Kelgusi rejalar:
|
O'qituvchi: Pedagogik texnologiyalarni o'zlashtirish va darsda tatbiq etish, takomillashtirish, o'z ustida ishlash. Pedagogik mahoratni oshirish.
O'quvchi: Mustaqil ishlashni o'rganadi. O'z fikrini ravon bayon qila oladi. O'rganilgan mavzu asosida qo'shimcha materiallar izlaydi, ularni o'rganadi. Do'stona muhitda, hamkorlikda ishlash ko'nikmasi shakllanadi.
|
Darsning borishi:
O'qituvchi mazkur darsni noan`anaviy tarzda yozuvning inson hayotidagi o'rni haqidagi hikmat va chiroyll xatosiz yozishga oid ibrat sabog'i bilan boshlaydi. Hikmat va ibratga oid matnlarni ifodali o'qib eshittiradi va mazmun-mohiyatini hayotiy dalillar asosida tushuntiriladi.
Hikmat: Yozuv-ilmning yarmi.
Ibrat: Zahiriddin Muhammad Bobur o'g'li Humoyunga quyidagicha maktub yozadi: "Xating xud tashvish bila o'qusa bo'ladur, vale asmu mug'laqdur (juda chalkashdir). Nasri muammo hech kishi ko'rgan emas. Imlong yomon emas.Iltifotni to bila bitibsen, qulunjni yo bila bitibsen. Xatingni xud har tavr qilib o'qusa bo'ladur, vale bu mug'laq alfozingdin (chalkash so'zlar) maqsad tamom mahum bo'lmaydur (tushunmaydi). G'olibo xat bitarda kaxilliging (bo'shliging) ham ushbu jihattindir. Takalluf (hashamat, bezak) qilay deysan, ul jihatdin mug'laq bo'lur, din nari betakalluf va ravshan va pok alfoz (til) bila biti, ham senga tashvish ozroq bo'lur va o'qig'uvchiga. ("Boburnoma”dan)
Hikmat va "Boburnoma"dan olingan parcha asosida o'qituvchi o'quvchilarga yozuv va imloning ahamiyatini, xat yozish odobini tushuntiradl. So'ngra o'qituvchi o'quvchilarni Qonun matni bilan tanishtiracli. Darslikdagl mavzuga oid savollar asosida suhbat uyushtiradi, respublikaning har tomonlama kamol topishini va jahon aloqa tizimiga kirishi-nijadallashtirilh maqsadlda lotin yozuviga asoslangan o'zbek alilbosi joriy etilayotganini daliilar asosida tushuntiradi.
O'zbek allfboil "Kim tez va to'g'ri ayta oladi?" musobaqasi tarzida ayttiriladl. Shu o'rinda alifboni noan'anaviy teskari tarzda ayttirib ko'rish, alifbo asosida "So'zlar zanjiri" o'yinini o'tkazish ham yaxshi natija beradi.
N a m u n a : So'zlai zanjiri: adib- bod- de -eg -goh — huzur kabi.
"So'zlar zanjiri" o yini allfbodagi harflarga asoslangan bo'lib, berilgan bir so'zning oxirgi harfibilan boshlanuvchi so'z aytiladi va o'yin shutarzda davom ettiriladi. O'yin o'quvchilarning so'z boyligini boyiladi, izlanishga, ijodkorlikka o'rgatadi va ularning xotirasida alifboni mustahkamlaydi. Keyin o'qituvchi "O'zbek alifbosi tavsifi" nomli ko'rgazma asosida o'quvchilarni fikrlashga da'vat etadi va ularning alifboga tavsif berishlarini so'raydi.
Yangi o'zbek alifbosining tavsifi va tasnifi
|
Harflarning turlari
|
Bosma
|
Kichik harflar:
a b d e f g h I j k l m n o p q r s t u v x y z o' g' sh ch ng
|
|
|
Bosh harflar:
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z 0' G' Sh Ch Ng
|
|
Yozma
|
Kichik harflar:
a b d e f g h i j k l m n o p q r s t u v x y z o' g' sh ch ng
|
|
|
Bosh harflar:
A B D E F G H I J K L M N O P Q R S T U V X Y Z O' G' Sh ChNg
|
Yozma kichik harflarning yozilishiga ko'ra turlari
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |