1-dars. Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji



Download 2,95 Mb.
bet99/591
Sana28.06.2021
Hajmi2,95 Mb.
#103333
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   591
Bog'liq
6 sinf ona tili konspektkompetensiyal

Kelgusi rejalar:


O'qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirish va darsda tatbiq etish, takomillashtirish, o'z ustida ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish.

O'quvchi: Mustaqil ishlashni o'rganadi. O'z fikrini ravon bayon qila oladi. O'rganilgan mavzu asosida qo'shimcha materiallar izlaydi, ularni o'rganadi. Do'stona muhitda, hamkorlikda ishlash ko'nikmasi shakllanadi.


Darsning borishi:

O'tilgan mavzuni takrorlashga oid savollar:

1. Morfologiyabo'limida nimalar o'rganiladi?

2. To'plam deb nimaga aytiladi?

3. Tasnif deganda nimani tushunasiz?

4. Qo'shimchalar necha turga bo'linadi?

5. Shakl yasovchi qo'shimchalarning turlari nechta?

V. Yangi mavzu bayoni: Dars mavzuga oid 1-topshiriqni bajarish bilan boshlanadi. O'qituvchi topshiriq yuzasidan quyidagi savollarni beradi:

1.Quyidagi so'zlar qanday so'roqqa javob bo'ladi va qanday ma'noni anglatadi? bola, shirin, daftar, qalam, oq, o'qi, chiroyli, bormoq, Ahmad, men, gul, olmoq, siz.

2.Anglatgan ma'nolariga ko'ra so'zlarni qanday so'zlarga ajratish mumkin?

O'quvchilar savollar asosida topshiriq matnidagi so'zlarni so'rog'iga, anglatgan ma'nosiga ko'ra quyidagicha tasnif qiladilar:

1.Shaxsni bildiruvchi so'zlar: bola, Ahmad, men, siz.

2. Narsa-buyumni bildiruvchi so'zlar: daftar, qalam,gul.

3. Belgini bildiruvchi so'zlar: oq, chiroyli, shirin.

4.Harakatni bildiruvchi so'zlar: o 'qi, bormoq, olmoq kabi. 1-topshiriqni bajarishda hosil bo'lgan ko'nikma asosida 2-topshiriq bajariladi. O'quvchilar o'qituvchi yordamida berilgan so'zlarni jadvalga quyidagicha joylashtiradilar.

Buni «Kim zukko va chaqqon?» o'yini tarzida bajartirish ham mumkin.


Kim?

Nima?

Qanday?

Necha? Qancha?

Qaysi?

Nima qildi?

Salim

oltin

moviy

o'n,

o'sha

ishladi

tog'a

gilos

yashil

ming

bu

yozdi

So'ng quyidagi savollar asosida suhbat o'tkaziladi.

1. So'zlar qanday xususiyatlariga ko'ra bir-biridan farqlanadi?

2.Qanday xususiyatlariga ko'ra umumiylik kasb etadi?

3. So'zlarni tasniflashda, guruhlarga ajratishda qanday xususiyatlarga asoslaniladi?

O'qituvchi o'quvchilarning javoblarini umumlashtiradi va so'z turkumlari haqida quyidagilarni bayon etadi.

So'zlar o'zi anglatgan lug'aviy ma'nosi, so'rog'iga ko'ra bir-biridan farqlanadi. Ayrim so'zlar ma'nosi, javob bo'ladigan so'rog'ining bir xilligiga ko'ra umumiylik kasb etadi. So'zlarning so'rog'i va qanday umumlashgan ma'no ifodalashiga ko'ra guruh­larga bo'linishi so'z turkumlari hisoblanadi. Demak, tildagi so'zlar ma'nosi va so'rog'iga ko'ra so'z turkumlariga bo'linadi.

Mustahkamlash:

So'ng o'qituvchi «Siz qanday so'z turkumlarini bilasiz?» savoli asosida suhbatni davom ettiradi va 90-mashq shartiga ko'ra o'quvchilarso'zlarga mos so'roq beradilar, ma'nosini aniqlaydilar va turkumlarga ajratadilar.

N a m u n a: U akalari bilan ariq qazib, suvsiz cho'lga suv chiqaribdi. (Ertak) otlar: akalari, cholga, suv kabi.



91-mashq. «Kim tez va to'g'ri bajardi?» musobaqasi tarzida bajartiriladi. O'qituvchi o'yinda mashq topshirig'iga ko'ra so'zlarga so'roq berib, ularni guruhlash lozimligini tushuntiradi va yozuv taxtasiga quyidagi jadvalni chizadi. To'rt o'quvchini chiqarib, har biriga berilgan so'zlarni so'roqlarga mos tarzda jadvalga joylashtirishni topshiradi. O'yin shartiga ko'ra savolga javob bo'luvchi so'zlar guruhini tez va to'g'ri aniqlagan o'quvchi g'olib hisoblanadi.

Kim? Nima?

Qanday? Qanaqa?

Necha? Qancha? Nechanchi?

Nima qildi? Nima qilmoqchi?

tabiat

harakatchan

minglarcha

suhbatlashmoq

92-mashqdagi hikmatli so'zlar o'quvchilarning daftariga yozdiriladi va yuqorida keltirilgan o'yin tarzida so'z turkumlariga ajratiladi.

N a m u n a: Olimlarning xizmati mangu qoladi.

O'quvchilar bilimini baholash.

O'quvchilarning faolligi, uy vazifasini to'g'ri va aniq bajarishi dars davomida berilgan savollarga javoblari inobatga olinib baholanadi.

Darsni yakunlash va uyga vazifa berish.

93-mashq shartiga ko'ra «Ilm - tuganmas xazina» mavzusida matn tuzish, undagi so'zlarni turkumlarga ajratish topshirig'i beriladi.
Tasdiqlayman” O’TIBDO’: __________________


27-dars. FE'L

DARSNING TEXNOLOGIK XARITASI




Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   591




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish