– dars . Tanqidiy fikrlash – o’xshash tamoyil .
Tanqidiy fikrlash bo’limidagi keyingi savol turi – muhokamada berilgan mantiqiy tamoyilga o’xshash tamoyilni topish . Bu savol turi boshqalariga nisbatan qiyinroq bo’lishi mumkin . Chunki bu savol turida ko’proq matn ishlatiladi va natijada savolni tushunish , tahlil qilish va to’g’ri javobni aniqlash uchun ko’proq vaqt ketadi . Bu savol turida savolda berilgan muhokama matni qancha kattalikda bo’lsa , har bir javob tanlovi ham odatda shuncha kattalikda bo’ladi .
Bu turdagi savollarda sizdan muhokama ostidagi mantiqiy tamoyilni aniqlab , javoblardan huddi shunga o’xshash tamoyilni topishni talab qiladi . Bunda muhokamadagi va javoblarda keltirilgan muhokamalarning so’zlari , mazmuni bir xil bo’lmasligi mumkin, ammo ular tayangan mantiqiy tamoyil bir xil bo’lishi kerak .
Masalan:
Barcha akulalarning suzgichlari va barcha delfinlarning suzgichlari bor, shuning uchun ular o’xshashdir.
Yuqoridagi muhokamadagi holatda ishlatilgan tamoyilga o’xshash tamoyilni aniqlang .
Akula va delfinlar o’xshash , ammo ular juda ko’p farqlarga ega .
Barcha akulalarning tishlari bor, delfinlar akulalarga o'xshash, shuning uchun ularning tishlari bo'lishi kerak.
Ko'rshapalaklar va burgutlar o'xshash, chunki har bir ko'rshapalakning va har bir burgutning qanotlari bor.
Barcha itlarning ko'zlari va barcha mushuklarning ko'zlari bor.
Ba'zi kalamushlarda mo'yna va barcha sutemizuvchilarda mo'yna bor, shuning uchun kalamushlar sutemizuvchilardir.
Birinchi navbatda maxsus so'zlarni e'tibordan chetda qoldirib, muhokamaning umumiy tamoyilini aniqlashimiz kerak. Masalan akula, delfin, ko'rshapalak, kalamush kabi so'zlar savolni javobini topishda muhim emas.Bu turdagi savollarning javobini to'g'ri topishning eng yaxshi usul bu - muhokama ostidagi ma'nolar formulasini tuzib olishdir.
Formula tuzishda asosiy so'zlarga maxsus belgilash kitiramiz. akula = X suzgich = Y delfin = z
Barcha X da Y bor. Barcha Z da Y bor. Shuning uchun X = Z.
Bu formulani sonlar orqali quyidagicha tartibga solsa ham bo'ladi.
1.Barcha X da Y bor. 2.Barcha Z da Y bor.
Shuning uchun X = Z.
To'g'ri javob ham huddi shunga o'xshash mantiqiy formulaga ega bo'lishi kerak. Diqqat! Agar javobda mana shu elementlardan hammasi topilmasa, bu to'g'ri javob bo'la olmaydi. Keling muhomadagi tamoyilga o'xshash tamoyilni topishga harakat qilamiz.
С. Bu to'g'ri javob. Garchi formuladagi elementlar tartibi o'zgargan bo'lsa ham tamoyil bir xil. X (ko'rshapalaklar) va Z (burgutlar) o'xshash, chunki hamma X ning va hamma Z ning Y(qanoti) bor.
«Tarkibi shakarga boy ovqatlar iste'moli kattalarda qandli diabet boshlanishiga olib kelmaydi»- deyish noto'g'ri. Chunki shakarga boy ovqatlar insonning semirishiga olib keladi va semizlik insonda qandli diabet tezda rivojlanishiga moyil qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |