Asosiy tushunchalar
|
Mazmuni
|
Aniq nisbat
|
|
O'zlik nisbati
|
|
Majhul nisbat
|
|
Orttirma nisbat
|
|
Birgalik nisbat
|
|
(Ushbu jadval har bir o'quvchi tomonidan to'ldiriladi.) O'quvchilarning javoblarini tekshirish uchun tayyorlangan javoblar aks ettirilgan ko'rgazma yoki ma'lumot kiritilgan slaydlar namoyish etiladi.
Har bir o'quvchi o'z javoblarini tekshirib oladilar.
Yangi mavzuning bayoni: Yangi mavzuni o'rganish kichik (sodda) ertak matnini tahlil qilish bilan boshlanadi.
KICHIK ERTAK
SO 'ZLAR mamlakatining HARAKAT-HOLAT saltanatida FE 'L deb ataluvchi podshoh hukmronlik qilar ekan. Uning uch qizi va bir o'g'li bo'lib, kenja o'g'li SOF FE'Lni o'ziga valiahd qilib saylabdi. Uch qizidan birinchisini OT so'z turkumiga, ikkinchi qizini SIFAT so'z turkumiga,uchinchi qizini esa RAVISH so'z turkumiga turmushga beribdi. Ularning farzandlariga shoh FE'L ism qo'yishgajuda ko'p o'ylab, axiyri, OT va birinchi qizining farzandiga HARAKAT NOMI deb ism berib ularga -(i) sh, -moq, -(u)v shakllarini qo'shimcha qilib beribdi. Chunki unda ham otga xos, ham fe'lga xos xususiyat mavjud bo'lgan ekan. SIFAT va ikkinchi qizining farzandiga esa ham sifatga, ham fe'lga xos xususiyat mavjud bo'lganligi uchun SIFATDOSH deb ism berib va uiarga -gan (-kan, -qan), -ydigan, -(a)digan, (a) yotgan, -(a)r shakllarini qo'shimcha qilib beribdi.
Kenja qizi va RAVISHning farzandlariga uzoq o'ylanib RAVISHDOSH deb ism qo'yibdi. Bu nevarasi ham FE'L farzandlari bo'la turib, RAVISH bajargan vazifani bajara olardi. Chunki RA-VISHDOSHning -(i) b, -a//-y, -gancha (-kancha, -qancha), -gach (-kach, -qach), -guncha (-kuncha, -quncha), -gani (-kani, -qani, -gali) kabi qo'shimchalari ham mavjud ekan. Shu kunga qadar FE'L BOBOning bir o'g'li - SOF FE'L va uch nevaralari - HARAKAT NOMI, SIFATDOSH, RAVISHDOSH uning vazifa shakllari sifatida saltanatni boshqaribdilar
O'quvchilarning ertak mazmunini qay holda tushunganliklarini tekshirish uchun quyidagi savol bilan murojaat qilinadi.
Siz ushbu ertakdan qanday xulosa chiqardingiz?
Fe'l so'z turkumiga oid qanday atamalarni bildingiz?
Ularning vazifasi nimalardan iborat ekanligini bilib oldingizmi?
O'quvchilarning bergan javoblari o'qituvchi tomonidan umum-lashtiriladi.
Mustahkamlash: Darslik bilan ishlash. Bunda darslikda berilgan 2 ta mashq ham bajartiriladi, ya'ni ikkala mashqdan 3,4 ta gap ko'chirilib, undagi fe'l shakllari aniqlanadi.
Namuna: Alisheruygakirishibilanqolganlarjimbo'lishdi. Bu gapda fe'lning vazifa shakli sifatdosh (qolganlar) qatnashgan.
Uyga vazifa: «Sen» ham, «Siz» ham bir og'izdan chiqadi» mavzusida bog'lanishli matn tuzish.
“Tasdiqlayman” O’TIBDO’: __________________
Do'stlaringiz bilan baham: |