Xammurapi — Bobil podshosi (mil. av. 1792—1750). Uning davrida Bobil davlati ravnaq topgan. Amorey qabilasidan. Mohir siyosatchi va sarkarda boʻlgan. X. harbiy kuch va diplomatik yoʻl bilan oʻz podsholigining dastlabki 35 yilida Ossuriya, Mesopotamiyaning jan. va oʻrta kismini Bobilga tobe ettirgan. X. davrida tovarpul munosabatlari rivojlangan, xususiy quldorlar xoʻjaligi kuchaygan, davlatning markazlashuvi va podsho hokimiyatining mustahkamlanishi jarayoni usgan; X. qonunlari quldorlik tuzumi huquqining xarakterli belgilarini uzida aks ettirgan Qad. Sharq huquqining qimmatli yodgorligi sanaladi. X. qonunlari 282 moddadan iborat boʻlib, huquqning ayrim sohalariga tegishli sud protsessi, mulk huquqi, mulkning turli koʻrinishlari, yerga egalik, nikohoila, meros huquki va boshqa masalalarni oʻz ichiga oladi. Xususiy mulkchilikni, ayniqsa, quldorlikni qattiq himoya qilgan. Mac, unda qulni ugʻirlaganlik, qochgan qulni yashirganlik uchun oʻlim jazosi belgilangan.
3-Qadimgi Xitoydagi iqtisodiy g'oyalar m.av. VI-III asrlarda shakllangan. Bu mamlakatdagi dastlabki quldorlik davlatlari m.av. II ming yillikda paydo bo'lgan. Konfutsiylik g'oyasi muhimdir. Uning muallifi Konfiitsiy yoki Kun-Tszi (m.a. 551-478 yy.) «Lun yuy» to‘plamida («Suhbatlar va mulohazalar») o‘z g‘oyalarini jamlagan. Olim kelajak rivojini o'tmishdan izlaydi. Shu davrda obro‘si pasaygan zodagonlaming manfaatini himoya qiladi (bu g‘oyalar keyinchalik Ken-Tszi (m.a.312-289-yy.), SyunTszi (313-278-yy.) va boshqalar tomonidan davom ettirilgan). Yoshlaming qariyalarga hurmati, ularga qarshi chiqmaslik g'oyasi asos qilib olingan. Davlat bu katta oila, podsho esa «xalqlar otasi»dir, boyliklar nisbatan tekis taqsimlanishi kerak, soliqlami me’yorida saqlash, yer ishlarini yaxshi bajarish, hammani o‘z vazifalarini bajonidil ato etishi zarur deyiladi («Xalqlar otasi» tushunchasining ibtidosiga e’tibor bering). Bu g‘oyalar Xitoydagi muhim iqtisodiy o'zgarishlar davriga to‘g‘ri keladi. Temir qurollar tufayli dehqonchilik va hunarmandchilik rivoj topdi, tovar-pul munosabatlari o‘sdi, savdo-sotiq kuchaydi. Sinfiy munosabatlar keskinlashdi. Shu sharoitda konfutsiylik ijtimoiy, ahloq va huquq doirasida tabiiy huquq nazariyasini ilgari surdi. Mamlakatdagi aristokratiya va xalq o'rtasida vujudga kelgan quldorlik va xususiy mulk himoya qilinadi. Konfiitsiy «buyuk jamoa mulki» (dehqonlar jamoasi) va xususiy egalik (quldorlar mulki)ni farqlaydi, so‘nggisini ko‘proq qo‘llaydi. Jamiyatning turli qatlamlari xudo tomonidan belgilanganligini ta’kidlaydi va uni tabiiy hoi, deydi. Boylikning manbayi mehnat bo‘lib, hokimlar boyligi xalq boyligiga asoslanadi. U xalq hisobiga quldorlar boyligi ortishi tarafdori edi, xalqni ko'proq ishlab, kamroq iste’mol qilishga chaqirdi. Syun-Tszi davlatning iqtisodiy jihatdan kuchayishi tarafdori edi, odamlaming boylikka intilishini qoralamagan (ular qonun asosida ish yuritishsa bas). Ammo inson bir vaqtning o‘zida ko‘p kasb egasi bo‘la olmaydi, degan fikr paydo bo‘ldi, ya’ni olim mehnat taqsimoti zarurligi g‘oyasini ilgari suradi (bu juda muhimdir). Davlatning iqtisodiy siyosati uchta asosiy tamoyilga asoslanishi kerak: 1. Xarajatlami iqtisod qilish, ya’ni tejab-tergab sarflash; 2. Xalq to'qligini ta’minlash; 3. Ortiqcha mahsulotlami saqlash zarurligi.
