1. Davlat va jamiyat qurilishi / Fuqarolik. Aholi. Pasport tizimi]



Download 0,5 Mb.
bet4/4
Sana01.09.2021
Hajmi0,5 Mb.
#162212
1   2   3   4
Bog'liq
593 28.09.2020

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddatlari




1-bosqich

Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs

Belgilangan shakldagi ariza-anketani to‘ldiradi va tegishli hujjatlar bilan vaqtincha ro‘yxatdan o‘tgan joyi bo‘yicha MvaFRBga murojaat qiladi.

Zarurat tug‘ilganda




2-bosqich

MvaFRB

1. Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsdan hujjatlarni qabul qilib olganidan keyin ularni rasmiylashtiradi, ariza beruvchining shaxsiga oid ma’lumotlarni bazadan tekshiradi. IIV Tezkor ma’lumotlar boshqarmasidan ariza beruvchiga doir ma’lumotlarni so‘rab oladi hamda hujjatlarni Toshkent shahar va Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmalarining Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmalariga yuboradi.

O‘n to‘rt kun davomida




3-bosqich

Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB MvaFR boshqarmasi

Taqdim etilgan hujjatlarni tekshiradi va ariza-anketaning bir nusxasini tegishli vakolatli organga yuboradi.

Uch ish kuni davomida




4-bosqich

Toshkent shahar va Toshkent viloyati Davlat xavfsizlik xizmati boshqarmasi

Ariza-anketani ko‘rib chiqadi, chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning doimiy yashashga qolishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligi to‘g‘risida o‘z xulosasini beradi.

O‘ttiz kun davomida




5-bosqich

Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB MvaFR boshqarmasi

Ijobiy javob olingan taqdirda, xulosa tayyorlaydi va materiallarni O‘zbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasiga yakuniy qaror qabul qilish uchun yuboradi.

O‘n kun davomida




6-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi IIV MvaFR bosh boshqarmasi

Taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqib, chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning doimiy yashashga qolishi maqsadga muvofiqligi to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmatiga so‘rov xati yuboradi.

Uch ish kuni davomida




7-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati

Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsni doimiy yashashga qolishi maqsadga muvofiqligi yoki muvofiq emasligini o‘rganib chiqib, bu bo‘yicha o‘z fikrini beradi.

O‘ttiz kun davomida




8-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi IIV MvaFR bosh boshqarmasi

Tegishli javob olingan taqdirda, qaror chiqaradi, bu qaror O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirining o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi.

O‘ttiz kun davomida




9-bosqich

O‘zbekiston Respublikasi IIV MvaFR bosh boshqarmasi

Doimiy yashashga ruxsatnoma berish to‘g‘risidagi materiallarni IIBB MvaFRBga yuboradi.

Uch ish kuni davomida




10-bosqich

Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB MvaFR boshqarmasi

IIVdan ijobiy javob olingach, hujjatlarni tegishli MvaFR bo‘linmasiga chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga doimiy yashashga ruxsatnoma rasmiylashtirib berish uchun yuboradi.

Ikki ish kuni davomida




11-bosqich

MvaFR bo‘linmasi

Hujjatlarni olgach, ariza beruvchining yashash manziliga xabar yuboradi,yashash guvohnomasi yoki ID-kartani rasmiylashtirib bergach, shu kunning o‘zida mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq doimiy ro‘yxatga olishni rasmiylashtirish yuzasidan elektron so‘rovnoma shakllantiriladi.

Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning so‘roviga ko‘ra, QR-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘i taqdim etiladi.

Bir vaqtning o‘zida chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga O‘zbekiston Respublikasida bo‘lish qoidalari tushuntiriladi hamda bu haqda undan mazkur Nizomga 9-ilovaga muvofiq tilxat olinadi.


Uch ish kuni davomida

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
11-ILOVA

Doimiy yashashga ruxsatnoma berilgan chet el fuqarosining va u bilan birga doimiy ro‘yxatga olingan 16 yoshga to‘lmagan farzandining milliy pasportiga qo‘yiladigan shtamp

NAMUNASI

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


12-ILOVA

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
13-ILOVA



* Toshkent shahri yoki Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olish maqsadga muvofiq deb topilganda, tegishli MvaFRBdan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning shaxsiy yig‘majildi so‘rab olinadi.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


14-ILOVA



Izoh. Ariza beruvchi uchun ishonchli vakillar, voyaga yetmaganlar uchun esa, ota-onalar, vasiy (homiy)lar vakil hisoblanadi.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


15-ILOVA

Respublikaning boshqa hududlarida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatga olish

SXEMASI

Bosqichlar

Subyektlar

Tadbirlar

Ijro muddatlari




1-bosqich

Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs

Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy ro‘yxatdan o‘tish istagini bildirgan respublikaning boshqa hududlarida doimiy yashovchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs doimiy yashash joyidagi MvaFRBga murojaat qiladi.

Zarurat tug‘ilganda




2-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar

MvaFRB


Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxs doimiy ro‘yxatdan o‘tish istagini bildirgan Toshkent shahar yoki Toshkent viloyati MvaFRBga elektron tizim orqali so‘rov xati yuboradi.

Bir ish kunida




3-bosqich

Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB MvaFRB

So‘rovnomani olgach, murojaat qiluvchi chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning Ro‘yxatga muvofiqligini hamda uy-joy hujjatlarini o‘rganib chiqib, javob xati yuboradi.

Uch ish kuni davomida




4-bosqich

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar

MvaFRB


MvaFRB ijobiy javob olgan taqdirda, bir ish kunida chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning shaxsiy yig‘ma ish jildini tegishli MvaFRBga jo‘natadi.

Bir ish kuni davomida




5-bosqich

Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB MvaFRB

Shaxsiy yig‘ma ish jildini olgach, bu haqida ariza beruvchining elektron manziliga xabar yuboradi.

Bir ish kuni davomida




6-bosqich

Toshkent shahar va Toshkent viloyati IIBB MvaFRB

Barcha taqdim etilgan hujjatlarning to‘liqligi va haqiqiyligi tekshiriladi hamda ariza beruvchi Ro‘yxatda nazarda tutilgan shaxslar toifasiga muvofiq bo‘lgan taqdirda, mazkur Nizomga 5-ilovaga muvofiq doimiy ro‘yxatga olishni rasmiylashtirish yuzasidan elektron so‘rovnoma shakllantiriladi.

MvaFRB rahbari yoki uning o‘rinbosari o‘z rezolyutsiyasida ariza beruvchini Ro‘yxatning qaysi bandiga asosan doimiy ro‘yxatga olish zarurligini ko‘rsatadi.

Chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning so‘roviga ko‘ra, qayd varag‘i taqdim etiladi.


Uch ish kuni davomida

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
16-ILOVA



Izoh. Ariza beruvchi uchun ishonchli vakillar, voyaga yetmaganlar uchun esa ota-onalar, vasiy (homiy)lar vakil hisoblanadi.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


17-ILOVA



Izoh. Mazkur anketa ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari (ma’lumotlarni yig‘ish punkti)ning mas’ul xodimi tomonidan shakllantirilib, anketa bergan shaxsga tanishtiriladi hamda u tomonidan imzolanadi. Anketada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


18-ILOVA



Izoh. Mazkur anketa ichki ishlar organlarining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalari (ma’lumotlarni yig‘ish punkti)ning mas’ul xodimi tomonidan shakllantirilib, anketa bergan shaxsga tanishtiriladi hamda u tomonidan imzolanadi. Anketada ko‘rsatilgan ma’lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlarni talab qilish taqiqlanadi.

Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibi to‘g‘risidagi nizomga


19-ILOVA

Xorijda doimiy yashash uchun ruxsat berilganligi to‘g‘risida fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning biometrik harakatlanish hujjatiga kiritiladigan

ShTAMP NAMUNASI

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qaroriga
4-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar

1. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida Davlat uy-joy fondini xususiylashtirishni davom ettirish to‘g‘risida” 1993-yil 1-martdagi 114-son qarorida:



a) qarorga 1-ilovada:

3-bandning birinchi xatboshidagi “(propiskada bo‘lgan)” so‘zlari “(doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan)” so‘zlari bilan almashtirilsin;

14-bandning ikkinchi xatboshi qo‘yidagi tahrirda bayon qilinsin:

“ular yashayotgan va hozirgi vaqtda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan alohida uylarni (uylarning bir qismini), kvartiralarni, xuddi shuningdek, “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni kuchga kirgungacha berilgan idoraviy hujjat (order) asosida Toshkent shahrida va Toshkent viloyatida turar joy maqomini olgan yotoqxonalarda doimiy yashab kelayotgan hamda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan fuqarolarga qoldiq (balans) qiymatidan va uy-joyning foydalanish sifatini hisobga olgan holda belgilangan narxlar bo‘yicha sotish”;

b) qarorga 2-ilovada:

21-banddagi “propiska qilish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

22-bandda:

beshinchi xatboshidagi “propiska qilish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

oltinchi xatboshidagi “propiska” va “propiska qilishda” so‘zlari tegishli ravishda “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” va “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishda” so‘zlari bilan almashtirilsin.

