Dars rejasi.
Tashkiliy qism - 2 minut.
Nazorat ishi - 40 minut.
3. Uyga vazifa-3 minut
Darsning borishi
Tashkiliy qism. O'qituvchi darsning maqsad va vazifalarini tushuntiradi, savol-javob uchun savollarni, test sinovi uchun test topshiriqlarni tayyorlab qo'yadi.
Nazorat ishi.
O'qituvchi tomonidan avvaldan tuzib qo'yilgan test- topshiriqlar asosida test sinovi o'tkaziladi.
1. Elektr tokining bajargan ishi formulasini belgilang
A) A = I Ut B) A = mgh C) A = F∙S D) A = Rt
2. 1 k W soat necha Joul? A) 1000 B) 360000 J C) 1000000 J D) 3,6∙106 J
3. Cho’ntak fonari lampasining kuchlanishi 4 V. tok kuchi esa 0,25 A bo’lsa, lampadan o’tuvchi elektr toki 5 minutda qancha ish bajaradi?
A) 5 J B) 300 J C) 3000 J D) 4800 J
4. 2 Ω va 4 Ω li qarshilik zanjirga parallel ulangan. Zanjirning umumiy qarshiligini toping
A) 8 Ω B) 6 Ω C) 1,33 Ω D) 0,75 Ω
5. Xonadondagi elektr hisoblagichning oy boshida ko’rsatgan raqami 1350 oy oxirida esa 1450 bo’ldi. Xonadonda qancha elektr energiyasi sarflangan. (KW∙soatlarda)?
A) 100 B) 1000 C) 360000 D) 1000
6. “Tok urgan odamni tokdan ajratish uchun uning…… tortish kerak”. Gapni to’ldiring
A) qo’lidan B) oyog’idan C) bo’ynidan D) kiyimidan
Do'stlaringiz bilan baham: |