1. Davlat tuzumi va ma’muriy boshqaruv islohotlari Yuqori davlat lavozimlari



Download 40,52 Kb.
bet1/4
Sana10.07.2022
Hajmi40,52 Kb.
#772166
  1   2   3   4
Bog'liq
MAVZU3


MAVZU:Buxoro amirligida saroy unvonlari va mansablari

Reja:
Kirish
1. Davlat tuzumi va ma’muriy boshqaruv islohotlari
2. Yuqori davlat lavozimlari
3.Amirlikda saroy mansablari va unvonlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar.

Kirish
Jahon tarixidagi ilk davlatlar dehqonchilik bilan shug‘ullanuvchi yerlar va sug‘orish kanallari bilan chegaralangan hududlarda paydo bo‘lgani haqida ma’lumotlar bor. Dastlabki davlatlar miloddan avvalgi IV ming yillikda tashkil topgan bo‘lib, ularda o‘ziga xos davlat muassasalari tizimi ham shakllangan. Buxoro amirligida XVIII asrning o’rtalarida yuz bergan siyosiy voqealar o’zbeklarning mang’it urug’i vakillarini hokimiyat tepasiga olib chiqdi. Hukmron sulola almashuvi davlatning siyosiy maqomida ham o’zgarish bo’lishiga olib keldi. Yangi hukmdorlar hokimiyatni rasman “amir” unvoni bilan boshqara boshladilar va bu davlat Buxoro amirligi nomi bilan tarixda qoldi.
Davlat tuzumi va ma’muriy boshqaruv islohotlari Amirlik davlat tizimiga ko‘ra mutlaq monarxiya edi. Oliy hukmdor - amir cheklanmagan huquqqa ega bo!lgan. Butun hokimiyat uning qo‘lida to‘plangan. Amir, ayni paytda, davlatning ma’naviy rahnamosi ham edi. Chunki u eng oliy martabali amaldorlar (arkoni davlat) hamda qabilalarning boshliqlari bilan maslahatlashib ish tutgan. Amirlikda davlat boshqaruvi sohasida ayrim islohotlar o‘tkazildi. Chunonchi, ashtarxoniylar davrida mavjud bo‘lgan boshqaruvning dargoh va devonlar tizimi tugatildi. Davlat vazifalarini ijro etish to‘g‘ridan to‘g‘ri saroydagi u yoki bu lavozimda, yoki biron-bir nufuzli davlat arbobi qo‘lida to'planuvchi tartih joriy etildi. Unga 57 Amirlikning ma’muriy bo‘linishi ko'ra, qo'shbegi lavozimiga davlat maqomi berildi, ya’ni u davlatda arairdan keying! ikkinchi shaxsga aylandi. Shuning uchun ham u amir Arkida yashagan. Bundan tashqari, ashtarxoniylar hukmronligi davrida davlatda juda katta nufuzga ega bo‘lgan otaliq lavozimi oldingi mavqeyini yo‘qotdi. Bir so‘z bilan aytganda, amirlikda turli davlat lavozimlarining maqomi yo ko'tarildi, yo tushirildi. Shunga yarasha u yoki bu lavozim egasining vakolat doirasi kengaytirildi yoki cheklab qo‘yildi. Saroyda jami uch yuzga yaqin katta-kichik amaldorlar guruhi xizmat qilishgan. Ulardan 30 nafarga yaqini yuqori davlat lavozimlari sanalgan. Amirlik ma’muriy jihatdan viloyat va tumanlarga bo‘lingan. Adabiyotlarda mang‘itlar davrid1a amirlikda 27 ta viloyat (beklik) mavjud bo‘lganligi qayd etilgan. Viloyatlami beklar - hokimlar boshqarishgan. Hokim lavozimiga, asosan, qabila sardorlari (amir) tayinlangan. Qolgan ma’muriy-hududiy birliklarga sug‘oriladigan yer miqdori asos qilib olingan, Jumladan, bir nechta ariq va kanal orqali sug‘oriladigan yuz ming tanob yer bir tumanni tashkil etgan. Bitta katta ariq bilan sug‘oriladigan ellik ming tanob yer hazora, yigirma besh ming tanob yer nim (yarim) hazora, 10-15 ming tanob sug’oriladigan yerga ega qishloq obikori, 400 tanob yerga ega qishloq qoriya, 300 tanob va undan kam yeri bo‘lgan hudud, aholi yashasa-yashamasa, marza deb atalardi. Ba’zi qishloqlar joylashgan hudud maydoni katta bo‘lmagan. Binobarin, ulaming har birini alohida-alohida