4-Platon (Aflotun) «Davlat» va «Qonunlar» asarlarida ideal davlat qanday bo‘lishi kerakligini ochib bermoqchi bo‘ldi. Uningcha, bu davrda xususiy mulk va erkin xo'jalik tashabbusiga o‘rin yo‘q. U aholini uch toifaga ajratgan: 1. Faylasuflar — davlatni boshqaruvchilar. 2. Harbiylar - davlatni boshqarish apparatining bir qismi bo‘lib, ular biror mulk egasi bo‘lish huquqiga ega emas, iste’mol qilish esa ijtimoiy xarakterga ega bo'lishi kerak. 3. «Qora» toifa — dehqon, hunarmand va savdogarlardan iborat bo‘lib, ular mulk egasi bo‘lishi kerak. Bu olimning mehnat taqsimoti, tovar, pul va savdogarlaming ajralib chiqishi o'rtasidagi aloqadorlik to‘g‘risidagi fikrini o'sha davr uchun buyuk kashfiyot deb baholash mumkin. Ammo Aflotun qulchilikka asoslangan natural xo'jalikni himoya qildi, pul funksiyasini muomala doirasidagina deb bilishga harakat qildi, pulni jamiyatdagi dushmanlikning bosh sababchisi deb bildi. U sudxo‘rlik operasiyalarini inkor etdi va baholami me’yorda saqlash yo‘li bilan savdogarlaming foydasini chegaralashni talab qildi. Aflotun qullami fuqarolar deb tan olmadi va ulami biror toifaga kiritmadi (demak, ular mulk egasi bo'lishi mumkin emas). Qullar mayda ishlab chiqaruvchilar va savdogarlar bilan birga 2- toifa ahlining cheklanmagan talab-ehtiyojlarini to‘la-to‘kis qondirishlari kerak edi. Shunday qilib, Aflotun o‘zining ideal, ya’ni bekam-u ko‘st davlatini barpo etar ekan, qulchilikni abadiy saqlash tarafdori edi.
5-Sharq mamlakatlarida feodal munosabatlar III-VIII asrlarda shakllana boshladi. Bu yerlarda pul, mehnat munosabatlari biroz yengillashdi. Davlat xususiy egalik va foydalanish uchun yer ajrata boshladi. Xususiy yer egaligining turli shakllari saqlangani holda davlat asosiy va unumdor yerning egasi sifatida, zarur paytda xususiy xo‘jaliklaming barcha ishlariga bemalol aralashish, yer solig‘ini yig'ish huquqini yo‘qotgan emas. Shu sababli Sharqda «davlat feodalizmi»ning turU shakllari saqlandi va iqtisodiy qarashlarda ham o‘z aksini topdi. Ilk feodal munosabatlar va shu davrdagi iqtisodiy g'oyalaming asosi Qur’oni Karimda (arabcha qiroat, ya’ni o‘qish) aks etgan (VII-VIII asrlar). VI asming oxiri-VII asming boshlarida Arabistonda feodal munosabatlaming shakllanishi tufayli yagona davlat barpo etishga da’vat kuchaydi. Bu harakat so‘nggi din - islomda o‘z aksini topdi. Islom ta’limoti payg‘ambarimiz Muhammad alaybissaUomga Alloh taolo tomonidan nozil qilingan Qur’oni Karimda mujassamlashgan. Qur’oni Karimdagi asosiy g'oyalardan biri barcha musulmonlaming qardoshligi bo‘lib, halol mehnat, dehqon va hunarmandlar mehnati ulug'landi, barcha boylik shu asosda paydo bo‘lishi uqtirildi. Bu muqaddas kitobda yozilishicha, Alloh taolo savdoga katta ahamiyat bergan, sudxo'rlikni, ya’ni ribo‘ (sudxo‘rlik foizi)ni harom qilgan, mulkning muqaddasligini, birovning mulkiga xiyonat va hatto hasad qilishni katta gunoh degan. Islomda jamiyatning tengsizligi taqdiri azaldan deb tan olinadi, ammo halollik va to‘g‘rilikka buyuriladi va yolg'on ishlatish, o‘g‘rilik va mehnatsiz daromad topish man qilinadi. Qarz olish va berish, merosni taqsimlash (4-sura, 8-oyat), yetim-yesirlarga muruwat, xayr-ehson qilish (3- sura, 128-oyat) haqidagi oyati karimalaridan kelib chiqadigan g'oyalar hamda soliq turlari va miqdori ham katta ahamiyat kasb etadi. Islom huquqshunosligida foyda miqdori 10 foiz qilib belgilangan (buni boshqa fikrlar bilan solishtiring).
6-Sharq iqtisodiy tafakkurining rivojlanishida arab mutafakkiri ibn Xaldun Abdurrahmon Abu Zayd (1332-1406)ning hissasi benihoya katta (Tunisda tugUlgan, Fes sultonida hattot-kotib bo‘lgan). Asosiy asari «Kitob-ul-ibar» («Ibratli misollar kitobi»-1370)da birinchilardan bo‘lib tarixiy ijtimoiy taraqqiyotning moddiy tamoyillarga asoslanishi haqida fikr yuritib, g‘arb olimlari Makiavelli, Monteskyega katta ta’sir ko‘rsatdi. Ibn Xaldunning bu asarining «Kitobi awal» qismida «inson jamoasining farqli tomonlarini: shotilik hokimiyati, odamlaming daromadlari»ni o'rganish asosiy vazifa qilib qo'yilgan. Olim: «Insonga xos bo'lgan jihatlarga yashash uchun mablag\ narsa topishga intilish, bu uchun mehnat qilish zaruriyati ham kiradi», - deb yozadi. Davlatning yashash davr va bosqichlari keltiriladi, u beshga bo'linadi. Mehnat qilinmasa, «bozor munosabati ham barham topadi». «Davlatning kuchi va qudrati, aholining soni boylik va farovonlikka bog‘liqdir», deb yozadi olim. Soliqlar zarurligi uqtiriladi, soliqlar yana aholining o‘ziga qaytib keladi. «Aholining boylik manbayini bozor va savdo munosabatlari tashkil etadi», deganda olim xuddi bugungi iqtisodiy g‘oyani qo'llab-quwatlaydi. Merkantilistik g'oya klassik maktab fikrlari bilan to'ldiriladi. «Savdogar moliga narx qo'yishda barcha sarfxarajatlami hisoblab, narx yozadi». Olimning bexosiyat, mevasiz daraxtlar ekishdan chetlanish haqidagi fikri ham qimmatlidir. Soliqlami faqat davlat, ayrim hukmdoriar foydasiga yig'ish jamiyat tanazzuliga olib kelishi aytiladi. Ibn Xaldun dastlab birgalikda «ishlab chiqarish» faoliyatiga katta e’tibor berdi, jamiyat moddiy qiymatlar «ishlab chiqaruvchilar» jamoasidan iborat deydi. U «Odamning kelib chiqishida mehnatning o‘t7«»ni ochib berishga harakat qilgan. Hunarmandchilik, fan va san’atning rivoji bevosita «mehnat unumdorligining o‘sishi» bilan bog‘liq deydi. «Oddiy» va «murakkab» mehnat farqlangan, mehnat bo'lmasa, buyum ham bo'lmas edi, degan muhim xulosalar chiqariladi. Uning fikrlarida, «zaruriy» va «qo'shimcha mahsulot», «zaruriy va qo‘shimcha mehnat» tushunchalari farqlanadi. U «tovaming iste’mol qiymati» va «qiymat» tushunchalarini ta’rifladi. «Oldi-sotdi bitimi asosida teng ayirboshlash qoidasiga amal qilinishi kerak, bunda sarflangan mehnatning teng yarmi ayirboshlanadi», «agar bu hunarmandchilik mahsuli bo'Isa - unga sarflangan mehnatga teng», «daromad qiymati esa sarflangan mehnat ushbu buyumning boshqa buyumlar ichida tutgan &mi va uning odamlarga zarurligi bilan belgilanadi». Bunda tovarlami tenglashtirish mehnatni tenglashtirish shaklida yuzaga chiqadi, ya’ni mehnatning roli va tovaming foydaliligi ham hisobga olinmoqda. U qishloq xo'jaligi va hunarmandchilik bilan birga savdoni hayot uchun tabiiy zarurat deb bilgan va fiziokratlardan ilgarilab ketgan. Tovar qiymatiga xomashyo qiymati, mehnat vositalari, oraliq tovar ishlab chiqaruvchilar mehnatining qiymati kiradi. U aytadiki, ayrim hunarlar boshqa hunarlami o‘z ichiga oladi: masalan, duradgor yog'ochdan ishlangan buyumlami, to'quvchi yigirilgan ipni ishlatadi va hokazo, ya’ni ishlab chiqarishning ijtimoiyligi isbotlab beriladi. Tovarpul munosabatlari tahlil etilgan, narxlar bozorga ohb chiqilgan tovarlar massasi (talab-taklif)ga bog‘liqhgi aytilgan. Nonga bahosini mo'tadil ushlab turish farovonlik manbayi ekanligi ko‘rsatiladi. Soliq tizimini tartibga solish kerakligi qayd etiladi; uningcha soUq pasayishi ijtimoiy hayotni yuksaltiradi. Bundan deyarli 600 yil awal bozor tushunchasiga izoh berilgan. Ibn Xaldunninig fikricha: «Bozor bu - hunarmandchilikni mukammallashtirish va mehnat unumdorligini oshirishning garovidir».
7-Qadimgi Hindistonda yaratilgan «Veda»larda ham bir qancha muhim iqtisodiy g‘oyalar keltirilgan. Respublikamiz olimlarining tadqiqotlariga ko‘ra, zardushtiylik (zoroastrizm) dinining (islomgacha) muqaddas kitobi bo‘lgan «Avesto» ya’ni «hayot yo‘riqnomasi» (asli «Ovasta») da ham muhim iqtisodiy fikrlar bayon etilgan. «Avesto» bo‘yicha turli tabiiy ofatlarga qarshi zaxira oziq-ovqatlar barpo qilish qo‘Uab-quwatlanadi (Konfutsiylik va boshqa ta’limotlarda ham bu g‘oya katta o‘rinni tutadi). «Avesto»ning yozilishi jihatidan keyingi daviga mansub fikrlarda, masalan, chorvadorlar hamkori Tim to‘g‘- risidagi afsonada «oltin asr»dagi mol-qo‘ylaming mo‘l-ko‘lligi haqida so‘z yuritiladi. Yimning xizmati ulug'lanib, kuchli sovuq, qor va suv to'fonidan hayvonlar va odamlami qutqarish uchun «varu» (qo‘rg‘on) qurdirib, unga suv o'tkazadi, mayda va yirik mollar, odamlar, it, qush, barcha o'simliklar urug‘i va yonib, porlab tuigan olovni keltiradi (Nuh payg'ambar bilan solishtiring). Odamlar uchun turaijoy, hayvonlar uchun molxonalar qurilgani aytiladi. «Avesto»ning 3-bobi (fargard) «Vandidot» bo‘lib, nisbatan keyingi davr voqealarini aks ettiradi. Unda, asosan, dehqonchilik va dehqon mehnati ulug'lanadi (awalgi boblarda chorva yetakchi edi). Endilikda ko'proq ekin ekiladigan, don, o‘t, mevali ekinlar o‘stiriladigan, suvsiz joylami sug‘oradigan, suvi ortiqcha yerlar quritiladigan (sug'orish bilan birga zax qochirish) joylar maqtaladi, hatto yerlarga ko‘p go‘ng solinishi, buning uchun esa ko'proq kichik va katta qoramollar boqish tavsiya etiladi. Bunda juda katta tabiiy mantiq borligi aniq ko‘rinib turibdi.
8-«Artxashastra» — m.av. IV-III asrlarda Hindistondagi siyosiy va iqtisodiy hayotni aks ettirgan. Ish haqi tushunchasi ish vaqti bilan ifodalangan.
Artxashastra» (m.a. IV-III asrlar oralig‘ida)dir (tom ma’nosi bo‘yicha ifoda, amaliy hayot to‘g‘risidagi fan, bu asar m.av. III-II asrlarda to'ldirilgan). Bu qadimiy va muhim tarixiy yodgorlikdir (u Chandragupta I podsholigi davrida podsho maslahatchisi Kautile Bishnugupta tomonidan yozilgan degan fikr bor). Unda qulchilikni mustahkamlash asosiy vazifa qilib qo‘yilgan. Qulchilik eng past tabaqalarga xos narsa deb sanaladi. Bu asarda «buyumning qiymati» muammosi ko‘tarilgan, qiymat miqdori «ish kunlari» bilan belgilangan, rag‘batlantirish esa mehnat natijalariga mos ravishda belgilanishi kerak, deyilgan. Bu asarda davlatni boshqarish bo'yicha takliflar berilgan bo‘lib, bir qancha iqtisodiy g‘oyalar ham ilgari surilgan. Masalan, unda mahsulotning bozor bahosi bilan uning tabiiy qiymati o‘rtasidagi farq aytilgan. Tovarga bo‘lgan ehtiyoj ortganda, uning bahosi qiymatdan oshib ketishi mumkin, deyilgan. Savdo bilan shug'ullanuvchilarga alohida urg‘u berilgan bo'lib, foyda masalasi ko'tarilgan, foydaning miqdori tovar bahosiga (boshqa harajatlar qatorida) qo‘shilib, mahalliy mahsulot uchun 5, chetdan kelgan tovarlar uchun 10 foiz (import o‘sha davrda ham afzal) qilib belgilangan
9-Qadimgi Rimdagi iqtisodiy g‘oyaIar Bu davrdagi olim va mutaxassislaming asarlarida bir qancha yangi iqtisodiy g‘oyalar ilgari surildi. Bu g‘oyalaming rivojiga e’tibor berilsa, quldorlik tizimining yemirilishi bilan unga bo‘lgan munosabat ham o‘zgardi. Katta Katon (m.av. 234-149-уШаг yirik yer egasi bo'lgan) «Dehqonchilik» nomli asarida u qullikka asoslangan natural xo‘jalikni himoya qildi. Katon o‘z talablarini o‘zi ta’minlovchi yoki iste’mol qiymati ishlab chiqaruvchi xo'jaliklami tan olar edi (natural xo‘jalik himoya qilinadi). U faqat oitiqcha mahsulotnigina sotish kerak, xo'jaUkda ishlab chiqarish mumkin bo‘lmagan narsalamigina sotib olish zarur, degan g‘oyani qo‘llaydi. U qul mehnati asosida xo‘jalikni yuritishning yangi uslublarini ham ishlab chiqdi. Bu davrda natural xo‘jalik bilan biiga bozor munosabatlari ham rivojlanayotgan edi. Bozomi qo‘llagan Katon, shu, bilan biiga yollanma mehnatga dushman bo'lgan. U qul mehnatini to‘g‘ri tashkil etishga alohida ahamiyat beradi. Bayram kunlari ish hayvonlariga dam berilgan holda, qullar ishlashga majbur etilgan. Kasallangan ho‘kiz davolangan, qulni esa «eski arava» sifatida sotib yuborish tavsiya etilgan. Dehqonchilikda qul mehnati tobora kam samarali bo‘layotganligini ko‘rgan Katon yaylov xo‘jaligini, keyinchalik savdo va sudxo‘rlikni qo‘llab-quwatlagan. Qiymatdan ortiq mahsulotni foyda deb bilgan va uni to‘la ravishda ishlab chiqarish xarajatlariga qo‘shgan (xato fikr). «Yuqori foyda olish uchun yuqori baholar kuni kelishini bamaylixotir kutish kerak», - deydi u. Dehqonlar qo'lidagi yerlar tortib olinib, yirik latifundiyalar vujudga kela boshladi, eridn Rim aholisi, dehqonlar va armiya soldatlari yeisizlandi. Bu holat yirik yer egalari - patritsiylar va dehqon-plebeylar o'rtasidagi qarama-qarshilikni kuchaytirdi, oxir-oqibatda aka-uka Grakxlarning agrar islohotiga sabab bo‘ldi. Ular yersiz yoki kam yerli dehqonlaming yirik yer egalariga qarshi kurashini himoya qildilar. Ammo bu ishni quldorlik tuzumini saqlagan holda va yirik yer egalarini cheklash yo‘li bilan hal etmoqchi bo'ldilar. Yer egalarining qo'lidagi yeming bir qismini kesib va davlat fondidagi yerdan foydalanib, kam yerli dehqonlardan ozod dehqonlar tabaqasi barpo etish ko‘zda tutilgan, eng muhimi, bu toifa quldorlaming ishonchli tayanchi bo'lishi kerak edi. Aka-uka Tiberiy va Gay Grakxlarning agrar islohoti bo‘yicha, davlat yeridan foydalanuvchilaming har biri 500 yuger (125 gektar), har o‘g‘li uchun 250 yuger, ammo bir oila uchun 1000 yugerdan ortiqcha yer olish taqiqlangan. Undan ortiq yerlar musodara qilingan va 30 yugerdan bo'linib, kambag‘al fuqarolarga berilgan, lekin bu yemi birovga sotish man etilgan. Bu qonun qabul qilindi, ammo uni amalga oshirishga yirik yer egalari va senat qarshilik qildi. Tiberiy Grakx m.a. 132-yilda ataylab o‘ldirildi. Gay (ukasi) Grakx m.av. 123-122-yillardabu islohotni amalga oshirish uchun ishni davom ettirdi, bir qancha demokratik o‘zgarishlami amalga oshirdi (Rimda arzon non sotish), oqibatda 80 ming fuqaro yer uchastkasi oldi. Islohot vaqtincha muvaffaqiyat keltirdi, m.av. 111 -yilda davlat yerlarini sotishga yo‘l berildi, yerlar xususiy mulkka aylandi (m.av. 121-yilda Gay ham jangda halok bo‘lgan). Quldorlik tuzumi inqirozga uchragan va tushkunlikka tushgan davrda rimlik agronomlar Yarron (m.av. 116-27) va Lyusiy Kolumella (I asr) lar quldorlik xo'jaligini ratsionallashtirish muammolarini ishlab chiqdilar. Shu bilan birga, olim va arxeolog bo'lgan Varron «Qishloq xo'jaligi to'grisida» degan kitobida bu sohaning ahamiyatiga katta o‘rin beradi, qishloqdan shaharga intilganlami qoralaydi. U dehqonchilik bilan chorvachilikni biiga rivojlantirishni ma’qul deb biladi. Varron ular o'rtasidagi «buyuk ittifoq» tarafdori edi. Buning asosiy sababi shundaki, Italiyada don nisbatan arzon edi, chorvachilikning foydasi esa ancha yuqori bo‘lgan. Shu bilan birga, Varronning fikricha, har bir xo‘jalik o‘z-o‘zini ta’minlashi kerak, u bozor munosabatlariga kam e’tibor qilgan, qullar ekspluatatsiyasi tarafdori bo‘lgan va ulami «gapiruvchi qurollar» deb bilgan. U qullaming siyosiy jihatdan xavfli ekanligini tushungan va bir millatga tegishli qullami ko‘p saqlamaslik kerak deb tavsiya etgan (chunki birlashib harakat qilishlari oson). Kolumella o‘zining qishloq xo‘jaligiga oid yirik asarida qullar mehnatining samarasi pastligini ta’kidlaydi. Uning fikricha, qullar yemi yaxshi ishlamaydUar, yer yuqori hosil