print(s)
Natija:
Bu satr. Bu uning davomi.
Shunga o’xshash:
print\ (s)
yuqoridagini o’zi
print(i)
Bo’sh joy (Отступы) Pythonda har bir qator boshidagi bo’sh joy muhim ahamiyatga ega.
Mantiqiy qator boshidagi bo’sh joy(пробелы и табуляции) shu mantiqiy qatorning bajarilish darajasini belgilaydi va amallarni guruxlashda katta ahamiyatga ega.
Bu shuni anglatadiki birgalikdagi amallar bir xil bo’sh joyga ega bo’lishlari kerak. Har bunday amallar to’plami blok deb nomlanadi. Keyingi darslarimizda bo’sh joylar qanchalar muhimligini misollar orqali ko’rishimiz mumkin bo’ladi.
Yodingizda saqlang! Noto’g’ri qo’yilgan bo’sh joylar xatolik yuz berishiga olib kelishi mumkin!
Misol uchun quyidagi dasturni whitespace.py fayliga yozing va python yordamida ishga tushiring:
i = 5
print(‘Qiymat ‘, i) # Xatolik! Bo’sh joy qator boshida print(‘Takroran, qiymat’, i)
Ishga tushirganingizda quyidagicha xatolik yuz beradi.
File “whitespace.py”, line 2 print(‘Qiymat‘, i) # Xatolik! Bo’sh joy qator boshida ^ IndentationError: unexpected indent E’tibor bering 2-qator boshida bitta probel mavjud. Python chop etgan xatolik shuni anglatadiki dastur sintaksisi noto’g’ri va qoidalar bo’yicha yozilmagan.
Bu shuni anglatadiki siz ixtiyoriy joyda amallar blokini boshlay olmaysiz (faqat asosiy dasturda ishlatiladigan blokdan tashqari).
Probel va tabulyatsiya belgilarini bo’sh joyda aralashtirib yubormang. Bo’sh joylar uchun bir tabulyatsiya yoki to’rtta probel ishlatishga harakat qiling.
Bu uslublardan birini tanlang va muhimi doimo shu tanlangan uslubni ishlatishga harakat qiling.
Ya’na bir muhim narsa shuki, tahrir qilayotgan dastur kodingizda qaysi uslub ishlatilgan bo’lsa, siz ham o’sha uslubni ishlating.
Operatorlar va ifodalar Dasturdagi ko’p amallar (mantiqiy qatorlar) ifodalardan tashkil topgan. Bunga oddiy misol: 2 + 3. Ifodani operatorlar va operandlarga ajratish mumkin.
Operator – bu biror amalni bajaruvchi va simvol yordamida yoki zaxiraga olingan so’zlar yordamida ifodalanadigan funksional.
Operatorlar qiymatlar ustida biror amalni bajaradi va bu qiymatlar operandlar deyiladi. Bizning xolatda 2 va 3 – bu operandlar.
Operatorlar Operatorlar va ularning qo’llanilishini qisqacha ko’rib chiqamiz. Misol uchun,
2 + 3 ifodani tekshirib ko’rish uchun interaktiv interpretatordan foydalanishimiz mumkin.