2. Vazirlar Mahkamasining 1996-yil 21-noyabrdagi 408-son “Xorijiy fuqarolarning va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasiga kelishlari, ketishlari, bu yerda bo‘lishlari va tranzit o‘tishlari tartibi to‘g‘risida” qarorida:

a) 1-ilovada:

quyidagi mazmundagi 64 va 65 bandlar qo‘shilsin:

“64. O‘zbekiston Respublikasiga ma’lum muddatga vizasiz, elektron va turistik viza bilan kelib, shu muddat ichida baxtsiz hodisa (jarohat olganligi yoki boshqa og‘ir kasallik) sababli davolash muassasalariga joylashtirilgan va belgilangan muddatda respublika hududidan chiqib ketish imkoni bo‘lmagan xorijiy fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar va Toshkent viloyati ichki ishlar bosh boshqarmalari hamda viloyatlar ichki ishlar boshqarmalari tomonidan har bir holat bo‘yicha tegishli davolash muassasasi xorijiy fuqaroning davolanish muddati ko‘rsatilgan holda bergan xulosasiga asosan, ma’muriy choralar qo‘llanilmasdan “chiqish” (EXIT) vizasi rasmiylashtirib beriladi.

Xorijiy fuqaro yoki uning qonuniy vakili davolanish muddati tugagach, uch ish kunida “chiqish” (EXIT) vizasini rasmiylashtirish uchun hududiy ichki ishlar organiga belgilangan tartibda ariza va boshqa tegishli hujjatlarni taqdim etadi.

65. Alohida hollarda, epidemiya (pandemiya) munosabati bilan karantin joriy etilgan hududda vaqtincha bo‘lish muddati tugagan xorijiy fuqarolarga, shuningdek, ularni qabul qilgan uy-joy egalari va mansabdor shaxslarga nisbatan karantin muddati tugagunga qadar hududda bo‘lish qoidalarini buzganlik uchun ma’muriy choralar qo‘llanilmaydi.

Karantin muddati tugaganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasiga ma’lum muddatga vizasiz, elektron va turistik viza bilan kelgan xorijiy fuqarolar 30 sutka ichida “chiqish” (EXIT) vizasini rasmiylashtirmasdan respublika hududidan chiqib ketishlari lozim.

O‘zbekiston Respublikasi bilan vizasiz rejim joriy etilgan xorijiy davlatlar fuqarolari hamda viza asosida yashayotgan xorijiy fuqarolar karantin muddati tugagach, belgilangan tartibda uch ish kuni ichida hududiy ichki ishlar organlariga tegishli hududda vaqtinchalik bo‘lish muddatini uzaytirish masalasida ularni taklif qilgan (qabul qiladigan) jismoniy va yuridik shaxslar orqali murojaat qilishlari mumkin.

Bo‘lish muddati karantin muddati tugagan kundan boshlab uzaytiriladi”;

b) 2-ilovada:

5-bandda:

birinchi xatboshidagi “vaqtincha propiskadan o‘tkazilishini” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini” so‘zlari bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshidagi “vaqtincha propiskadan o‘tish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

8-bandning ikkinchi xatboshidagi “vaqtincha propiska qilish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

11-banddagi “vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

221-bandning ikkinchi xatboshidagi “vaqtincha yoki doimiy propiska” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi yoki doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxat” so‘zlari bilan almashtirilsin.

3. Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 29-maydagi 274-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida Yevropa Ittifoqi Komissiyasining TASIS dasturi doirasidagi loyihalar bo‘yicha vazirliklar va idoralarning faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi nizomning 20-bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“20. YI ekspertlarini xususiy uylarda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish buyurtmachining buyurtnomasiga ko‘ra ichki ishlar organlari tomonidan vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olganlik uchun yig‘im yoki haq olmasdan belgilangan tartibda amalga oshiriladi”.

4. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 18-maydagi 223-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2001-y., 5-son, 28-modda) bilan tasdiqlangan Vaqtinchalik bir martalik ish bilan ta’minlash byuro to‘g‘risida namunaviy nizomda:

a) 11-bandning ikkinchi xatboshidagi “vaqtinchalik yoki doimiy ro‘yxatdan o‘tgan yoxud turgan joyi bo‘yicha hisobga olingan” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi yoki doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 112-bandning “g” kichik bandi ikkinchi xatboshidagi “turgan joyi bo‘yicha hisobga” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;ts

v) Nizomga 1 va 2-ilovalardagi “turgan joyi bo‘yicha hisobga” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin.

5. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash” loyihasini amalga oshirishga doir amaliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2002-yil 15-fevraldagi 52-son qarorining 10-bandidagi “vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va uning” so‘zlari bilan almashtirilsin.

6. Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 31-yanvardagi 54-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2003-y., 1-son, 12-modda) bilan tasdiqlangan Transport vositalarini majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:

a) 21-banddagi “vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilgan” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 30-bandning ikkinchi xatboshidagi “ro‘yxatdan o‘tkazilganligi” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

7. Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 4-avgustdagi 169-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2008-y., 8-son, 42-modda) bilan tasdiqlangan Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibi to‘g‘risida nizomning 14-bandidagi “vaqtincha yashash joyi bo‘yicha vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazishni” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni” so‘zlari bilan almashtirilsin.

8. Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 60-son qarori bilan tasdiqlangan Advokatlik faoliyatini litsenziyalash to‘g‘risidagi nizomning 5-bandidagi “doimiy yashash” so‘zlaridan keyin “yoki vaqtincha turgan” so‘zlari qo‘shilsin.

9. Vazirlar Mahkamasining “Uz-China Uran” mas’uliyati cheklangan jamiyat O‘zbekiston-Xitoy qo‘shma korxonasini tashkil etish to‘g‘risida” 2009-yil 28-avgustdagi 251-son qarorining 8-bandidagi “yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va muddati” so‘zlari bilan almashtirilsin.

10. Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 2-apreldagi 62-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2010-y., 4-son, 14-modda) bilan tasdiqlangan Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning budjetdan tashqari jamg‘armalariga yo‘naltirilayotgan davlat bojlari, yig‘imlar va soliq bo‘lmagan to‘lovlardan, ma’muriy va moliyaviy jazolardan Ajratmalar miqdorlarining 9-bandi “Shakllantirish manbai” ustunidagi “vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilganligi va turgan joyi bo‘yicha hisobga olinganligi” so‘zlar “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining tibbiy-ijtimoiy muassasalari to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2011-yil 23-avgustdagi 240-son qarorida:

a) qarorga 1-ilovaning 15-bandidagi “doimiy yashash” so‘zlaridan keyin “yoki vaqtincha turgan” so‘zlari qo‘shilsin;

b) qarorga 2-ilovaning 17-bandi ikkinchi xatboshidagi “doimiy yashash” so‘zlaridan keyin “yoki vaqtincha turgan” so‘zlari qo‘shilsin;

v) qarorga 3-ilovaning 14 va 22-bandlari ikkinchi xatboshisidagi “doimiy yashash” so‘zlaridan keyin “yoki vaqtincha turgan” so‘zlari qo‘shilsin;

g) qarorga 5-ilovaning 15-bandi ikkinchi xatboshidagi “doimiy yashash” so‘zlaridan keyin “yoki vaqtincha turgan” so‘zlari qo‘shilsin.

12. Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 8-sentabrdagi 252-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2011-y., 9-son, 75-modda) bilan tasdiqlangan Davlat pensiyalarini tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:

a) 2-bandning ikkinchi xatboshi qo‘yidagi tahrirda bayon qilinsin:

“yashash joyi — turar joy, kvartira, xizmat turar joyi, ixtisoslashtirilgan uylar (yotoqxona, pansionat, yolg‘iz keksalar uchun maxsus uy, nogironlar, faxriylar uchun internat uy va boshqalar), shuningdek pensiya uchun murojaat qilgan jismoniy shaxs ijaraga olish shartnomasi (ikkilamchi ijara), ijara shartnomasi yoxud qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha mulkdor sifatida doimiy yashaydigan (doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan) boshqa turar joy, doimiy yashash joyi mavjud bo‘lmagan (doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan) taqdirda — vaqtincha yashash (vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish) joyi”;

b) 167-band qo‘yidagi tahrirda bayon qilinsin:

“167. Pensioner doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan bo‘lsa va u faqat vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan bo‘lsa, pensiya vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan muddati mobaynida to‘lanadi. O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaydigan xorijiy fuqaroga yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga pensiya yashash hujjati amal qiladigan muddat davomida to‘lanadi.

Vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganlik yoki yashash uchun ruxsatnomaning amal qilish muddatining tugashi bilan vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishning yoki yashash uchun ruxsatnomaning keyingi sanasi o‘rtasida uzilish mavjud bo‘lgan taqdirda, Pensiya jamg‘armasi bo‘limi tomonidan pensiyani to‘lash vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishning yoki yashash uchun ruxsatnomaning yangi sanasidan boshlab davom ettiriladi. Bunda pensiyani to‘lash pensiya to‘lash to‘xtatilgan paytdan, biroq o‘n ikki oydan ortiq bo‘lmagan paytdan boshlab davom ettiriladi”.

13. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahridagi ishsiz va band bo‘lmagan aholini kasb-hunarga o‘qitish markazi faoliyatini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2012-yil 13-sentabrdagi 270-son qarorining 7-bandidagi “vaqtinchalik yashash joylarida vaqtincha propiskaga qo‘yilishi va vaqtincha propiska” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va” so‘zlari bilan almashtirilsin.

14. Vazirlar Mahkamasining “Koreya Respublikasi bilan investitsion hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2012-yil 28-noyabrdagi 331-son qarorining 2-bandidagi “vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazganlik” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganlik” so‘zlari bilan almashtirilsin.

15. Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 15-fevraldagi 44-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2013-y., 2-son, 10-modda) bilan tasdiqlangan Kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy nafaqalar va moddiy yordam tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 13-bandi beshinchi xatboshidagi “(doimiy propiska)” so‘zlari “(doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan)” so‘zlari bilan almashtirilsin.

16. Vazirlar Mahkamasining “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasi hududida yuksak texnologiyali ishlab chiqarishlarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2013-yil 2-maydagi 118-son qarorining 8-bandidagi “vaqtincha yashash joyida vaqtincha ro‘yxatga olinishini va vaqtincha ro‘yxatga olish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va” so‘zlari bilan almashtirilsin.

17. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro taraqqiyot uyushmasi ishtirokida “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2013-yil 12-iyundagi 168-son qarorining 11-bandidagi “vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va” so‘zlari bilan almashtirilsin.

18. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 10-martdagi 57-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 3-son, 25-modda) bilan tasdiqlangan Nodavlat notijorat tashkilotlarining chet el fuqarolari bo‘lgan xodimlarini, shuningdek ularning qaramog‘idagi oila a’zolarini akkreditatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 15-bandi ikkinchi xatboshidagi “vaqtincha propiska qilish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin.

19. Vazirlar Mahkamasining “Kommunal xizmatlar ko‘rsatish qoidalarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2014-yil 15-iyuldagi 194-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 7-son, 72-modda):

a) 1-ilova 108-bandi ikkinchi xatboshidagi “doimiy propiska qilingan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 2-ilovada:

22-bandning o‘ninchi xatboshidagi “propiska qilingan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

99-banddagi “propiskadan o‘tkazilmagan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

108-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “propiska qilingan” va “propiskadan chiqarilgan” so‘zlari tegishincha “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” va “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan chiqarilgan” so‘zlari bilan almashtirilsin”;

115-bandning beshinchi xatboshidagi “doimiy propiska qilingan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin.

20. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat sharqshunoslik instituti huzurida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari markazi faoliyatini tashkil etish hamda kutubxonaning yangi binosi qurilishini jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 7-avgustdagi 219-son qarorining 15-bandidagi “vaqtinchalik yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va” so‘zlari bilan almashtirilsin.

21. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 8-sentabrdagi 250-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 9-son, 96-modda) bilan tasdiqlangan Yoshlar uylaridan yosh oilalarga kvartiralar berish masalalarini ko‘rib chiqish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:

a) 2-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “doimiy ro‘yxatdan o‘tkazilgan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 5-bandning “a” kichik bandidagi “doimiy ro‘yxatdan o‘tish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

v) 7-bandning birinchi xatboshidagi “doimiy ro‘yxatdan o‘tish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin.

22. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2014-y., 9-son, 100-modda) bilan tasdiqlangan Ish o‘rinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha mutaxassis malaka sertifikati berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ilova 6-banddagi “Doimiy propiskadan o‘tgan” so‘zlari “Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin.

23. Vazirlar Mahkamasining “Qashqadaryo viloyatining Qarshi tumanida zamonaviy to‘qimachilik ishlab chiqarishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2014-yil 31-oktabrdagi 305-son qarorining 9-bandidagi “vaqtinchalik yashash joyida vaqtinchalik propiskadan o‘tkazilishini va vaqtinchalik propiska” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va uning” so‘zlari bilan almashtirilsin.

24. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Milliy olimpiya qo‘mitasi huzuridagi Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi faoliyatini tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2015-yil 1-maydagi 109-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 5-son, 34-modda)ning 8-bandidagi “vaqtincha yashaydigan joyda vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va” so‘zlari bilan almashtirilsin.

25. Vazirlar Mahkamasining “Koreya Respublikasi Hukumatining grantini jalb etgan holda Samarqand shahrida kasb-hunarga o‘qitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2015-yil 15-maydagi 122-son qarorining 10-bandidagi “vaqtinchalik yashash joylarida vaqtincha propiskaga qo‘yilishini va vaqtincha propiska” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va” so‘zlari bilan almashtirilsin.

26. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 10-avgustdagi 237-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 8-son, 71-modda) bilan tasdiqlangan Keksalar va nogironlarga ijtimoiy xizmatlar va ijtimoiy yordam ko‘rsatish, shuningdek ijtimoiy xizmatlarning yakka tartibdagi dasturini shakllantirish va amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:

a) 34-bandning oltinchi xatboshidagi “yashash joyida propiska qilingan (yoki ilgari propiskada bo‘lgan)” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan (yoki ilgari doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan)” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) Nizomga 4-ilova matnidagi “Doimiy propiska qilingan” so‘zlari “Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin.

27. Vazirlar Mahkamasining “Jamoatchilik ekologik nazoratini amalga oshirishga doir namunaviy nizomlarni tasdiqlash to‘g‘risida” 2015-yil 8-oktabrdagi 287-son qarorida:

a) 1-ilovada:

25-banddagi “yashash joyida ham, vaqtincha yashash (bo‘lish)” so‘zlari “doimiy yashash joyida ham, vaqtincha turgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

31-bandning uchinchi xatboshidagi “doimiy yashash” so‘zlaridan keyin “yoki vaqtincha turgan” so‘zlari qo‘shilsin;

b) 2-ilovaning 4-bandidagi “yashash joyidan” so‘zlari “doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidan” so‘zlari bilan almashtirilsin.

28. Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 17-dekabrdagi 365-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2015-y., 12-son, 108-modda) bilan tasdiqlangan “Elektron hukumat” tizimining jismoniy va yuridik shaxslar markaziy ma’lumotlar bazalarini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 9-band 1-kichik band uchinchi xatboshidagi “vaqtincha ro‘yxatda turgan manzili yoki vaqtincha hisobda turish joyi” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

29. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini, chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2016-yil 7-oktabrdagi 336-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2016-y., 10-son, 89-modda):

a) nomlanishidagi “doimiy propiska qilish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) muqaddimasidagi “doimiy propiska qilish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

v) 1-banddagi “doimiy propiska qilish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

g) 1-ilovada:

ilovaning nomlanishidagi “doimiy propiska qilish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

quyidagi mazmundagi 76-band qo‘shilsin:

“76. “O‘zmetkombinat” aksiyadorlik jamiyati”.

30. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 14-noyabrdagi 387-son qarori bilan tasdiqlangan Fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish qoidalarida:

a) 16-bandning birinchi xatboshidagi “doimiy yashash” so‘zlaridan keyin “yoki vaqtincha turgan” so‘zlari qo‘shilsin;

b) 37-band, 119-bandning uchinchi xatboshi, 138-bandning birinchi xatboshi, 171 bandidagi “yashash joyidagi” so‘zlari “doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

v) 38-banddagi “yashab turgan” so‘zlari “doimiy yashayotgan yoki vaqtincha turgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

g) 43-bandda:

birinchi xatboshidagi “yashash joyidagi” so‘zlari “doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshidagi “yashash joyi” so‘zlari “doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

d) 63-bandning birinchi xatboshidagi “yashaydigan joydagi” so‘zlari “doimiy yashaydigan yoki vaqtincha turadigan joydagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

e) 68-bandda:

birinchi xatboshidagi “yashash joyi” so‘zlari “doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshidagi “yashash joyidagi” so‘zlari “doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

j) 108-bandda:

birinchi xatboshidagi “yashash joyidagi” so‘zlari “doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi xatboshidagi “yashab turgan” so‘zlari “doimiy yashayotgan yoki vaqtincha turgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

z) 121-banddagi “yashash joyi” so‘zlari “doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

i) 128-band va 133-bandning birinchi xatboshidagi “doimiy yashagan” so‘zlaridan keyin “yoki vaqtincha turgan” so‘zlari qo‘shilsin;

k) 172-banddagi “yashaydigan joydagi” so‘zlari “doimiy yashaydigan yoki vaqtincha turgan joydagi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

l) 198-bandda:

birinchi xatboshidagi “yashab turgan” so‘zlari “doimiy yashayotgan yoki vaqtincha turgan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi xatboshidagi “Yashash joyidagi” so‘zlari “Doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidagi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

31. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 2-son, 5-modda) bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 30-bandidagi “doimiy ro‘yxatda turgan joyidagi” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin.

32. Vazirlar Mahkamasining “Bitimlarni notarial tasdiqlash tartibini idoralararo elektron hamkorlikni qo‘llagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 27-fevraldagi 106-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 2-son, 20-modda):

a) 1-ilovada:

12-bandning o‘n ikkinchi xatboshidagi “doimiy propiskaga ega shaxslar yoki vaqtinchalik hisobda turuvchi (vaqtincha propiska qilingan)” so‘zlari “doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

13-bandning to‘rtinchi xatboshidagi “doimiy propiska” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nizomga 2-ilova 4-banddagi “Doimiy propiska” so‘zlari “Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 2-ilovada:

“Ma’lumotning nomi” ustunida:

1-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“Turar joyda doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan shaxslarning soni, doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan/ro‘yxatdan chiqarilgan kun”.

2-banddagi “doimiy propiska qilingan yoki vaqtinchalik hisobda turuvchi (vaqtincha propiska qilingan)” so‘zlari “doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

3-banddagi “doimiy propiska” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

7-banddagi “doimiy propiska qilingan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin.

33. Vazirlar Mahkamasining “Koreya Respublikasi Hukumatining grantini jalb etgan holda Shahrisabz shahrida kasb-hunarga o‘qitish markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 14-martdagi 135-son qarorininng 13-bandidagi “vaqtincha propiskaga qo‘yilishini va vaqtincha propiska” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va” so‘zlari bilan almashtirilsin.

34. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-martdagi 140-son qarori bilan tasdiqlangan Umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi nizomning 43-bandi uchinchi xatboshidagi “doimiy propiskasi yoki turgan joyi bo‘yicha hisobga” so‘zlari “doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin.

35. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-martdagi 165-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 3-son, 35-modda) bilan tasdiqlangan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida muhtoj oilalarga bir marta beriladigan moddiy yordamni tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomning 10-bandidagi “(propiskasi)” so‘zlari “(doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi)” so‘zlari bilan almashtirilsin.

36. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi hududlarida ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish markazlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 10-apreldagi 199-son qarorining 15-bandidagi “vaqtincha propiskaga qo‘yilishini va vaqtincha propiska” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va” so‘zlari bilan almashtirilsin.

37. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-maydagi 324-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi haqiqiy a’zolarining salomatligini sanatoriy-sog‘lomlashtirish va kurort-sog‘lomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:

a) 8-banddagi “doimiy yashash” so‘zlaridan keyin “yoki vaqtincha turgan” so‘zlari qo‘shilsin;

b) 3-ilovadagi “doimiy yashash” so‘zlaridan keyin “yoki vaqtincha turgan” so‘zlari qo‘shilsin.

38. Vazirlar Mahkamasining “Haj” va “Umra” tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 7-iyundagi 364-son qarorida:

a) 4-banddagi “doimiy yashash” so‘zlaridan keyin “yoki vaqtincha turgan” so‘zlari qo‘shilsin;

b) qarorga ilovada:

27, 28 va 40-bandlardagi “doimiy yashash” so‘zlaridan keyin “yoki vaqtincha turgan” so‘zlari qo‘shilsin;

nizomga 2 va 3-ilovalardagi “doimiy yashash” so‘zlaridan keyin “yoki vaqtincha turgan” so‘zlari qo‘shilsin.

39. Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish, talabalar o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida” 2017-yil 20-iyundagi 393-son qarorida:

a) 1-ilovaning 12-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “doimiy (vaqtincha) ro‘yxatda turgan” so‘zlari “doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 3-ilovaning 15-bandi to‘rtinchi xatboshisidagi “doimiy ro‘yxatdan o‘tgan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin.

40. Vazirlar Mahkamasining “Rossiya Federatsiyasi hududida vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirishni rejalashtirgan fuqarolar uchun O‘zbekiston Respublikasi hududida kompleks imtihon tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017-yil 20-iyundagi 400-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 6-son, 109-modda)ning 12-bandidagi “vaqtinchalik propiskadan o‘tkazilishini” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini” so‘zlari bilan almashtirilsin.

41. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 11-avgustdagi 619-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 170-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining harbiy xizmatchilariga turar joy sotib olish (qurish) uchun uzoq muddatli imtiyozli ipoteka kreditlari hamda yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 10-bandi to‘qqizinchi xatboshidagi “doimiy yashash va propiska qilingan” so‘zlari “doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin.

42. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 31-avgustdagi 683-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 8-son, 191-modda) bilan tasdiqlangan Avtomototransport vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:

a) 14-bandning birinchi xatboshi qo‘yidagi tahrirda bayon qilinsin:

“14. Jismoniy shaxslarning avtomototransport vositalari ularning doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyi bo‘yicha, doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan bo‘lmasa — vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joylarida davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi”;

b) 17-bandning “a” kichik bandida:

beshinchi xatboshidagi “doimiy yoki vaqtinchalik propiska” so‘zlari “doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

oltinchi xatboshidagi “doimiy yoki vaqtinchalik propiska” so‘zlari “doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin.

43. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 15-sentabrdagi 727-son (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 9-son, 208-modda) qarori bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining tergov bo‘linmalari xodimlariga qo‘shimcha ustamalar to‘lanadigan maxsus malaka darajasini berish tartibi to‘g‘risida nizomning 17-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

“17. Maxsus malaka darajasi uchun to‘lov miqdorlari quyidagicha belgilanadi:

3-maxsus malaka darajasi — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1,56 baravari miqdorida;

2-maxsus malaka darajasi — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 1,91 baravari miqdorida;

1-maxsus malaka darajasi — mehnatga haq to‘lash eng kam miqdorining 2,21 baravari miqdorida”.

44. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-sentabrdagi 748-son bilan tasdiqlangan Hayvonlarni identifikatsiya qilish, ularni hisobga olish, hisobdan chiqarish va saqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:

a) 26, 31-bandlar va 35-bandning birinchi xatboshidagi “doimiy yashash” so‘zlaridan keyin “yoki vaqtincha turgan” so‘zlari qo‘shilsin;

b) nizomga 7-ilovaning izohidagi “doimiy yashash” so‘zlaridan keyin “yoki vaqtincha turgan” so‘zlari qo‘shilsin.

45. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 18-oktabrdagi 846-son qarori bilan tasdiqlangan Sobiq O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasining haqiqiy a’zolari va muxbir a’zolarining salomatligini sanatoriy-sog‘lomlashtirish hamda kurort-sog‘lomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:

a) 8-banddagi “doimiy yashash” so‘zlaridan keyin “yoki vaqtincha turgan” so‘zlari qo‘shilsin;

b) nizomga 3-ilovadagi “doimiy yashash” so‘zlaridan keyin “yoki vaqtincha turgan” so‘zlari qo‘shilsin.

46. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 30-oktabrdagi 878-son qarori bilan tasdiqlangan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlarining salomatligini sanatoriy-sog‘lomlashtirish muassasalarida mustahkamlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:

8-banddagi “doimiy yashash” so‘zlaridan keyin “yoki vaqtincha turgan” so‘zlari qo‘shilsin;

nizomga 3-ilovadagi “doimiy yashash” so‘zlaridan keyin “yoki vaqtincha turgan” so‘zlari qo‘shilsin.

47. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2017-yil 13-noyabrdagi 911-son qarorining 17-bandi ikkinchi xatboshidagi “vaqtinchalik yashash joyiga propiska qilishni va vaqtinchalik propiska” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni va” so‘zlari bilan almashtirilsin.

48. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-dekabrdagi 958-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining kunduzgi ta’lim shakliga nomzodlarni tanlash va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 15-bandi o‘n ikkinchi xatboshidagi “doimiy ro‘yxatda turgan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin.

49. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-dekabrdagi 965-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2017-y., 12-son, 283-modda) bilan tasdiqlangan Sudning qaroriga ko‘ra jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarga ijtimoiy va huquqiy yordam berish qoidalarining 12-bandidagi “yashash joyi yoki vaqtincha ro‘yxatga olingan” so‘zlari “doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin.

50. Vazirlar Mahkamasining “Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 12-yanvardagi 22-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 1-son, 10-modda):

a) 1-ilovaning 113-bandi to‘rtinchi xatboshi qo‘yidagi tahrirda bayon qilinsin:

“Iste’mol qilingan elektr energiyasi bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lganda maishiy iste’molchiga tegishli bo‘lgan doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan voyaga yetgan jismoniy shaxslar qarzdorlikni to‘lash bo‘yicha solidar javobgar bo‘ladilar. Voyaga yetgan jismoniy shaxsning solidar javobgarligi u maishiy iste’molchiga tegishli bo‘lgan doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab vujudga keladi va ro‘yxatdan chiqarilgan vaqtgacha amal qiladi”;

b) qarorga 2-ilovaning 93-bandi ikkinchi xatboshi qo‘yidagi tahrirda bayon qilinsin:

“Iste’mol qilingan tabiiy gaz bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lganda maishiy iste’molchiga tegishli bo‘lgan doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan voyaga yetgan jismoniy shaxslar qarzdorlikni to‘lash bo‘yicha solidar javobgar bo‘ladilar. Voyaga yetgan jismoniy shaxsning solidar javobgarligi u maishiy iste’molchiga tegishli bo‘lgan doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan vaqtdan boshlab vujudga keladi va ro‘yxatdan chiqarilgan vaqtgacha amal qiladi”.

51. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-fevraldagi 103-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 2-son, 30-modda) bilan tasdiqlangan Ariza beruvchi — uy quruvchining 2017 — 2021-yillarda qishloq joylarda yangilangan namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturida ishtirok etishi tartibi to‘g‘risidagi nizomga 3-ilova matnidagi “Doimiy propiska” so‘zlari “Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin.

52. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-martdagi 238-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 3-son, 67-modda) bilan tasdiqlangan Fuqaroni jamg‘arib boriladigan pensiya tizimida hisobga qo‘yish davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 2-ilova 2-bandidagi “(doimiy propiskada turgan)” so‘zlari “(doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatda turgan)” so‘zlari bilan almashtirilsin.

53. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-apreldagi 285-son qarori bilan tasdiqlangan Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 2-ilovadagi “Doimiy propiska” so‘zlari “Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin.

54. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 26-apreldagi 309-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 4-son, 95-modda) bilan tasdiqlangan Ichki ishlar organlarining muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarni reabilitatsiya qilish markazlari to‘g‘risidagi nizomda:

a) 2-bandning uchinchi xatboshidagi “vaqtincha yoki doimiy propiskasi bo‘lmagan yoxud yashash joyi bo‘yicha hisobda turmagan” so‘zlari “doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 421-bandda:

ikkinchi xatboshidagi “doimiy propiska qilingan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshidagi “doimiy propiskani rasmiylashtirish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

v) 422-band qo‘yidagi tahrirda bayon qilinsin:

“422. O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti bilan avval hujjatlashtirilgan, ammo uni yo‘qotib qo‘ygan va doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan (sud qarori bilan doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan chiqarib yuborilgan va/yoki doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yishga asoslari mavjud bo‘lmagan), muayyan yashash joyiga ega bo‘lmagan shaxslarga, istisno tariqasida, vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi asosida O‘zbekiston Respublikasining fuqarolik pasporti qayta rasmiylashtiriladi”.

55. Vazirlar Mahkamasining “Energiya resurslarini iste’mol qilish, suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari ko‘rsatish, shuningdek, ijro ishini yuritish sohasida to‘lov intizomini mustahkamlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 21-maydagi 379-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 117-modda):

a) 2-bandning yettinchi xatboshidagi “doimiy propiska qilingan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 4-bandning ikkinchi xatboshidagi “doimiy propiska qilingan joy bo‘yicha” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin.

56. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 31-maydagi 408-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 5-son, 133-modda) bilan tasdiqlangan Davlat ta’lim muassasalari va avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshiruvchi boshqa yuridik shaxslarning o‘quv guruhlarini ro‘yxatga olish, shuningdek imtihonlarni o‘tkazish va milliy haydovchilik guvohnomasini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 20-bandi uchinchi xatboshidagi “doimiy ro‘yxatda turgan” va “vaqtincha ro‘yxatda turgan” so‘zlari tegishli ravishda “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatda turgan” “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatda turgan” so‘zlari bilan almashtirilsin.

57. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi yuridik kadrlarni xalqaro standartlar bo‘yicha professional o‘qitish markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 14-iyundagi 453-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 6-son, 149-modda)ning 10-bandidagi “vaqtincha yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan” so‘zlari bilan almashtirilsin.

58. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 5-iyuldagi 504-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 7-son, 165-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi hududida chegara rejimi to‘g‘risidagi nizomda:

a) 14-banddagi “propiskasi” so‘zi “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 21-banddagi “propiska qilish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin.

59. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atom energetikasini rivojlantirish agentligi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 13-avgustdagi 653-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 8-son, 207-modda)ning 4-bandidagi “vaqtinchalik propiska qilinishini, bo‘lish joyida hisobga olinishini va muddati” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va uning” so‘zlari bilan almashtirilsin.

60. Vazirlar Mahkamasining “Notariatning faol modeli doirasida notariuslar tomonidan “Yagona darcha” tamoyili bo‘yicha bitimlarni tasdiqlashda davlat organlari va tashkilotlari bilan hamkorlik qilishning ma’muriy reglamentlarini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018-yil 14-sentabrdagi 733-son qarorida:

a) 2-bandning ikkinchi xatboshidagi “doimiy propiskada bo‘lgan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 1-ilovada:

nomlanishidagi “propiskada bo‘lgan” so‘zlari “yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

1-banddagi “propiskada bo‘lgan” so‘zlari “yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

11-bandning yettinchi xatboshidagi “propiska qilingan” so‘zlari “yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nizomga 1, 2 va 3-ilovalarning ilova belgisi, nomlanishidagi va matnidagi “propiskada bo‘lgan” so‘zlari “yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin.

61. Vazirlar Mahkamasining “Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki ishtirokida “Sanoat korxonalarining energiya samaradorligini oshirish” (2-qo‘shimcha moliyalashtirish) loyihasini amalga oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 2-oktabrdagi 785-son qarorining 9-bandidagi “vaqtincha ro‘yxatga” so‘zi “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin.

62. Vazirlar Mahkamasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari tomonidan beriladigan tasdiqlovchi hujjatlar turlarini tubdan qisqartirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 3-oktabrdagi 789-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 10-son, 242-modda):

a) 1-band “a” kichik bandining ikkinchi xatboshidagi “(propiska qilinganligi)” so‘zlari “(doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 2-banddagi “(propiska qilinganligi)” so‘zlari “(doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi)” so‘zlari bilan almashtirilsin.

63. Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 4-oktabrdagi 797-son qarori bilan tasdiqlangan Manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish bo‘yicha davlat xizmati ko‘rsatishning ma’muriy reglamentining 1-bandidagi “doimiy propiskada turganligi, propiskadan chiqqanligi, turgan joyi bo‘yicha hisobga olinganligi, vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tganligi” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi, ro‘yxatdan chiqqanligi, vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

64. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-avgustdagi PQ-3924-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2018-y., 10-son, 258-modda):

a) nomlanishidagi “doimiy va vaqtincha propiska qilish” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) muqaddimasidagi “doimiy va vaqtincha propiska qilish” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

v) 1-bandda:

ikkinchi xatboshidagi “doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshidagi “doimiy va vaqtincha propiska qilish” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

g) 1-ilovada:

nomlanishidagi “doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

1-banddagi “doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

2-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“2. Fuqarolar qonun hujjatlariga muvofiq doimiy yashash joylari va (yoki) vaqtincha turgan joylari bo‘yicha ro‘yxatga olinishlari shart.

Agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilmagan bo‘lsa, doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmaganligi fuqaroga xizmat ko‘rsatishni rad etish uchun asos deb hisoblanishi mumkin emas.

Fuqarolar yangi yashash joyiga kelgan kunlaridan boshlab o‘n besh kun mobaynida doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi uchun hujjatlarni taqdim etishlari shart.

16 yoshga to‘lmagan shaxslarni doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish ularning ota-onalari yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning xohishiga qarab ixtiyoriy asosda amalga oshiriladi”;

3-bandda:

birinchi xatboshidagi “doimiy propiska qilish, propiskadan chiqarish va turgan joyi bo‘yicha hisobga” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish, doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan chiqarish va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi xatboshidagi “Doimiy propiskaga ega bo‘lish va turgan joylari bo‘yicha hisobda” so‘zlari “Doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

2-bob nomlanishidagi “doimiy propiska qilish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

4-bandda:

birinchi xatboshidagi “doimiy propiskaga ega bo‘lish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

sakkizinchi xatboshidagi “propiska” va “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan” so‘zlari tegishincha “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” va “Davlat boji to‘g‘risida”gi Qonunda” so‘zlari bilan almashtirilsin;

41-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“41. Boshqa hududlardan kelgan hamda bir manzildan ikkinchi manzilga ko‘chib o‘tayotgan voyaga yetmaganlarni doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish ular qayd qilingan ota-onalarining, vasiy(homiy)larining ketish manzil varaqalarining nusxasi asosida, ota-onalarisiz kelgan hollarda esa doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish avvalgi yashash joyidagi ichki ishlar organlari tomonidan tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma asosida berilgan ketish manzil varaqasi asosida amalga oshiriladi.

Voyaga yetmaganlar vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan yoki doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan hollarda, avvalgi yashash joyi bo‘yicha TShIIB MvaFRBning ushbu holatni tasdiqlovchi ma’lumotnomasi asosida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadi”;

5-banddagi “doimiy propiska qilinadi” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinadi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

6-banddagi “propiskadan o‘tkazish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

7-banddagi “doimiy propiskadan o‘tishi” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

8-banddagi “propiska qilish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

9-bandda:

birinchi xatboshidagi “doimiy propiskani” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni” so‘zlari bilan almashtirilsin;

ikkkinchi xatboshidagi “Doimiy propiska qilish” so‘zlari “Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

3-bob nomlanishidagi “Ro‘yxatdan chiqishni va ro‘yxatdan o‘tganlikni” so‘zlari “Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan chiqarish va ro‘yxatga olinganlikni” so‘zlari bilan almashtirilsin;

13-banddagi “doimiy propiskaga ega bo‘lish uchun asos bo‘lgan hujjatlar qalbakilashtirilganligi aniqlangan taqdirda doimiy propiska” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi uchun asos bo‘lgan hujjatlar qalbakilashtirilganligi aniqlangan taqdirda doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

14-banddagi “Propiskani bekor qilish yoki ro‘yxatdan” so‘zlari “Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganlikni bekor qilish yoki ro‘yxatdan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

15-bandda:

birinchi xatboshidagi “propiska” so‘zi “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganlik” so‘zlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi xatboshidagi “Doimiy propiskadan” so‘zlari “Ro‘yxatdan” so‘zi bilan almashtirilsin;

4-bob nomlanishidagi “turar joyi bo‘yicha hisobga” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

16-bandda:

birinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“Fuqaroni viloyatda vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish (keyingi o‘rinlarda vaqtincha ro‘yxatga olish deb ataladi) fuqaroni doimiy yashash joyidan ro‘yxatdan chiqarmasdan o‘n kundan bir yil muddatga amalga oshiriladi. Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmaganligi vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni rad etish uchun asos hisoblanmaydi”;

ikkinchi xatboshidagi “hisobga” so‘zi “vaqtincha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

17-banddagi “hisobga” so‘zi “vaqtincha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

171-bandda:

birinchi xatboshidagi “hisobda turish” so‘zlari “vaqtincha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi xatboshidagi “hisobga turishi” so‘zlari “vaqtincha ro‘yxatga olinishi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

172-bandning birinchi xatboshidagi “Hisobda turish” so‘zlari “Vaqtincha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

173-banddagi “hisobga qo‘yishga” so‘zlari “vaqtincha ro‘yxatga olinishiga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

178-bandning ikkinchi xatboshidagi “turgan joyida hisobga” so‘zlari “vaqtincha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

18-bandda:

birinchi xatboshidagi “Hisobda turish” so‘zlari “Vaqtincha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

sakkizinchi xatboshidagi “hisobga” so‘zi “vaqtincha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

to‘qqizinchi xatboshidagi “hisobga turishi” so‘zlari “vaqtincha ro‘yxatga olinishi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

19-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“19. Mazkur Nizomning 18-bandida ko‘rsatilgan tegishli hujjatlar to‘liq taqdim etilgandan keyin TShIIB MvaFRB inspektori arizani mazkur Nizomga 9b-ilovaga muvofiq shakldagi Fuqarolarning vaqtincha ro‘yxatga olinishi yuzasidan yozgan arizalarini qayd etish kitobida ro‘yxatdan o‘tkazadi, shuningdek, taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganib chiqib, shu kunning o‘zida ariza beruvchiga BARE-CODE bilan himoyalangan qayd varag‘ini (keyingi o‘rinlarda – vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i) beradi.

Vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i fuqaroning vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi va pasport, harbiy xizmatchining shaxsiy guvohnomasi yoki tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma (16 yoshga to‘lmagan shaxslar uchun) ko‘rsatilgan taqdirda, unda ko‘rsatilgan muddat mobaynida haqiqiydir.

TShIIB MvaFRB inspektori qayd varag‘ini rasmiylashtirib berishda fuqaroga qayta vaqtincha ro‘yxatga olish tartibini va ariza topshirish muddatini tushuntiradi.

Migratsiya xizmatlari orqali vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish mazkur Nizomga 9v-ilovaga muvofiq sxema asosida amalga oshiriladi”;

20-banddagi “(propiska kartochkasiga) hisobga” so‘zlari “(qayd etish kartochkasiga) vaqtincha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

21-banddagi “hisobga qo‘yilgan fuqaro hisobga” so‘zlari “vaqtincha ro‘yxatga olingan fuqaro vaqtincha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

22-bandda:

birinchi va ikkinchi xatboshilar matnidagi “hisobga” so‘zi “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshidagi “vaqtincha turgan joyida hisobga” so‘zlari “vaqtincha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

to‘rtinchi xatboshidagi “hisobga” so‘zi “vaqtincha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

23-banddagi “Hisobga” so‘zi “Vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

24-bandda:

ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi “hisobga” so‘zi “vaqtincha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

beshinchi xatboshidagi “hisobda turishi” so‘zlari “vaqtincha ro‘yxatga olinishi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

oltinchi xatboshidagi “Hisobda turishni” so‘zlari “Vaqtincha ro‘yxatga olishni” so‘zlari bilan almashtirilsin;

25-banddagi “hisobga” so‘zi “vaqtincha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

251-banddagi “Hisobga” so‘zi “Vaqtincha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

26-bandda:

birinchi xatboshidagi “hisobga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i bergandan keyin hisobga qo‘yilgan” so‘zlari “vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i bergandan keyin vaqtincha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

ikkinchi va to‘rtinchi xatboshilardagi “hisobga” so‘zi “vaqtincha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

281-banddagi “doimiy propiska qilish, doimiy propiskadan chiqarish va turgan joyi bo‘yicha hisobga olish” so‘zlari “doimiy yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish hamda ro‘yxatdan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

282-banddagi “doimiy propiska qilish, propiskadan chiqarish va turgan joyi bo‘yicha hisobga turish” so‘zlari “doimiy yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish hamda ro‘yxatdan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

29-banddagi “doimiy propiska qilish va hisobga” so‘zlari “doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

30-banddagi “doimiy propiskaga ega bo‘lmagan yoki hisobga” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

31-banddagi “doimiy propiskaga ega bo‘lish va turgan joyi bo‘yicha hisobda turish” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

32-banddagi “propiska qilish, ro‘yxatdan chiqarish va hisobga olish” so‘zlari “doimiy yashash va turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish hamda ro‘yxatdan chiqarish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nizomga 1-ilovada:

ilova belgisidagi “doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nomlanishidagi “Doimiy propiska qilish” so‘zlari “Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

matnidagi “doimiy propiskaga qo‘yishni” va “propiskaga qo‘yishni” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nizomga 1a-ilovada:

ilova belgisidagi “doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nomlanishidagi “doimiy propiska qilish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

matnidagi “propiska qilish”, “propiska qilinayotgan”, “propiska qilinganlik” va “propiska” so‘zlari “yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish”, “yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinayotgan”, “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganlik” va “yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nizomga 2-ilovada:

ilova belgisidagi “doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nomlanishidagi “manzilidan propiskadan” so‘zlari “joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan manzildan ro‘yxatdan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

matnidagi “Propiska qilingan” va “propiskadan” so‘zlari “Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” va “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan manzildan ro‘yxatdan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nizomga 3-ilovada:

ilova belgisidagi “doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nomlanishidagi “propiska qilish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

matnidagi “propiska qilish” va “Propiska” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan, “propiska qilinganligi” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nizomga 4-ilovada:

ilova belgisidagi “doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

matnidagi “Propiska” so‘zi “Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nizomga 5-ilovada:

ilova belgisidagi “doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

matnidagi “Propiska qilingan” so‘zlari “Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nizomga 6-ilovada:

ilova belgisidagi “doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

matnidagi “Propiskada turgan” va “propiska qilingan” so‘zlari “Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatda turgan” va “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatda olgan” so‘zlari almashtirilsin;

nizomga 6a-ilovada:

ilova belgisidagi “doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nomlanishidagi “doimiy propiskadan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan manzildan ro‘yxatdan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

matnidagi “doimiy propiskadan” va “propiskadan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan manzildan ro‘yxatdan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nizomga 7-ilovada:

ilova belgisidagi “doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nomlanishidagi “Turgan joyi bo‘yicha hisobda turish” so‘zlari “Vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

matnidagi “Doimiy ruyxatda turgan” va “hisobga” so‘zlari “Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” va “ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nizomga 8-ilovada:

ilova belgisidagi “doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nomlanishidagi “Turgan joyi bo‘yicha hisobga olish” so‘zlari “Vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

matnidagi “Turgan joyi bo‘yicha hisobga” va “Hisobga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i fuqaroning turgan joyida hisobga” so‘zlari “Vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” va “Vaqtincha ro‘yxatga olish to‘g‘risidagi qayd varag‘i fuqaroning vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nizomga 9-ilovada:

ilova belgisidagi “doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nomlanishidagi “Turgan joyi bo‘yicha hisobga” so‘zlari “Vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

matnidagi “Turgan joyi bo‘yicha hisobga” va “turar joy bo‘yicha hisobga qo‘yish” so‘zlari “Vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” va “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nizomga 9a-ilovada:

ilova belgisidagi “doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nomlanishidagi “Turgan joyi bo‘yicha hisobga” so‘zlari “Vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

matnidagi “hisobga” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nizomga 9b-ilovada:

ilova belgisidagi “doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nomlanishidagi “turgan joyi bo‘yicha hisobga” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

matnidagi “Hisobga” va “Hisobdan” so‘zlari “Ro‘yxatga” va “Ro‘yxatdan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nizomga 9v-ilovada:

ilova belgisidagi “doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nomlanishidagi “Turgan joyi bo‘yicha hisobga” so‘zlari “Vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

matnidagi “turgan joyi bo‘yicha hisobga” va “turar joy bo‘yicha hisobga qo‘yish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” va “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nizomga 10-ilovada:

ilova belgisidagi “doimiy propiska qilish va turgan joyi bo‘yicha hisobga” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

matnidagi “propiska qilinadi”, “propiskani”, “Propiska olgan mas’ul xodim” va “propiskani rasmiylashtirdim” so‘zlari tegishincha “ro‘yxatga olinadi”, “ro‘yxatga olishni”, “Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olgan mas’ul xodim” va “ro‘yxatga olishni rasmiylashtirdim” so‘zlari bilan almashtirilsin;

d) 2-ilovada:

nomlanishidagi “doimiy va vaqtincha propiska qilish” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

1-bandda:

birinchi va ikkinchi xatboshilardagi “doimiy va vaqtincha propiska qilish” so‘zlar “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

uchinchi xatboshidagi “doimiy va vaqtinchalik propiskadan o‘tishni” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni” so‘zlari bilan almashtirilsin;

4-banddagi “doimiy va vaqtincha propiska qilish” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

5-banddagi “doimiy propiskadan” va “doimiy propiska qilinish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan” va “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

7-bandda:

birinchi xatboshidagi “vaqtincha propiskadan” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

yettinchi xatboshidagi “propiskadan o‘tish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

12-banddagi “propiska qilish va propiskadan” hamda “propiskadan” so‘zlari tegishincha “ro‘yxatga olish va ro‘yxatdan” va “ro‘yxatdan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

3-bob nomidagi “doimiy propiskani rasmiylashtirish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni” so‘zlari bilan almashtirilsin;

16-bandda:

birinchi xatboshidagi “doimiy propiskani” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni” so‘zlari bilan almashtirilsin;

yettinchi xatboshidagi “propiskadan o‘tish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘lari bilan almashtirilsin;

sakkizinchi xatboshidagi “doimiy propiskadan o‘tkazganlik uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan miqdorda” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olganlik uchun” so‘zlari bilan almashtirilsin;

19-band birinchi va ikkinchi xatboshidagi “doimiy propiskani” va “doimiy propiskadan o‘tishini” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni” va “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni” so‘zlari bilan almashtirilsin;

20-band birinchi va ikkinchi xatboshidagi “doimiy propiskadan o‘tishini” va “Doimiy propiskadan o‘tkazish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni” va “Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

21-banddagi “doimiy propiskadan o‘tgan” va “doimiy propiskadan o‘tish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” va “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

49-banddagi “doimiy yoki vaqtinchalik propiskadan o‘tmagan” so‘zlari “doimiy yashash joyi yoki vaqtinchalik turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nizomga 2-ilovada:

ilova belgisidagi “doimiy va vaqtincha propiska qilish” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

matnidagi “doimiy propiskani rasmiylashtirib berishingizni” va “doimiy propiska” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga qo‘yishingizni” va “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘xatga qo‘yilishi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nizomga 3-ilovada:

ilova belgisidagi “doimiy va vaqtincha propiska qilish” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘lari bilan almashtirilsin;

matnidagi “vaqtincha propiska qilish”, “vaqtincha propiska qilishni” va “propiska qilishni” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish”, “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni” va “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nizomga 4-ilovada:

ilova belgisidagi “doimiy va vaqtincha propiska qilish” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nomlanishidagi “vaqtincha propiska qilish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nizomga 5-ilovada:

ilova belgisidagi “doimiy va vaqtincha propiska qilish” so‘zlari “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

matnidagi “vaqtincha propiska qilish va vaqtincha propiska” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va uning” so‘zlari bilan almashtirilsin.

65. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi huzurida Xalqaro molekulyar allergologiya markazini tashkil etish to‘g‘risida” 2018-yil 25-oktabrdagi 865-son qarorining 7-bandidagi “vaqtincha ro‘yxatga qo‘yishni” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni” so‘zlari bilan almashtirilsin.

66. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent viloyatining “Ohangaron” va maydontol” maishiy chiqindilar poligonlarida hosil bo‘ladigan chiqindi gazini qayta ishlash hisobiga elektr energiyasi ishlab chiqarish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1-noyabrdagi 895-son qarorining 8-bandidagi “vaqtincha propiska qilinishi va vaqtincha propiska muddati” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va uning muddati” so‘zlari bilan almashtirilsin.

67. Vazirlar Mahkamasining “Hadis ilmi maktabi faoliyatini tashkil etish va qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 1-noyabrdagi 896-son qarorining 9-bandidagi “vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va” so‘zlari bilan almashtirilsin.

68. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrining markaziy qismida ko‘p tarmoqli kompleks qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 5-dekabrdagi 991-son qarorining 11-bandidagi “vaqtinchalik propiska qilinishini” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini” so‘zlari bilan almashtirilsin.

69. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-yanvardagi 11-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 1-son, 1-modda) bilan tasdiqlangan Sudyalar va ularning oila a’zolari pensiya ta’minoti shartlari, me’yorlari hamda tartibi to‘g‘risidagi nizomning 2-bandi ikkinchi xatboshidagi “(doimiy ro‘yxatdan o‘tgan) boshqa turar joy, doimiy yashash joyi mavjud bo‘lmagan (doimiy ro‘yxatdan o‘tmagan) taqdirda – vaqtincha yashash (vaqtincha ro‘yxatdan o‘tish) joyi” so‘zlari “(doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan) boshqa turar joy, doimiy yashash joyi mavjud bo‘lmagan (doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmagan) taqdirda – vaqtincha yashash (vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish) joyi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

70. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-yanvardagi 63-son qarori bilan tasdiqlangan Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari berish va yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom 37-bandining oltinchi xatboshi chiqarib tashlansin.

71. Vazirlar Mahkamasining “Jizzax viloyatining Zafarobod tumanida sement zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 1-fevraldagi 81-son qarorining 11-bandidagi “vaqtincha propiska qilinishini va vaqtincha propiska” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va muddatini” so‘zlari bilan almashtirilsin.

72. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 6-fevraldagi 95-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 2-son, 15-modda) bilan tasdiqlangan Qattiq va suyuq maishiy chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish qoidalarining 37-bandi ikkinchi xatboshidagi “propiska qilinganligi (shu jumladan, vaqtincha propiska qilinganligi)ning” so‘zlari “doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligining” so‘zlari bilan almashtirilsin.

73. Vazirlar Mahkamasining “Akfa universitetini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 15-fevraldagi 130-son qarorining 12-bandidagi “vaqtincha propiska qilinishini va vaqtincha propiska muddati” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va muddati” so‘zlari bilan almashtirilsin.

74. Vazirlar Mahkamasining “Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini idoralararo elektron o‘zaro hamkorlikni qo‘llagan holda takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 13-apreldagi 308-son qarorida:

a) 1-ilovaning matnida “propiskasi” va “vaqtinchalik propiskasi” so‘zlari tegishincha “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxati” va “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 3-ilovada:

11 va 12-bandlarning birinchi xatboshilaridagi “doimiy yoki vaqtinchalik propiskasi” so‘zlari “doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxati” so‘zlari bilan almashtirilsin;

13-bandning uchinchi xatboshisidan “(doimiy yoki vaqtinchalik propiskadan o‘tganligi qayd etilgan beti bilan)” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;

19-bandning “a” kichik bandidagi “doimiy yoki vaqtinchalik propiskasi” so‘zlari “doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatda” so‘zlari bilan almashtirilsin.

75. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-apreldagi 325-son qarori bilan tasdiqlangan Qishloq xo‘jaligi, melioratsiya va yo‘l-qurilish texnikalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 42-bandi to‘rtinchi xatboshidagi “doimiy ro‘yxatga qo‘yilganligi” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

76. Vazirlar Mahkamasining “Xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlar va ularning oila a’zolarini O‘zbekiston Respublikasiga taklif qilishni rasmiylashtirish va ko‘p martalik kirish vizalarini berish hamda ularni ichki ishlar organlari tomonidan vaqtincha propiska qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 2019-yil 17-apreldagi 326-son qarorida (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 4-son, 71-modda):

a) nomlanishidagi “vaqtincha propiska qilish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 1-banddagi “vaqtincha propiska qilish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

v) 1-ilovada:

nomlanishidagi “vaqtincha propiska qilish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

1-bandi matnidagi “vaqtincha propiska qilish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

4-bob nomidagi “vaqtincha propiska qilish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

12-banding matnidagi “vaqtincha propiska qilish”, “Toshkent shahri va Toshkent viloyatida doimiy propiska qilinishi lozim bo‘lgan shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari toifalarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2012-yil 16-fevraldagi 41-son” va “doimiy va vaqtincha propiska qilish” so‘zlari tegishincha “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish”, “O‘zbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son” va “doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

13-banddagi “turgan joylarida vaqtinchalik propiskadan o‘tib” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinib” so‘zlari bilan almashtirilsin;

14-bandning birinchi xatboshidagi “vaqtincha propiskadan o‘tkazish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

15-banddagi “vaqtincha propiskaga” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish uchun” so‘zlari bilan almashtirilsin;

16-bandning matnidagi “vaqtincha propiskani” va “vaqtincha propiska” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni” va “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxat” so‘zlari bilan almashtirilsin;

18-bandning matnidagi “vaqtincha propiska qilingan” va “vaqtincha propiskani” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” va “turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni” so‘zlari bilan almashtirilsin;

19-banddagi “vaqtincha propiska” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

20-banddagi “vaqtincha propiska” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

21-banddagi “doimiy propiska” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

23-band quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“23. Vatandoshlarning O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash guvohnomasini doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish orqali rasmiylashtirish masalalari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son va “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy yashash joyi va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-avgustdagi PQ-3924-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son qarorlari bilan tartibga solinadi”;

25-banddagi “vaqtincha propiska” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

26-bandda:

uchinchi xatboshidagi “vaqtincha propiskadan o‘tish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

to‘rtinchi xatboshidagi “doimiy propiska” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nizomga 1-ilovaning ilova belgisi, nomlanishi va matnidagi “vaqtincha propiska qilish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nizomga 2-ilovada:

ilova belgisidagi “vaqtincha propiska qilish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

10-bandidagi “vaqtincha propiskadan o‘tkazish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nizomga 3 va 4-ilovalarda ilova belgisidagi “vaqtincha propiska qilish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nizomga 5-ilovada:

ilova belgisidagi “vaqtincha propiska qilish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

matnidagi “vaqtincha propiskaga qo‘yishingizni”, “vaqtincha propiskadan o‘tayotgan” va “vaqtincha propiska qilishingizni” so‘zlari tegishincha “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishga”, “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinayogan” va “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishingizni” so‘zlari bilan almashtirilsin.

77. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 18-apreldagi 328-son qarori bilan tasdiqlangan Shaharchalar, qishloqlar va ovullar, shuningdek, shaharlardagi, shaharchalardagi, qishloqlardagi hamda ovullardagi mahallalar fuqarolar yig‘inlarining raislari (oqsoqollari) tomonidan ishonchnomalarni tasdiqlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:

a) 15-banddagi “doimiy ro‘yxatga” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 24-banddagi “doimiy ro‘yxatga olingan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin.

78. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 29-apreldagi 365-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti bakalavriatiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risida nizomda:

a) 14-banddagi “doimiy ro‘yxatda turgan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 23-bandning ikkinchi xatboshidagi “doimiy ro‘yxatda turgan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin.

79. Vazirlar Mahkamasining “Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tumanida Sement zavodi qurilishini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-maydagi 412-son qarorining 10-bandidagi “vaqtincha yashash joyi bo‘yicha vaqtincha propiska qilinishini” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini” so‘zlari bilan almashtirilsin.

80. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida uzoq muddatli istiqbolga mo‘ljallangan yo‘l qurilishini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 22-maydagi 425-son qarorining 8-bandi “vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishi” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

81. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 468-son qarori bilan tasdiqlangan Oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatishning ma’muriy reglamentining 4-bandida:

a) birinchi xatboshidagi “doimiy (vaqtincha) ro‘yxatda turgan” so‘zlari “doimiy yashash joyi yoki vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) ikkinchi xatboshidagi “doimiy ro‘yxatda turgan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirisin.

82. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 7-iyundagi 469-son qarori bilan tasdiqlangan Bolalarni davlat umumiy o‘rta ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentida:

a) 3-bandning “b” kichik bandidagi “propiskada turganligi” so‘zlari “yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 15-banddagi “propiskada turganligi (turmaganligi)” so‘zlari “yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi (olinmaganligi)” so‘zlari bilan almashtirilsin;

v) 16-bandning ikkinchi xatboshidagi “propiskada turmasligi” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinmaganligi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

83. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim tizimiga ilg‘or axborot va pedagogika texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 11-iyundagi 487-son qarorining 9-bandidagi “vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishi” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

84. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filialiga o‘qishga qabul qilish tartibi va o‘quv jarayonini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 12-iyundagi 490-son qarorida:

a) 2-bandining to‘rtinchi xatboshidagi “propiskada bo‘lgan” so‘zlari “yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) ilovada:

5-bandning birinchi xatboshisidagi “propiskada bo‘lgan” so‘zlari “yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

14-bandning oltinchi xatboshidagi “doimiy propiska joyi bo‘yicha” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joydan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

21-banddagi “doimiy propiska joyi” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

nizomga 1-ilovaning matnidagi “doimiy propiska” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin.

85. Vazirlar Mahkamasining “Buxoro viloyatida zamonaviy agroklaster tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 14-iyundagi 500-son qarorining 13-bandidagi “vaqtincha propiska qilinishi” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

86. Vazirlar Mahkamasining “Maktabgacha ta’lim sohasiga innovatsion yondashuvlarni joriy etish loyihalarini amalga oshirish uchun eksperimental maydonchalarni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 19-iyuldagi 605-son qarorining 8-bandidagi “vaqtincha yashash joyi bo‘yicha vaqtincha propiska qilinishini va vaqtincha propiska” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va uning muddati” so‘zlari bilan almashtirilsin.

87. Vazirlar Mahkamasining “Astraxan davlat texnika universitetining Toshkent viloyatidagi filiali faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 19-iyul 608-son qarorining 11-bandidagi “vaqtincha yashash joyi bo‘yicha propiska qilinishini va vaqtincha propiska” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va” so‘zlari bilan almashtirilsin.

88. Vazirlar Mahkamasining “Jizzax viloyatida go‘sht-sut mahsulotlari yetishtirish yo‘nalishidagi agrosanoat klasterini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 23-iyuldagi 619-son qarorining 11-bandidagi “vaqtincha yashash joyida vaqtincha propiska qilinishi” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

89. Vazirlar Mahkamasining “Respublikada quyonchilik sohasidagi ilmiy faoliyatni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 2-avgustdagi 647-son qarorining 9-bandidagi “yashash joyida vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini” so‘zlari bilan almashtirilsin.

90. Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 5-avgustdagi 648-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 8-son, 175-modda) bilan tasdiqlangan Faxriy fuqaro maqomini berish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 14-bandida:

a) uchinchi xatboshidagi “vaqtincha propiskani” so‘zi “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olishni” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) to‘rtinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“vaqtincha ro‘yxatga olingan joyi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash uchun ruxsatnomani, shu jumladan, oila a’zolari (er (xotini) va voyaga yetmagan bolalar) uchun davlat boji to‘lanmasdan olish”.

91. Vazirlar Mahkamasining “Toshkent shahrida kumushdan yasalgan buyumlar ishlab chiqarishni tashkil etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 27-avgustdagi 720-son qarorining 7-bandidagi “vaqtincha yashash joyi bo‘yicha vaqtincha propiska qilinishini va vaqtincha propiska” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va muddati” so‘zlari bilan almashtirilsin.

92. Vazirlar Mahkamasining “Jizzax viloyatida golf industriyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 27-avgustdagi 721-son qarorining 9-bandidagi “ular yashaydigan joyda vaqtinchalik propiska qilinishi va propiska” so‘zlari “ularning vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi va” so‘zlari bilan almashtirilsin.

93. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 17-sentabrdagi 781-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2019-y., 9-son, 221-modda)ning 12-bandidagi “yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va”so‘zlari bilan almashtirilsin.

94. Vazirlar Mahkamasining “Zamonaviy zargarlik savdo-ishlab chiqarish markazlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2019-yil 7-oktabrdagi 851-son qarorining 8-bandidagi “yashash joyida vaqtincha ro‘yxatdan o‘tkazilishini va vaqtincha” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini va” so‘zlari bilan almashtirilsin.

95. Vazirlar Mahkamasining “Tashkent education” nodavlat ta’lim tashkiloti faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 2-noyabrdagi 900-son qarorining 10-bandidagi “yashash joyida vaqtincha propiska qilinishi” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishini” so‘zlari bilan almashtirilsin.

96. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qarorida:

a) 1-bandda:

to‘rtinchi xatboshidagi “doimiy propiska qilish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

beshinchi xatboshidagi “vaqtincha propiska qilish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 4-bandning birinchi xatboshidagi “doimiy propiska qilish” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin;

v) 1a-ilovada:

7-band o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin;

8-banddagi “30” raqami “31” raqami bilan almashtirilsin;

31-bandning birinchi xatboshiga “Mulkdor” so‘zidan keyin “(mulkdorlar)” so‘zi qo‘shilsin;

97. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi zargarlik sanoatining zamonaviy uskuna, texnologiyalari va zargarlik buyumlari “Uzbek Jewellery Fair-2020” birinchi xalqaro ko‘rgazma-savdosini tashkil etish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 10-yanvar 17-son qarori 10-bandining ikkinchi xatboshidagi “vaqtinchalik yashash joyiga vaqtincha propiska qilish va vaqtinchalik propiskaning” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish va uning” so‘zlari bilan almashtirilsin.

98. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 30-yanvardagi 49-son qarori bilan tasdiqlangan Konsullik ro‘yxatida turuvchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga O‘zbekiston Respublikasining xorijdagi konsullik muassasalari, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Konsullik-huquqiy departamenti, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlardagi bo‘linmalari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining xorijga chiqish biometrik pasportini rasmiylashtirish, berish va almashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomda:

a) 14-bandining uchinchi xatboshidagi “vaqtinchalik propiska qilinganligi” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

b) 21-bandining uchinchi xatboshidagi “propiska qilingan” so‘zlari “yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

v) 26-banddagi “doimiy propiska qilingan” so‘zlari “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin;

g) 30-bandidagi “propiska mavjudligi yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida hisobdan chiqarish” so‘zlari tegishincha “doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinganligi yoki O‘zbekiston Respublikasi hududida doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan chiqarilganligi” so‘zlari bilan almashtirilsin;

d) 49-bandning ikkinchi xatboshidagi “Propiskaga qo‘yish (propiskadan chiqarish)” so‘zlari “Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish (ro‘yxatdan chiqarish)” so‘zlari bilan almashtirilsin.

99. Vazirlar Mahkamasining “Samarqand viloyatida murakkab mineral o‘g‘itlar ishlab chiqarish kimyoviy majmuasini barpo etish” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 5-fevraldagi 61-son qarori 12-bandining uchinchi xatboshidagi “yashash joyida vaqtincha ro‘yxatga” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga” so‘zlari bilan almashtirilsin.

100. Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 25-martdagi 182-son qarori bilan tasdiqlangan Uy-joy sotib olish uchun fuqarolarga subsidiya to‘lash tartibi to‘g‘risidagi nizomda:

a) 10-bandning:

“g” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“g) doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan kadastr raqami va turiga tegishli ma’lumotlar (agar turar joyi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyi bilan to‘g‘ri kelsa)”;

b) “d” kichik bandi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:

“d) doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyidan uy daftarining yoki kvartiralar bo‘yicha kartochkaning (17-shakl) nusxasi (agar turar joyi doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan joyi bilan to‘g‘ri kelsa)”;

v) 14-bandiga quyidagi mazmundagi xatboshi qo‘shilsin:

“Murojaat ariza beruvchining xohishiga ko‘ra uning doimiy yashash yoki vaqtincha turgan hududi bo‘yicha mas’ul tashkilotlar va komissiya tomonidan ko‘rib chiqilishi mumkin”;

g) nizomga 4-ilovaning matnidagi “Doimiy propiska” so‘zlari “Doimiy yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatga olingan” so‘zlari bilan almashtirilsin.

101. Vazirlar Mahkamasining “Andijon-farm” erkin iqtisodiy zonasi hududida farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 30-mart 188-son qarorining 3-bandidagi “vaqtinchalik ro‘yxatga olish” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish” so‘zlari bilan almashtirilsin.

102. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligining faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 18-apreldagi 240-son qarorining 6-bandidagi “vaqtinchalik ro‘yxatdan o‘tkazilishi” so‘zlari “vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olinishi” so‘zlari bilan almashtirilsin.

Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-sentabrdagi 593-son qaroriga


5-ILOVA

O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z kuchini yo‘qotgan deb e’tirof etilayotgan qarorlari

RO‘YXATI

1. Vazirlar Mahkamasining “Xorijiy fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lishlarini tartibga solish to‘g‘risida” 1992-yil 17-martdagi 134-son qarori.



2. Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 4-apreldagi 180-son qarori (O‘zbekiston Respublikasi QT, 1994-y., 4-son, 20-modda) bilan tasdiqlangan Xususiylashtirilgan kvartiralar (kvartiralarning bir qismi), uylar (uylarning bir qismi)ni boshqalarga berish va meros qilib qoldirishda mulkchilik huquqining o‘tishi haqidagi shartnomalarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 7-bandi.

3. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida pasport tizimini takomillashtirish yuzasidan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 1999-yil 27-fevraldagi 91-son qarori.

4. Vazirlar Mahkamasining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida uy-joy sotib olinishini tartibga solish to‘g‘risida” 1999-yil 27-fevraldagi 92-son qarori.

5. Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 13-fevraldagi 74-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarning 8-bandi.

6. Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 20-apreldagi 116-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 2-bandi “b” kichik bandi va 5-bandi.

7. Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 3-iyundagi 138-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarning 5-bandi.

8. Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 1-bandi.

9. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-avgustdagi 679-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarning 5-bandi.

10. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni doimiy va vaqtincha propiska qilish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 28-avgustdagi PQ-3924-son qarorini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2018-yil 22-oktabrdagi 845-son qaroriga 2-ilova *.

11. Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarni doimiy yashash va vaqtincha turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatga olish tartibini yanada soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2019-yil 28-dekabrdagi 1049-son qaroriga 2 va 3-ilovalar.

Izoh.* Bunda mazkur ilova 2021-yil 1-yanvardan, uning 22 — 471-bandlari esa mazkur qaror e’lon qilingan kundan e’tiboran o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblanadi.
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2020-y., 09/20/593/1340-son)

Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish