Savol va topshiriqlar
1. Lug'aviy sinonimlar nima?
2. Sinonimlar qatori (uya) deganda nimani tushunasiz?
3. Sinonimlar qatorida qanday so'z dominanta bo'ladi?
130- mashq. Matnni o'qib, undan sifat so'z turkumiga oid so'zlarni toping. Har bir sifatning yoniga uning sinonimlarini ham yozib boring.
Prezidentimiz aytganlaridek, «Amir Temur shaxsini idrok etish tarixni idrok etish demakdir. Amir Temurni ulug’lash tarix qa'riga chuqur ildiz otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, qudratimizga asoslanib, buyuk kelajagimizga ishonchimizni mustahkamlash demakdir.
132- mashq. Quyidagi ustunchalarni davom ettiring.
-
Sifat sinonimlar
|
Fe'l sinonimlar
|
Gavdali, jussali,
|
Gangimoq, dovdiramoq,
|
barvasta, norg'ul,
|
esankiramoq, kalovlanmoq,
|
barzangi
|
talmovsiramoq
|
133- mashq. Quyidagi so'zlarning sinonimlarini topib, ular ishtirokida gaplar tuzib yozing.
Ozod, rost, soqchi, mashaqqat, g'amgin, tanti, ittifoq, ayovsiz, asil, va'dalashmoq, vaqt, dang'illama, yorug', istamoq, ixlosmand.
134-mashq. Tilshunos olim A. Hojiyevning «O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati»dan misollar o'qing. Xotirangizda nechtasini eslab qoldingiz. Uni daftaringizga ko'chirib yozing.
USTOZLARNI HURMATLASH BAYONIDA
Har bir inson uchun o'z muallimini va ustozini e'zozlash, hurmat va ehtiromini ado qilish shartdir. Negaki, bu zotlar har qanday insonning ruhini tarbiyalaydi, ma'naviy boylik bilan to'ldiradi, har qanday ruhiy va maishiy kamchilik hamda illatlarni poklaydi, jaholat degan buyuk aybdan xoli va ozod qiladi.
Muallim va ustoz shunday zotki, u insoniyatni ilm bezagi bilan ziynatlaydi, ularga chiroyli va yoqimli fazilatlar bilan chiroy va oro beradi, tushuntirish bilan foydasiz narsalardan odamni xalos etadi, insonni haqiqiy komil inson darajasiga yetkazish bilan bilim xazinasini ularning qalblariga joylaydi.
Muallim va ustoz shunday zotki, u sening insonlik haq-huquqlaring nimadan iborat ekanini tushuntirib beradi, yaramas, yomon ishlardan qaytaradi va eng yaxshi ishlar va fazilatlar sari yo'l ko'rsatadi. Ular sening yuksakliging va kamolga yetishingni o'ylashib, hamisha jon kuydirishadi, el ichida o'ylab, butun kuch va imkoniyatlaringni ishga solishadi.
Muallim va ustozning vaqtlari qimmatli ekanligini bilib, aytganlariga diqqat bilan quloq sol. Bordi-yu, biror narsani tushunmay qolsang, odob va muloyimlik bilan qayta so'rashing zarur. Muallim va ustozing nima so'rasalar kulib turib, odob va ikrom bilan chiroyli so'zlarni saralab javob ber. Ilm maskanidan tashqarida yoki ko'cha-ko'yda ularni ko'rib qolsang ta'zim bajo qil, qo'lingni ko'ksingga qo'yib salom ber.
(Abduqodir Nuriy al-Barzanjiy)
Do'stlaringiz bilan baham: |