berishi uchun qayg'urmaydilar. U erkin mayda ishlab chiqaruvchilaming mehnati qullamikidan yuqori bo'lishini isbotlab berdi, yirik quldorlik latifundiyalariga nisbatan mayda dehqonchilikni afzal deb hisobladi. Bu davrda yirik latifundiyalaming inqirozi aniq bo‘lib qoldi, rivojlanish faqat ekstensiv yo‘l bilan bordi, ya’ni hosil qo'shimcha yer hisobigagina oshdi. Qullar imkoni boricha yemi ishlamaslikka intilgan. Kolumella bunday yerlami erkin kolonlaiga bo‘lib berish yaxshiroq samara beradi, degan to‘g‘ri xulosaga keldi. Uningcha, mayda ishlab chiqarishga o‘tish kerak edi (hozirgi davrga solishtirib ko‘ring). Sitseron Mark Tulliy (m.av. Юб-43-уШаг) taniqli davlat arbobi va mashhur notiq bo‘lgan. U yashagan davrda davlat ancha markazlashgan bo‘lib, savdo-sotiq ancha o‘sdi, sudxo'rlik boyish manbayiga aylandi. U qishloq xo‘jaligini qo‘llagan holda (chunki bu soha bozor uchun ham mahsulot etkazar edi), yirik savdo va sudxrlikni boyish manbayi deb hisobladi. Demak, Sitseron boshqalardan farqli ravishda quldorlar bilan birga savdogar va sudxo‘rlaming manfaatini ham himoya qildi. Quldorlik tuzumining ichki qarama-qarshiligi tobora o‘sdi, qullar qo‘zg‘oloni ro‘y berdi. Tarixda Spartak boshchiligidagi (m.av. 73-71- yy.) qullar qo‘zg‘oloni katta ahamiyatga ega, u beayov bostirilgan bo‘lsa ham, tuzum zaminiga jiddiy zarba bo‘ldi. Lusiy Sergey KataUna (m.av. 63-62-yy.) kambag‘al aholi yordamida hokimiyatni egallamoqchi, qulchilikni yo‘q qilmoqchi va boyimoqchi bo‘ldi, ammo uning harakatlari ham zoye ketdi. Eramizning I-II asrlarida Rim imperiyasida nisbatan barqarorlik davri bo'ldi, lekin quldorlik ekspluatatsiyasining samarasizligi tobora ayon bo‘lib qoldi, kolonat o‘sdi. Aristotel g'oyalarida qulchilik tabiiy zarurat deyilgan bo‘lsa, endilikda bunga sharoit taqozosi tufayli kelingan, degan fikrlar yuzaga chiqa boshladi. Lusiy Anney Seneka (m.av.3-mil.65 yy.) qulchilikning siyosiy xavfini tushundi va qullar bilan yumshoqroq munosabatda bo‘lishni taklif etdi, ular ham tabiatan ozod odam ekanligini tan oldilar. Shu davrda kolonatga, krepostnoylikka o‘tish kuchaydi. Ana shunday bir paytda milodning I asrida (2-yarmida) yangi diniy mafkura - xristianlik vujudga keldi. Uning asosiy aqidalari Injilda berilgan. Oddiy xo'jalik faoliyati (mehnat) zarur va ulug‘ ish deb qaraladi. Dastlab qullar haq-huquqini himoya qilgan bu din, bu ahvoldan qutulish yo‘li yuqoridan, xudodan deb bilgan. 0 ‘sha davrda bu dinning boshqa dinlardan afealligi shu bo'ldiki, xalqlar o'rtasidagi etnik va ijtimoiy tafovutlar inkor etildi, din oldida hamma barobar deb e’lon qilindi. Keyinchalik bu din boshqa toifalar orasida ham tarqaldi. Dastlab xristianlik mulki umumiy bo‘lib, ekspluatatsiya inkor etilgan, odatda, sadaqa hisobiga kun ko‘rilgan. Birinchi xristianlar ta’qib ostiga olingan, ammo 325-yili Nikey Soborida xristianlikka Rim imperiyasining davlat dini maqomini berildi, oqibatda u quldorlik va bo'lajak feodal jamiyatining mafkurasiga aylandi. Milodiy yilning boshida ilk xristianlikning iqtisodiy g‘oyalari Avreliy Avgustin Bl^jenniy (353-430) asarlarida ham berilgan. U hammaning mehnat qilishi zarurligini, «ishlamagan tishlamaydi» (avliyo Pavelning fikri) g'oyasini ilgari surdi (sotsializmning asosiy tamoyilini eslang), dehqonchilik eng faxriy kasb ekanligini aytdi, savdoni esa faqat foyda, naf olish uchun qilinadigan ish deb qoraladi. Aqliy mehnatni jismoniy mehnat kabi baholash muhim edi. Qisqacha xulosalar Dastlabki iqtisodiy g‘oyalar insoniyatning paydo bo‘lishi bilan shakllangan, ammo bizgacha yetib kelganlari m.av. 2-mingyillikka to‘g‘ri kelib, ko'proq qadimiy Osiyo xalqlarining xo‘jalik faoliyatini aks ettiradi. Antik dunyoga ma’lum darajada amaliyotni nazariy umumlashtirish, abstraksiyalash oqibatida birinchi iqtisodiy mushohadalar, ayrim iqtisodiy tushunchalar, kategoriyalar shakllana boshladi. Qullikka asoslangan natural xo'jalik, ayniqsa qishloq xo‘jaligi qo‘llabquwatlangan, boylikning asosiy manbayi mehnat deb hisoblangan Hindistonda «buyumning qiymati»ni «ish kunlari» bilan belgilab, mahsulotning bozor bahosi bilan uning tabiiy qiymati o‘rtasidagi farq aytilgan, foyda masalasi ko'tarilib, uning miqdori cheklangan. Davlatning iqtisodga aralashuvi qo'llab-quwatlangan. Xitoydagi iqtisodiy g‘oyalar ancha rivojlangan bo‘Ub, tabiiy huquq nazariyasi ilgari suriladi, ularda mehnat taqsimoti, davlatning roli, xalq boyligi va hukmdorlar mulki o'rtasidagi bog‘lanish, iqtisod va qonun masalalariga tegib o'tiladi. Agar Osiyoda quldorlik ko‘proq patriarxal shaklda bo‘lsa, antik dunyoda u klassik ravishda ro‘y bergan, natural hunarmandchilik, dehqonchilik xo‘jaligi qo'llangan, ammo bu davr oxirida savdo, sudxo‘rlik ham qo'llabquwatlangan. Pulning asosan almashuv (Ksenofont jamg'arish) fiinksiyasi tan olingan. Mahsulot ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, boylik jamg‘arish zararli deb hisoblangan. «Ekonomika», «Xrematistika» tushunchalari kiritilgan, ular bir-biriga qarshi qo‘yilgan, qiymat kategoriyasi, tovarlaming almashuv tamoyillari (ilk yo‘nalish) keltirilgan, ammo buning mezoni (mehnat miqdori, foydalilik) aniq berilmagan. Rimda quldorlik yuksaldi, lekin tanazzulga ham uchray boshladi (Osiyoda feodalizm munosabatlari oldinroq ro‘y bergan). Qulchilikka munosabat o'zgardi, erkin sohibkorlik ustunligi oydin bo‘lib qoldi, dehqonchilik bilan chorvachilik, yirik savdo va sudxo‘rlik faoliyati qo‘llandi (Sitseron). Mayda ishlab chiqarishga o‘tish jarayoni, islohotlar (Grakxlar) yo'li boshlandi. Katon tomonidan foyda tushunchasi kiritilgan, ammo uni xato ravishda qiymatdan ortiq mahsulot deb bilgan. Qisqacha xulosa qilib shuni aytish mumkinki, bu davrdagi iqtisodiy g‘oyalarda natural xo'jalik (nobozor) konsepsiyalari asosiy hisoblanadi.
10-
Do'stlaringiz bilan baham: |