1-dars. Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji



Download 2,95 Mb.
bet95/591
Sana28.06.2021
Hajmi2,95 Mb.
#103333
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   591
Bog'liq
6 sinf ona tili konspektkompetensiyal

Kelgusi rejalar:


O'qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirish va darsda tatbiq etish, takomillashtirish, o'z ustida ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish.

O'quvchi: Mustaqil ishlashni o'rganadi. O'z fikrini ravon bayon qila oladi. O'rganilgan mavzu asosida qo'shimcha materiallar izlaydi, ularni o'rganadi. Do'stona muhitda, hamkorlikda ishlash ko'nikmasi shakllanadi.


Darsning borishi:

Darsda botanika, zoologiya, fizika va geografiya fanlari bilan hamkorlik qilinadi.

Dars quyidagicha so'zlar asosida lug'at diktant yozdirish bilan boshlanadi: rostgo'ylik, halollik, mehnatsevarlik, haqgo'ylik, hamiyatli, axloqli, farosatli, fahmli.

Lug'at diktant imloviy jihatdan tekshiriladi, o'quvchilarga xatolari yuzasidan ko'rsatma va topshiriqlar beriladi. So'ng o'qituvchi lug'at diktant asosida quyidagi savollar bilan suhbat uyushtiradi:

1Insonga xos xususiyatlar, xislatlar jami nima deb ataladi?

2.Mazkur fazilatlar kimlarga xos?

3.Shunday fazilatlarning o'zida mujassam etganlar qanday kishilar hisoblanadi?

O'quvchilar mazkur xislatlar jami fazilat deb atalishini aytadilar. O'qituvchi fazilat (arabcha) ijobiy xislat, yaxshi sifat va xususiyatlarjami ekanligini tushuntiradi va yuqorida keltirilgan, ikkinchi savolni beradi. Ular bunday fazilatlarga ega inson komil inson, odobli va yaxshi inson hisoblanishini aytadilar. O'qituvchi ularni shunday fazilatlarni egallashga chaqiradi hamda xuddi shu fazilatlar kabi hayotdagi hamma narsa, voqea-hodisalar guruhlanishini uqtiradi.

So'ng 1-topshiriqdagi berilgan narsalarning nomlarini bildiruvchi so'zlar guruhlarga ajratiladi, bunda asosga olingan belgi-xususiyatlar, tomonlar aniqlanadi. Buni o'qituvchi quyidagi yo'naltiruvchi savollar asosida amalga oshiradi:

1Rasmda qanday narsalar tasvirlangan?

2Mazkur narsalarni qanday guruhlarga ajratish mumkin?

3.Guruhlashda ularning qaysi o'xshash tomonlari e'tiborga olinadi?

Darslikdagi 2-topshiriqdagi rasmda berilgan daraxtlarning nomlari ham xuddi shu tarzda guruhlanadi. O'quvchilar shu o'rinda o'qituvchining "Daraxt nima?" — deyabergan savoligajavob sifatida quyidagilarni aytadilar:

Tana qo 'yib, shox va novdalar chiqarib, lomir oiib o 'sadigan ko 'p yilliko'simlikdaraxtdeyiladi. Daraxtlar nomlari nicva hciish vabermasligiga ko'ra quyidagicha guruhlanadi:

1.Mevali daraxtlar: olma, nok, okha, shaftoli.



2.Mevasiz daraxtlar: terak, chinor, sada, tol kabi.

So'ng o'qituvchi o'quvchilarni mavzuga oicl nazariy xulosalarga olib kelish uchun quyidagi savollarni beradi,

1. O'rganish uchun olingan turli narsa, voqea hodisalar yig'indisi nima deyiladi?

2. To'plamni o'xshash va farqli bclgilar asosula ichki guruhlarga bo'linishi nima deb ataladi?

O'qituvchi o'quvchilarning javoblarini to'ldirib (quyidagilarni bayon etadi: Mana siz ona tili, fizika, botanika, tarix, geograflya, matematika, zoologiya fanlarini o'rganayapsiz. Ana shu fanlarda o'rganish uchun olingan turli narsa, voqea-hodisalar yig'indisi to'plam deyiladi. To'plam guruhlarga bo'linadi. Biror umumiy belgi, xususiyat va sliu kabilarga ko'ra birlashgan narsalar, hodisalar turkumi, majmui guruh hisoblanadi. Masalan,

botanika fanida o'simliklar xuddi shu tarzda o'rganiladi. Birgina ra'nodoshlar oilasiga 3000 ga yaqin turdagi daraxt, buta va ko'p yillik o'tlar kiradi. Ular o'z ichida 120 turkumga, guruhga bo'linadi: tobulg'a, na'matak, olma, olxo'ri, nok, shaftoli, maymunjon kabi. O'z navbatida guruhlar turlarga bo'linadi.

To'plamni o'xshash va farqli belgilar asosida ichki guruhlarga bo'lish tasnif deyiladi. Har qanday fanning asosini to'plam va tasnif tashkil etadi. Inson borliqdagi narsalar va voqea-hodisalarni guruhlarga ajratish — tasniflash asosida o'rganadi.

So'ng o'qituvchi o'quvchilar bilan quyidagi savollar asosida mustahkamlash suhbatini uyushtiradi:

1Siz o'zingiz o'rganayotgan qaysi fanlardan to'plam va tasnifga misollar keltira olasiz?

2.O'quv qurollari deganda nimalarni tushunasiz?

3.O'quv qurollari to'plami qanday guruhlarga bo'linadi?

4.Guruhlur qanday o'xshash va farqli belgilarga ega? O'quvchilar fizika, matematika, botanika, geografiya fanlaridanto'plam va uning tasnifiga doir misollar keltiradilar. Daftar, ruchka, qalam, chizg'ich, o'chirg'ich, kundalik daftar kabi o'quv qurollarining o'xshash va farqli jihatlarini aniqlaydilar.

Shundan so'ng o'quvchilargarasmli kartochkalar tarqatiladi va "Kim tez va to'g'ri tasniflaydi?" o'yini o'tkaziladi. Ular qo'llaridagi rasmda tasvirlangan narsalar doirasidato'plam hosilqiladilarvauniguruhlaydilar.

Mustahkamlash uchun berilgan 85-, 86-, 87-mashqlarni ham musobaqa tarzida bajartirish maqsadga muvofiq.

86-mashqdagi matnda berilgan bolalar o'yinlari to'plami o'ynalish vaqtiga ko'ra quyidagicha guruhlanadi:

1.Kechki o'yinlar: "Kurash", "Bekinmachoq" kabi;

2.Kunduzgi o'yinlar: yov-yov, o'q, yong'oq o'yini kabi.

Dars so'ngida 89-mashq topshirig'iga ko'ra "O'zbekistonning qazilma boyliklari" mavzusida matn tuzish va undagi so'zlarni guruhlash uyga vazifa qilib beriladi.


Tasdiqlayman” O’TIBDO’: __________________

Download 2,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   591




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish