O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi: o‘zlashtirgan bilimlariga tayangan holda mustaqil ravishda o‘zining fizik bilimlarini rivojlantirish, turli didaktik topshiriqlarni bajara olish, o‘z xattiharakatini muqobil baholay olish.
DTS talabi: Atmosfera bosimi. Torrichelli tajribasini bilishi.
Dars turi: Yangi bilim berish..
Dars usullari: savol-javob,demonstratsiya
Dars materiallari:barometr,tajriba uchun materiallar.
Darsning borishi:
1. Tashkiliy qism.
O’quvchilarga bosim, atmosfera bosimi, tutash idish, Paskal yozilgan kartochkalar tarqatiladi va shu yozuvni topib birlashish taklif etiladi.
2. O’tilgan mavzuni so’rash
Uyga topshiriqlar tekshirilgandan so’ng savol-javoblar o’tkaziladi.
Savollardan namunalar
1. Suyuqlikning idish tubiga bergan bosimi nimalarga bog’liq?
2. Dengiz tubida nima sababdan odam skafandrsiz (havo berib turilsa ham) tura olmaydi?
3. Gidrostatik bosim nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |