1. Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar



Download 67,11 Kb.
bet1/2
Sana03.07.2022
Hajmi67,11 Kb.
#737216
  1   2
Bog'liq
786 02.10.2018




[OKOZ:

1.01.00.00.00 Konstitutsiyaviy tuzum / 01.21.00.00 Faxriy unvonlar, esdalik nishonlar. Faxriy yorliqlar]

[TSZ:

1.Davlat va jamiyat qurilishi / Davlat mukofotlari. Faxriy unvonlar. Yuqori darajalar va farqlovchi belgilar. Davlat mukofotlari va boshqa mukofotlar]

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishonini ta’sis etish chora-tadbirlari to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni rivojlantirish va ularni amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qo‘shgan yosh olimlar va talabalar hamda tashabbuskor fuqarolarning innovatsion faoliyatini rag‘batlantirish va erishgan yutuqlarini munosib taqdirlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2018-yil 5-iyundagi PQ-3775-son qarori bilan “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni ta’sis etilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishonini har yili Innovatsion g‘oyalar haftaligi — “InnoWeek.Uz” doirasida topshirish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullansin.
3. Belgilab qo‘yilsinki, “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlash O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining qo‘shma qarori asosida amalga oshiriladi.
4. Quyidagilar:
“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risida nizom 1-ilovaga muvofiq;
“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni va uning guvohnomasining tavsiflari 2, 3-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
5. “Davlat belgisi” davlat ishlab chiqarish birlashmasi O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi buyurtmasiga asosan, belgilangan tartibda “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishonlari va ularning guvohnomalari tayyorlanishini ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
6. “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan mukofotlanganlarni taqdirlash tadbirlarini tashkil etish, ko‘krak nishonlar va ularning guvohnomalarini tayyorlash xarajatlari Ilm-fanni moliyalashtirish va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qoplanishi inobatga olinsin.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bir oy muddatda manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari — Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi S.R. Xolmuradov va O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri I.Y. Abdurahmonov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh.,
2018-yil 2-oktabr,
786-son
Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-oktabrdagi 786-son qaroriga
1-ILOVA
“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risida
NIZOM
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni (keyingi o‘rinlarda ko‘krak nishoni deb ataladi) bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
2. Ko‘krak nishoni bilan innovatsion g‘oya va texnologiyalarni rivojlantirish va ularni amaliyotga tatbiq etishga munosib hissa qo‘shgan yosh olimlar va talabalar hamda tashabbuskor fuqarolar taqdirlanadilar.
3. Ko‘krak nishoni bilan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lmagan shaxslar ham taqdirlanishi mumkin.
4. Ko‘krak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlar O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan taqdirlanadi.
5. “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim qilish va taqdirlash tartibi ushbu Nizomga ilovada keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.
2-bob. “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim etish
6. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid dastlabki takliflar tashkiliy-huquqiy shaklidan qat’i nazar, davlat va nodavlat notijorat tashkilotlari, tadbirkorlik subyektlari tomonidan har yili 1-apreldan 30-aprelgacha tuman (shahar) hokimliklarida tuzilgan komissiyaga taqdim etiladi.
7. Tuman (shahar) hokimliklarida tuzilgan komissiyalar taqdim etilgan takliflarni mazkur hudud yoki respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha ehtiyojlaridan kelib chiqib, innovatsion g‘oya va texnologiyalarni ushbu hududga yoki respublika iqtisodiyotiga tatbiq etish darajasini hisobga olgan holda o‘rganib chiqadi va ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga nomzodlar bo‘yicha tavsiyalarni har yili 1-iyungacha tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etadi.
Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya etilgan oliy ta’lim muassasalari talabalarining hujjatlari oliy ta’lim muassasasida tuzilgan komissiyalar tomonidan o‘rganib chiqilib, oliy ta’lim muassasasi ilmiy kengashining tegishli qarori bilan tasdiqlanadi va ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga nomzodlar bo‘yicha tavsiyalar har yili 1-iyungacha oliy ta’lim muassasasi rektorining yo‘llanma xati bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklariga taqdim etadi.
8. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari ko‘krak nishoni bilan taqdirlash bo‘yicha nomzodlar hujjatlarni ko‘rib chiqib, tegishli yig‘ilish qarorlari asosida har bir hududdan 3 nafardan tavsiya qilingan nomzodlarning hujjatlarini (ma’lumotnomalar, ularning ishlanmalari haqida annotatsiyalar (200 ta so‘zdan ko‘p bo‘lmagan), asosnomalar) har yili 20-iyungacha O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligiga taqdim etadilar.
3-bob. “Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash
9. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflarni ko‘rib chiqish bo‘yicha har yili 1-iyulgacha O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan komissiya tashkil etiladi.
Komissiya tomonidan ko‘krak nishoni bilan taqdirlashga tavsiya qilingan nomzodlar bo‘yicha hujjatlar ko‘rib chiqiladi va har yili 31-avgustgacha yakuniy xulosa qabul qilinadi.
10. Ko‘krak nishoni bilan mukofotlash to‘g‘risida har yili 15-sentabrgacha O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqining qo‘shma qarori qabul qilinadi.
Oldingi tahrirga qarang.
11. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslar bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravari miqdorida bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti bilan taqdirlanadilar.
(11-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 28-dekabrdagi 1046-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 29.12.2019-y., 09/19/1046/4242-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofotlari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
(11-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil11-martdagi 132-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 12.03.2021-y., 09/21/132/0202-son)
12. Ko‘krak nishoni, uning guvohnomasi va bir yo‘la to‘lanadigan pul mukofoti har yili Innovatsion g‘oyalar haftaligi — “InnoWeek.Uz” doirasida O‘zbekiston Respublikasi innovatsion rivojlanish vaziri va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy kengashi raisi tomonidan tantanali ravishda topshiriladi.
13. Ko‘krak nishoni bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qo‘shma qaror O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi matbuot nashrlarida va boshqa tegishli ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.
14. Ko‘krak nishoni bilan mukofotlangan shaxslarning respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy soha ehtiyojlariga yo‘naltirilgan innovatsion g‘oya va texnologiyalari O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan tegishli tarmoq yoki sohaga joriy etiladi.
Oldingi tahrirga qarang.
15. O‘zbekiston Respublikasi barcha hududlaridan bir nafardan hamda O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vaziri tomonidan tavsiya etilgan shaxslar ko‘krak nishoni bilan bir marta mukofotlanadi. Ko‘krak nishoni takroran berilmaydi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 545-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)
16. Ko‘krak nishoni davlat mukofotlaridan keyin ko‘krakning chap tomoniga taqiladi.
4-bob. Yakunlovchi qoidalar
17. O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi ushbu Nizomga muvofiq ko‘krak nishoniga tavsiya etilgan nomzodlarning hujjatlari xolis ko‘rib chiqilishi uchun bevosita javobgardir.
18. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar.
“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA
“Innovatsion g‘oyalar yetakchisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlash uchun hujjatlarni taqdim qilish va taqdirlash tartibi
SXEMASI


Download 67,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish