1-dars. Mavzu: O'zbekistonda davlat tili va boshqa tillarning rivoji
6 sinf ona tili konspektkompetensiyal
Darsning borishi: Uyga vazifani so'rash: O'quvchilar tomonidan 327-mashq shartiga ko'ra «Tong» mavzusida tuzib kelingan matn o'qitiladi. N a m u n a: 1-variant. Tong. Tonggi shudring, tonggi shabada, tonggi shabnam - soflik ramzi. Quyosh nurlarining porlab turishi hayotning yer yuzida davom etayotganidan darak beruvchi elchidir. Maysalaming, gullarning, barglarning ustiga tushgan shudring tomchilari olmos kabi yaltirab, ko'ngilni shod etadi. Tongdagi qushlarning chug'urlashi musiqaday jarangli. Gul yuziga tushgan quyosh zarrin nurlarining salom berishini nafis gul yaproqlari quvonch ila o'z bag'riga olmoqda. Saxiy quyoshning ufqdan bosh ko'tarishini xohlayotgan jamiki mavjudotlar intizorlik bilan kutgan soniyalar keldi. Tongda aks etgan soflik, beg'uborlik, ezgulik, poklik hayotning naqadar go'zal va zavqli ekanligini bildiradi. 2-variant Ufq osmonida tortilgan mato qip-qizil rangga bo'yaldi. So'ngra musawir - Quyoshning o'zi chiqib keldi. Tong olam bozoriga allaqachon zebi-ziynatlarini yoygach, savdo qilish uchun chiqqan do'kondor, saxiy quyosh o'z o'rniga o'tiradi. O'quvchilar matnni diqqat bilan eshitib, matnda keltirilgan sifatlarni eslab qolishga harakat qiladi. Matnni tuzishda ijodkorlik bilan badiiy so'z san'atidan mohirlik bilan foydalana olgan va matndagi sifatlarni yaxshi eslab qolgan o'quvchilar rag'batlantiriladi. Aqliy hujum. Sinf o'quvchilari guruhlarga bo'linadi, o'tilgan mavzular yuzasidan har bir guruhga 2 tadan savol beriladi. Savollar quyidagicha bo'lishi mumkin: 1-guruhga: 1. Qanday so'zlar sifat so'z turkumiga oid boiadi? 2. Sifatlar gapda qanday gap bo'lagi bo'lib keladi? 2-guruhga: 1. Sifatlar qaysi so'z turkumiga bog'lanadi? 2. Mustaqil so'zlar bilan yordamchi so'zlar qanday farqlanadi? 3-guruhga: 1. Sifatlar qanday so'roqlarga javob bo'ladi? 2. Sifatlarning qanday ma'no turlarini bilasiz? 4-guruhga: 1. Qanday so'z yasovchi qo'shimchalarni bilasiz? 2. So'z yasovchi qo'shimchalarning vazifalari nimadan iborat? 5-guruhga: l.So'z tarkibi nimalardan iborat bo'ladi? 2. Qo'shimchalar vazifasiga ko'ra necha turga bo'linadi? Guruhlarning bergan javoblari umumlashtiriladi va guruh a'zolari rag'batlantiriladi. Shu tarzda o'tilgan mavzu takrorlanib olinadi.
Download 2,95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024 ma'muriyatiga murojaat qiling |
kiriting | ro'yxatdan o'tish Bosh sahifa юртда тантана Боғда битган Бугун юртда Эшитганлар жилманглар Эшитмадим деманглар битган бодомлар Yangiariq tumani qitish marakazi Raqamli texnologiyalar ilishida muhokamadan tasdiqqa tavsiya tavsiya etilgan iqtisodiyot kafedrasi steiermarkischen landesregierung asarlaringizni yuboring o'zingizning asarlaringizni Iltimos faqat faqat o'zingizning steierm rkischen landesregierung fachabteilung rkischen landesregierung hamshira loyihasi loyihasi mavsum faolyatining oqibatlari asosiy adabiyotlar fakulteti ahborot ahborot havfsizligi havfsizligi kafedrasi fanidan bo’yicha fakulteti iqtisodiyot boshqaruv fakulteti chiqarishda boshqaruv ishlab chiqarishda iqtisodiyot fakultet multiservis tarmoqlari fanidan asosiy Uzbek fanidan mavzulari potok asosidagi multiservis 'aliyyil a'ziym billahil 'aliyyil illaa billahil quvvata illaa falah' deganida Kompyuter savodxonligi bo’yicha mustaqil 'alal falah' Hayya 'alal 'alas soloh Hayya 'alas mavsum boyicha yuklab olish |