Asliy va nisbiy sifatlar
Narsalarning belgisini bevosita, to'g'ridan-to'g'ri ifodalay oladigan va belgini darajalab ko'rsata oladigan (ya'ni -roq qo'shimchasini qabul qila oladigan) sifatlar asliy sifatlar deb ataladi: kichik, yomon, aqlli, qora, oriq.
Narsalarning belgisini bevosita emas, balki o'rin yoki paytga nisbatan ifodalaydigan va ko'pincha daraja ko'rsata olmaydigan sifatlar nisbiy sifatlar deb ataladi. Bunday sifatlar yasovchi qo'shimchalar yordamida yasalgan bo'ladi: sharsimon, ko'chma, devoriy, yozgi, uydagi, oilaviy, toshkentlik.
Savol va topshiriqlar
1. Sifat deganda nimani tushunasiz?
2. Sifatlar sinonimiyasiga misoilar kelriring.
3. Sifatlar sinonimiyasining nutqda tanlanish imkoniyali haqida gapiring.
5-dars. SIFAT DARAJALARI VA SIFAT YASOVCHI
QO'SHIMCHALARNING USLUBIY XUSUSIYATLARI
Dars maqsadi: sifat darajalaridan o'rinli foydalanish ko'nikmasini hosil qilish.
R e j a:
1. Sifatlarda belgining darajalanishi haqida.
2. Sifatlarda belgining darajalanishini ifodalovchi vositalar.
Sifatlar belgini to'g'ridan to'g'ri (oq, ko'k kabi) yoki bir belgini qiyoslab, darajalab ko'rsatishi ham mumkin. Masalan, ko'kish, ko'kimtir, ko'm-ko'k, to'q ko'k, och ko'k va boshq. Bulardan ko'k belgini to'g'ridan to'g'ri ifodalab uning me'yorda ekanligini; ko'kish, ko'kimtir, ko'k belgining me'yordan kam ekanligini. ko'klik haqidagi tasavvurimizga yetmaganligini, ko'm-ko'k, to'q ko'k sifatlari esa belgining me'yordan ortiq, kuchli ekanligini bildiradi.
Odatda, sifatlarning uch darajasi ajratiladi: a) oddiy daraja; b) orttirma daraja; d) ozaytirma daraja.
Belgining ortiq-kamlik munosabati ifodalanmaydigan sifatlar oddiy darajadagi sifatlar sanaladi. Bunday sifatlarda maxsus daraja hosil qiluvchi vosita bo'lmaydi. Shirin, go'zal, oq, qora singari sifatlar oddiy darajaga mansubdir.
Belgining mo'ljaldan ortiqligini, kuchliligini bildirgan sifatlar orttirma darajadagi sifatlar hisoblanadi.
Bunday sifatlar 1. Oddiy darajadagi sifatlarning birinchi bo'g'inidagi oxirgi undoshning m yoki p undoshiga almashtirib yoki shunday undosh qo'shib sifat oldidan takrorlash orqali: ko'm-ko'k; sariq — sap-sariq, qiz.il — qip-qizil kabi:
2. Tarkibidagi birinchi yoki ikkinchi unlini cho'zish yo'li bilan: achchiq — a:chchiq, uzun — u:zun; chiroyli — chiro:yli kabi;
3. Sifat oldidan juda, g'oyat, nihoyatda, behad singari so'zlarni qo'shish yo'li bilan: yaxshi-juda (behad, g'oyat, nihoyatda) yaxshi kabi.
Belgining mo'ljaldan kamligini, kuchsizligini ifodalaydigan sifatlar ozaytirma darajadagi sifatlar hisoblanadi.
Bunday sifatlar quyidagi yo'llar bilan hosil qilinadi: 1) sifat oldidan sal, picha, ozgina, xiyol, biroz kabi so'zlarni keltirish yo'li bilan: to'la — sal to'la, achchiq — ozgina achchiq; 2) sifat oxiriga — roq. — (i)sh, (i)mtir qo'shimchalarini qo'shish orqali: sariq— sariqroq (sarg'ish, sarg'imtir) kabi.
Bular ichida — roq qo'shimchasi biroz, sal, ba 'zan nim, och so'zlari bilan sinonim bo'lib keladi. Shuning uchun ularni ko'pincha birining o'rnida ikkinchisini qo’llash mumkin bo'ladi. Masalan, qizilroq — sal qizil, biroz qiziil, och qizil kabi.
Do'stlaringiz bilan baham: |