Kelgusi rejalar:
|
O'qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirish va darsda tatbiq etish, takomillashtirish, o'z ustida ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish.
O'quvchi: Mustaqil ishlashni o'rganadi. O'z fikrini ravon bayon qila oladi. O'rganilgan mavzu asosida qo'shimcha materiallar izlaydi, ularni o'rganadi. Do'stona muhitda, hamkorlikda ishlash ko'nikmasi shakllanadi.
|
Darsning borishi:
Dars "aqliy hujum", "kuzatish", "anglash", "hukm", mustahkamlash
kabi qismlardan iborat.
Dars 1-topshiriqqa oid quyidagi savolllar asosida "aqliy hujum" bilan boshlanadi. "Aqliy hujum" — o'quvchilarga o 'qi, keldi, qiziqadi fe'llariga -ma qo'shimchasini qo'shish topshiriladi. Natijada quyidagi so'zlar hosil bo'ladi: o 'qi-o 'qima; keldi-kelmadi; qiziqadi-qiziqmadi.
Hosil qilingan so'zlar doirasida o'qituvchi quyidagi savollar bilan "aqliy hujum"ni davom ettiradi:
1.Bu so'zlar qanday so'roqlarga javob bo'ladi?
2.-ma qo'shimchasini olmagan birinchi guruhdagi so'zlar bilanbu qo'shimchani olgan so'zlarning bir-biridan qanday farqlari bor?
Do'stlaringiz bilan baham: