O'quvchi: Mustaqil ishlashni o'rganadi. O'z fikrini ravon bayon qila oladi. O'rganilgan mavzu asosida qo'shimcha materiallar izlaydi, ularni o'rganadi. Do'stona muhitda, hamkorlikda ishlash ko'nikmasi shakllanadi.
Darsning borishi: Dars boshlangach, o'qituvchi topshiriq shartiga ko'ra yoziiv taxtasiga olma — olmalar, qalam — qalamlar, maktab — maktablar, suv — suvlar, uy — uylar so'zlarini yozib, ulardan narsalarning birdan ortiqligini ifodalovchi otlarni ajratishni topshiradi. Shu asosida o'quvchilar yangi mavzuga yo'naltiriladi. Ularni otlarning lug'aviy shakllarini aniqlashga doir javoblari quyidagicha umumlashtiriladi: Otlarning -lar qo'shimchasini olgan shakli ko'plik shakli, -lar qo'shimchasiz qismi esa birlik shakli sanaladi.