boshqarish iqtisodiy jihatdan o'zini oqlamas edi. Shuning uchun ham bir nechta katta-kichik qishloqlar biriktirilib eng quyi ma’muriy birlik tashkil etilgan va u amlok deb atalgan. Uni amlokdor qishloq oqsoqollari, amin va miroblarga tayanib boshqargan. Amlokdor („mulk egasi“ degan ma’noni anglatadi) yetishtirilgan hosilning hisobini yuritgan va soliqlar hamda boshqa tushumlarning belgilangan muddatlarda yig‘ilib borishini nazorat qilgan. Amin („ishonchli“, „halol odam“ ma’nosini anglatadi)ning asosiy vazifasi soliq va boshqa tushumlami yig‘ish, aholi ustidan nazorat olib borish hamda ariqlardagi suvni ekin maydonlariga taqsimlash bo‘lgan. Qishloq mirobi esa suv inshootlarining o‘z vaqtida ta’mirlanishini, qishloqlar uchun ajratilgan suvning ariqlar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlaoishini ta’- m in lagan. Mang’itlar davrida ham davlat boshqaruvi ikki bo’g’inli, ya’ni markaziy va mahalliy boshqaruvdan iborat bo’lib, ularning har biri muksulmon davlatlariga xos bo’lgan murakkab boshqaruv tarmoqlariga ega edi. Mang’itlar sulolasi davrida bosh vazir vazifasini qushbegi mansabini egallagan shaxs bajargan. Davlat boshqaruvida devonbegi, parvonachi, otaliq, dodxoh, xudaychi, mirzaboshi va boshqpa saroy a’yonlarining hamda shayxulislom, qozikalon kabi diniy rahbarlarning ahamiyati yuqori bo’lgan. Mahalliy boshqaruv viloyat beklari qo’lida edi. Ularning ham o’z boshqaruv tizimi bo’lgan. Mang’itlar sulolasi davrida o’tkazilgan ma’muriy islohotlar tufayli davlatning asosiy ma’muriy birligi bekliklar bo’lib qoldi. Amirlik hududi eng kengaygan Amir Nasrullo davrida Buxoro tarkibida asosan 30 ta beklik bor edi. 17 Ular Qarshi, G’uzor, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Yakkabog’, Boysun, Denov, Sherobod, Xisor, Qorategin, Darvoza, Baljuvon, Shug’non, Rushon, Ko’lob, Qo’rg’ontepa, Qabadiyon, Kalaf, Kerki, Burdalik, Qalaqli, Narazm, Chorjo’y, Karmana, Ziyovuddin, Nurota, Xatirchi, Urgut, Samarqand bekliklaridir. Ulardan tashqari bu davrda Jizzax, O’ratepa, Toshkent, Turkiston va boshqa qo’shni hududlar ham amirlik tarkibiga vaqtincha kiritilgan edi. Poytaxt shahar Buxoro va atrofdagi tumanlar amir tomonidan boshqarilgan. Bekliklar o’z navbatida kichik xududiy bo’linma – amlokdorliklarga bo’lingan bo’lib, ularning boshlig’i amlokdor deb atalgan. Davlat ma’muriy tuzilishidagi eng quyi bo’g’in oqsoqol tomonidan boshqariladigan qishloq jamoalari edi. Buxoro amirligi tus istilosiga qadar xozirgi O’zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston respublikalarining katta qismini o’z ichiga olgan o’rta Osiyodagi yirik davlat edi. Mang’itlar sulolasi davrida ham avvalgi davrlarga xos ijtimoiy tabaqalar saqlanib qoldi. Bu davrda jamiyat madaniy hayotiga mas’ul bo’lgan ijtimoiy guruhlar: olimlar, shoirlar, mudarrislar, talabalar hayotida ham jiddiy o’zgarishlar ro’y bermadi. Asosiy soliq to’lovchi aholi bo’lgan raiyat (fuqaro) ijtimoiy pog’onaning eng quyi qismida bo’lib, ijtimoiy adolatsizliklarning asosiy og’irligi ularning zimmasida edi. Buxoro amirligida qulchilik bu davrda ham saqlanib qoldi. Qullar asosan rus va fors millatiga mansub bo’lib, ular harbiy talonchilik yurishlari paytida qo’lga olinardi va ko’pincha turkman va qozoqlar tomonidan Buxoro bozorida sotilar edi.

Download 40,52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish