IV. Yangi mavzu bayoni. Bu bosqich «Ilmga sayohat» deb nomlanadi. «Ot va uning lug'aviy shakllari-2» nomli ko'rgazma sinf taxtasiga osib quyiladi. Ko'rgazmada berilgan topshiriqlarni bajarishdan oldin o'quvchilarga «Aqliy hujum» orqali quyidagi savollar bilan murojaat qilinadi.
Savol: So'zning asosi deganda nimani tushunasiz?
Qo'shimcha deb nimaga aytiladi? Ushbu savollarga javob olin-gandan keyin quyidagi: shodlik, sevinch, yupanch, o'kinch, borliq, emlash, uquv, suyunchi, targ'ibot, tashviqot, shaxsiyat, muvaffaqiyat kabi so'zlarni tarkibiy qismlarga ajratish topshirig'i beriladi.
N a m u n a: shodlik - shod - asos, -lik - yasovchi qo'shimcha, muvaffaqiyat, shaxsiyat so'zlari tarkibiy qismlarga ajratilmaydi. Topshiriq bajarib bo'lingach quyidagi yopiq testlarga javob beriladi.
Mavhum otlar qanday qo'shimchalar yordamida yasaladi? (Javob: -lik (-liq), -inch, -ch, -sh, -i, -v, (-uv), -garchilik, -chilik, -ot, -yat, -yot, -at).
Muvaffaqiyat, shaxsiyat, madaniyat, oriyat so'zlari nima uchun tarkibiy qismlarga ajratilmaydi (O'zlashgan so'zlar bo'lganligi uchun).
Xulosa sifatida quyidagi jadval o'quvchilar hukmiga havola qilinadi.
-lik (-liq)
-ch,
-inch
(-v)-uv
M avhum ot yasovchilar -chilik
Mustahkamlash. «Kim tez va to'g'ri topadi» o'yini tashkil qilinadi. O'qituvchi tomonidan grammatik topishmoqlar o'qib beriladi va o'quvchilar ularni izohlab javobini aytadilar.
Tozalik umringga umr qo'shadi, Yaxshilik qalblarga quvonch qo'shadi. Ikkisi bo'lsa doim odating, Shudir sening sharafing, saodating. Matnda qaysi so'zlar Bo'libdi mavhum otlar (javobi: tozalik, yaxshilik)
Mehnatsevarlik Bu - farovonlik. Odamsevarlik Bu - baxtiyorlik. Qanday so'z bular? O'ylab topaylik (javobi: mavhum otlar)
G'ayratliga hamrohman, Dangasadan yiroqman. Kim doim vaqtli tursa, Jismoniy mashqlar qilsa, Unga quwat beraman, Shodlik, quvonch beraman. Bunda ko'pdir ot so'zlar, Kim topib, topib so'zlar? Qavob: 5 ta mavhum ot)
Yigitlarga vazminlik,
Qizlarga bo'lsin ibo.
Donoga bag'rikenglik,
Yoshlarda bo'lsin hayo.
Qanday qo'shimchadir -lik,
Qanday so'z bag'rikenglik?
(javob: mavhum ot yasovchi, mavhum ot)
Tinchlik, o'qiylik, boy lik,
Kattalik, oylik, yillik.
Bor bunda bir necha -lik,
Ot yasovchi qaysi -lik.
(javob: tinchlik, boylik, kattalik kabi
so 'zlardagi -lik)
O'quvchilarni baholash. O'quvchilar tomonidan mavzuning o'zlashtirilganlik darajasini aniqlash uchun saylanma diktant olinadi.
N a m u n a:Donolar o'giti.
O 'n xislatni qo 'Idan bermaslik lozim: to 'g 'rilik, insof, muloyimlik, olim va fozillar bilan suhbat, qarilarga hurmat, kichiklarga shafqat, qanoatli bo 'lish, vafodorlik, iffat va adolat.
Ushbu diktant matni quyidagi mezonlar asosida baholanadi:Imloviy savodxonlik - 1 ball.
Aniq va mavhum otlarga ajrata olganligi - lball.Mavhum otlarni so'z tarkibi bo'yicha to'g'ri tahlil qilganligi -1 ball.5. Husnixati -lball.
Do'stlaringiz bilan baham: |