Axborot tizimlari tibbiyot va sog‘liqni saqlashning barcha sohalarida mavjuddir. Tibbiyot sohasida axborot almashishning turli ko‘rinishlaridan foydalanish xozirgi davrning dolzarb muammolaridan biridir. Ularning tartibga solinishi tibbiyot va sog‘liqni saqlash tizimida axborotlarning avtomatlashtirilgan almashinuviga erishish, bu soha xodimlarining ish faoliyati unumdorligini oshirib, bemorlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilaydi. Axborot oqimlari bilan ishlash uchun sog‘liqni saqlash tizimida axborot tizimlari yaratilgan. Axborot tizimi tashkiliy tartibga solingan xujjatlar va axborot texnologiyalari yordamida, shu jumladan axborotni qayta ishlash jarayonlarini amalga oshiradigan xisoblash texnikalari va aloqa kommunikatsiya vositalaridan foydalanishning umumlashtirilgan yig‘indisidir. Tibbiy axborot tizimlarining maqsadi aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishning turli vazifalarini qo‘llab quvvatlash, tibbiyot muassasalarini boshqarish va sog‘liqni saqlash tizimining o‘zini axborot boshqaruvida axborot almashinuvini ta’minlashdan iboratdir. Mustaqil vazifalari ilmiy tekshirish natijalarini, o‘quv va attestatsion tekshiruvlarni axborot almashinuvini qo‘llab quvvatlashdan iboratdir [1,2].
Tibbiy axborot tizimlarining quyidagi ko‘rinishdagi sinflari ma’lum. Masalan boshqaruv va tashkiliy darajasiga ko‘ra:
1. Davlat miqiyosidagi
2. Xududiy
3. Muassasa miqiyosida
4. Alohida
Tibbiy axborot tizimlarini keng tarqalgan sinflaridan yana biri xal qiladigan masalalariga qarab:
1. Adminstrativ xo‘jalik tibbiy axborot tizimi
2. Laborator va diagnostik tekshiruvlar tibbiy axborot tizimi
3. Diagnostik, prognozlash, monitoring ekspert tizimi
4. Axborot va kutubxona qidiruv tizimlari
5. O‘quv axborot tizimlari
6. Integrallashgan kasalxona axborot tizimi
Adminstrativ xo‘jalik axborot tizimga xisoblash tizimlari, turli dori-darmon vositalarini xisobga olish dasturlari, bemorlarni ro‘yxatga olish tizimlari, tibbiy xujjatlarni ro‘yxatga olish tizimlari, axborot almashinuvini avtomatlashtirish tizimlari, klinik tekshirishlarni o‘tkazish tizimlari va bajarilayotgan muolajalarni ro‘yxatga olish tizimlari kiradi.
Laborator va diagnostik tekshiruvlar tibbiy axborot tizimiga mikrolaborator tizimlar, radiologiya, rengenografiya, kompyuter tomografiyasi, ultra tovush tekshiruvi natijalarini kiritish va saqlash uchun xizmat qiladi.
Diagnostik, prognozlash, monitoring ekspert tizimi fan sohasi va mantiqiy xulosalarga asoslangan bilimlarning maxsus mexanizmi asosida axborotlarni analiz qilish va xulosa beradigan maxsus tizimlardan tashkil topgan.
Axborot va kutubxona qidiruv tizimi barcha foydalanuvchilarning elektron katalogini tashkil qilish, referativ axborotlarni tayyorlash, oldindan aytib beruvchi ma’lumotlar bazasini loyixalash va tashkil qilish ishlari kiradi.
O‘quv axborot tizimlari turli mashg‘ulot va mashqlarning kompleksi va amaliy metodikalarini tashkil qiladi.
Integrallashgan kasalxona axborot tizimi turli axborot tizimlarining bir necha sinflarning axborot tizimlarini birlashtiradi va ma’lum bir muassasaning maxsusligi bilan bog‘liq masalalarni kompleks xal qilishga qaratilgan [3,4]. Tibbiyotda boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimi tibbiy axborotlarni yig‘indisi qayta ishlanishi, to‘planishi, saqlanishi va uzatish vositasi bo‘lib boshqaruv jarayoni sifatida avtomatlashtirilgan tizimlarni qo‘llab tibbiyot soxasining xar bir xodimiga afzallik yaratish uchun mo‘ljallangan [4]. Tibbiyotda boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimi boshqaruvning tezkor va samarali bo‘lishiga, qisqa muddatlarda axborot almashinuviga erishishga, xodimlarning ijodiy ishlashi uchun vaqt ajratishga, turli muammolarni ijobiy xal qilishga imkon yaratadi. Xozirgi kunda ko‘plab tibbiyotda boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlari ishlab chiqarilgan. Bular bitta xodim uchun, muassasaviy, xududiy va davlat miqiyosidagi tizimlardir. Bu tizimlarning asosiy komponentalari quyidagilardir:
1. Texnik vositalar, xisoblash tizimlari, kiritish—chiqarish tizimlari, ma’lumotlarni saqlovchi va tarmoq qurilmalari;
2. Dasturiy ta’minot — kompyuterning dasturiy vositalari, texnik vositalar ishini va axborotlarni qayta ishlashni ta’minlaydi. Xar bir tibbiyotda boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimi ish jarayonida quyidagi vazifalarni bajarishi kerak:
1. Tibbiyot muassasasini boshqaruv jarayoni xaqida axborotlarni yig‘ish, qayta ishlash va saqlash vositasida xar bir bemor haqida axborot yig‘iladi, xar bir tibbiyot xodimining ish ko‘rsatkichlari bo‘yicha taxliliy ma’lumot to‘planadi;
2. Boshqaruv ta’sirlarini ishlab chiqish orqali xar bir bemorlarga qo‘llanilayotgan dori vositalarining ta’sir ko‘rsatkichlarining monitoringi tashkil qilinadi;
3. Tibbiyotda boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimi boshqa axborot tizimlari bilan tez va qulay axborot almashinuvini tashkil qilishi va bu bilan muassasa ichki tarmog‘idan samarali foydalanish imkonini oshirishi lozim;
4. Tibbiyotda boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimida axborot xavfsizligi choralari ko‘rilgan bo‘lishi va bu bilan foydalanuvchilarning ma’lumotlarini ruxsatsiz o‘zgartirishlardan saqlanishi lozim.
Mamlakatimiz tibbiyot tizimida interaktiv davlat xizmatlarini, boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlarini joriy qilish aholi va yuridik shaxslarga davlat organlari veb-saytlari va respublika hukumati portali orqali kerakli ma’lumotlarni taqdim etish uchun axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yutuqlaridan foydalanish tibbiyot muassasalarining samarali faoliyatiga asos bo‘ladi
Do'stlaringiz bilan baham: |