Kelgusi rejalar:
|
O'qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirish va darsda tatbiq etish, takomillashtirish, o'z ustida ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish.
O'quvchi: Mustaqil ishlashni o'rganadi. O'z fikrini ravon bayon qila oladi. O'rganilgan mavzu asosida qo'shimcha materiallar izlaydi, ularni o'rganadi. Do'stona muhitda, hamkorlikda ishlash ko'nikmasi shakllanadi.
|
Darsning borishi:
Dars tashkil etilgach, o'qituvchi mavzuga oid topshiriq asosida tayyorlangan tarqatmalar vositasida o'quvchilarga dala, saroy, ishchi, ijodkor, yo'lsoz, paxtakor, aravasoz, tilshunos, g'azalxon kabi so'zlarni tarkibiy qismlarga ajratish va ma'nolarini izohlashni topshiradi.
O'qituvchi o'quvchilarning topshiriqni bajarish jarayonida bildirgan fikr-mulohazalarini umumlashtirib, quyidagi jadval asosida qo'shimchalarning ma'nosi haqida ma'lumot beradi:
Shaxs otlari yasalishi
|
Qo'shimchalar
|
Shaxs otlari
|
-chi, -soz
|
ishchi, aravasoz
|
-kor, -shunos
|
ijodkor, tilshunos
|
-xon, -dosh
|
bedilxon, quroldosh
|
-voz, -boz
|
kaptarvoz, majlisboz
|
Shaxs otlarining bir guruhi asosga-chi, -kor, -xon, -dosh, -boz (-voz), -vchi yasovchi qo'shimchalarini qo'shish yordamida yasaladi. –vchi qo'shimchasi I unlisi bilan tugagan fe'llarga qo'shilganda, I unlisi u tarzida, a bilan tugagan fe'llarga qo'shilganda, a unlisi o tarzida talaffuz qilinadi va shunday yoziladi. Shuningdek, -lik qo'shimchasi joy bildiruvchi turdosh va atoqli otlarga qo'shilib, shaxsni shu hududga mansubligini bildiradi. Atoqli otlarga qo'shilgan-lik qo'shimchasi atoqli otni turdosh otga aylantiradi va kichik harf bilan yoziladi.
307-mashq"Topqirlar va zukkolar bahsi" o'yini asosida bajariladi. Guruhlar shaxs otlarini topib, ularning yasalishini va imlosini tushuntiradilar.
Namuna: Shayxontohurda baqqollar, sartaroshlar, zargarlar juda serob. (Oybek). Zargarshaxsoti-garshaxsotiyasovchiqo'shimchasivositasidazarotidanyasalgan, tillabuyumlaryasovchishaxsnibildiradi.
308-mashqda shaxs otlari aniqlanib, tub va yasama otlarga ajratiladi, imlosi izohlanadi.
Namuna: Yaxshilikka yomonlik deganlari shu ekan, — u bu gapni mirobga qarab aytdi. (N.Normatov). Bu gapdagi, mirob tub otdir.
309-mashq shartiga ko'ra o'quvchilar uch guruhga ajratiladi va ularga berilgan qo'shimchalar vositasida shaxs otlari yasash topshiriq qilib beriladi. Mashqni"Kim chaqqon va zukko?" o'yini tarzida bajartirish yaxshi samara beradi.
O'quvchilarga mehnatsevarlik tarbiyasi beriladi, kasbga yo'naltiriladi.Namuna: 1 -guruh: -chi— to 'quvchi, tikuvchi.Mashq bajarilgach, darslikdagi savol va topshiriqlar o'quvchilar tomonidan mustaqil bajariladi. Shu tarzda mavzu mustahkamlanadi.
310-mashqqa ko'ra "Duradgorlik (chevarchilik) ustaxonasida" mavzusida matn tuzish uyga vazifa qilib beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |