Mavzuga oid tayanch tushunchalar:
|
Narsa otlari, arslon,boychechak, sho 'rva, quyosh, ko'ylak, do'ppi,
ketmon, bolta
qozon, qoshiq
|
Maqsad va vazifalar:
|
Maqsadlar:
Ta`limiy: 1 O'quvchilarga narsa otlari yuzasidan bilim berish.
Tarbiyaviy: O'quvchilarda tabiatga muhatbbat uyg'otish, ularga ekologik va mehnatsevarlik tarbiyasini berish.
Rivojlantiruvchi : O'quvchilarda til hodisalarini qiyoslash asosidu xulosalar chiqarish ko'nikmasini shakllantirish,.
Vazifalar:
- o'quvchilarda mavzuga nisbatan qiziqish uyg'otish;
-ularda mavzu asosida bilim va ko'nikmalarni shakllantirish,kengaytirishga erishish;
- mavzuga oid berilgan savollarni o'quvchilar tomonidan guruh holatida o'zlashtirib olishlari hamda berilgan topshiriqlarni qay darajada o'zlashtirganliklarini nazorat qilish;
- ularning bilimini baholash.
|