqasida, 18 haftani tashkil etadi.
Umumiy o‘quv vaqti hajmi quyidagicha taqsimlanadi:
nazariy ta’lim — 16 — 18 hafta;
yakuniy imtihon — 1-2 hafta.
14. Kasbiy qayta tayyorlash kurslarida o‘quv jarayoni masofaviy ta’lim shaklida amalga oshirilib, Markazning, shuningdek, masofaviy ta’limga oid maxsus boshqa ta’lim platformalarida onlayn hamda ustuvor ravishda offlayn rejimda tashkil qilinadi.
O‘quv mashg‘ulotlarini tashkil etilishi, o‘tkazish tartibi va davomiyligi, tinglovchilarning bilimini nazorat qilish tegishli fan dasturlari bilan belgilanadi.
15. O‘quv jarayonida o‘quv mashg‘ulotlari ma’ruza va seminar shakllarida tashkil etiladi.
O‘quv jarayonida, shuningdek o‘quv mashg‘ulotlarining qo‘shimcha turlari — klinik ta’lim, sud majlislari imitatsiyasi (moot court), sayyor mashg‘ulotlar va boshqalar ham qo‘llanilishi mumkin.
16. O‘quv jarayonida asosan dars mashg‘ulotlarini tashkil etishning amaliyotga yo‘naltirilgan zamonaviy shakllari — keys-stadi (muammoli vaziyatlarni hal etish), prezentatsiya, jamoada ishlash va boshqalar qo‘llaniladi.
Barcha turdagi o‘quv mashg‘ulotlarining davomiyligi, qoida tariqasida, 80 daqiqani, o‘quv mashg‘ulotlari o‘rtasidagi tanaffus kamida 10 daqiqani tashkil etadi.
O‘quv jarayoni, qoidaga ko‘ra, 25 kishidan ortiq bo‘lmagan tinglovchilardan iborat akademik guruhlarda tashkil qilinadi.
17. Tinglovchilarning fanlarni o‘zlashtirishi maxsus elektron platforma orqali amalga oshirilib, barcha modullarni o‘zlashtirgan tinglovchilarga yakuniy imtihonga ruxsat beriladi.
4-bob. Tinglovchilarning yakuniy imtihoni
18. Kasbiy qayta tayyorlash kurslarida tinglovchilarning yakuniy imtihoni test sinovlari shaklida amalga oshiriladi. Bunda, test sinovlari onlayn rejimida o‘tkazilishi ham mumkin.
Test sinovlarini onlayn yoki offlayn rejimida o‘tkazish TDYU tomonidan belgilanadi.
19. Yakuniy imtihonda test sinovlari uchun ajratilgan maksimal balning 56 foizidan kam ball to‘plagan tinglovchilar kurslarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirmagan hisoblanadi.
Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘ta olmagan tinglovchilarga keyingi kasbiy qayta tayyorlash kurslari yakunida faqat bir marta qayta topshirishga imkon beriladi.
Bunda, tinglovchilar tomonidan test sinovlarini takroran topshirish pullik asosida buyurtmachining mablag‘lari yoki tinglovchining o‘z hisobidan amalga oshiriladi.
Test sinovlari uchun to‘lanadigan to‘lov miqdori TDYU Kengashi tomonidan belgilanadi.
20. Yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli o‘tgan kasbiy qayta tayyorlash kurslari tinglovchilariga Markaz direktorining buyrug‘i bilan mazkur Nizomning ilovasida belgilangan namunadagi hamda QR-kod (matrik shtrix kod) bilan ro‘yxatdan o‘tkaziladigan diplom beriladi.
21. Yakuniy imtihonni o‘tkazishga doir talablar TDYU Kengashi tomonidan belgilanadi.
5-bob. Yakunlovchi qoidalar
22. Kasbiy qayta tayyorlash kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va belgilangan namunadagi diplomni olgan tinglovchilar — xalq ta’limi tizimi pedagog kadrlari besh yil davomida, o‘rta maxsus va professional ta’lim tizimi pedagog kadrlari uch yil davomida belgilangan davriylikka muvofiq malaka oshirishdan ozod etiladi.
23. Kasbiy qayta tayyorlash kurslarida dars mashg‘ulotlarini olib borish, shuningdek, o‘quv materiallarini tayyorlash hamda nazorat ishlarini tekshirish uchun yuqori malakali mutaxassislar, pedagoglar, shu jumladan, sud va huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, advokatlar mehnatga soatbay haq to‘lash tartibida, shartnoma asosida jalb etiladi.
24. Tinglovchilar quyidagi holatlarda kasbiy qayta tayyorlash kurslaridan chetlashtiriladi:
o‘z xohishiga ko‘ra;
o‘quv rejasidagi fan(lar)ni o‘zlashtirmaganda;
o‘quv mashg‘ulotlarini uzrli sabablarsiz 30 akademik soatdan ortiq qoldirganligi sababli;
yakuniy imtihondan muvaffaqiyatli o‘ta olmaganda;
sudning tinglovchini ozodlikdan mahrum etish to‘g‘risidagi hukmi qonuniy kuchga kirganda;
salomatligi tufayli (tibbiy ma’lumotnoma asosida);
tinglovchining vafoti munosabati bilan;
Markaz odob-axloq va ichki tartib-qoidalarini qo‘pol ravishda buzganda.
Tinglovchi kasbiy qayta tayyorlash kurslaridan chetlatilganda, unga Markaz tomonidan sabablari ko‘rsatilgan holda ma’lumotnoma beriladi, shuningdek, bu haqda uni kasbiy qayta tayyorlashga yuborgan buyurtmachiga xabar beriladi.
25. Kasbiy qayta tayyorlash kurslari tinglovchilari kurslarda ta’lim olishni rad etganda yoki o‘qishdan chetlashtirilganda o‘qish uchun to‘langan to‘lov-kontrakt summasi qaytarilmaydi.
26. Mazkur Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlariga muvofiq javob beradilar.
Xalq ta’limi, o‘rta maxsus va professional ta’lim muassasalarida yuridik fanlardan dars beradigan, oliy noyuridik ma’lumotga ega pedagog kadrlarni qayta tayyorlash kurslari to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA


Download 82,73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish