Uslub: Ma'ruza va amaliyotning uyg'unligi.
Shakl: Savol-javob. Jamoa va kichik guruhlarda ishlash.
Vosita: Elektron resurslar, darslik, plakatlar; tarqatma materiallar.
Usul: Tayyor prezentatsiya va slayd materiallari asosida.
Nazorat: Og'zaki, savol-javob, muhokama, kuzatish.
Baholash: Rag'batlantirish, 5 ballik reyting tizimi asosida.
Kutiladigan natijalar
|
O`quvchilar wordda jadval joylashtirish, word jadvali ustida amallar bajarish, jadvalda formatlashni bajarish haqida tushunchaga, bilim va malakaga ega bo`ladilar
|
Kelgusi rejalar (tahlil, o'zgarishlar)
|
O'qituvchi o'z faoliyatining tahlili yoki hamkasblarining dars tahlili asosida keyingi darslariga o'zgartirishlar kiritadi va rejalashtiradi.
|
Darsning borishi va vaqt taqsimoti
|
Dars bosqichlari
|
Vaqt
|
1
|
Tashkiliy qism
|
3 daqiqa
|
2
|
O'tilganlarni takrorlash
|
7 daqiqa
|
3
|
Yangi mavzu ustida ishlash
|
14 daqiqa
|
4
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
13 daqiqa
|
5
|
Uyga vazifa
|
daqiqa
|
I.Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, fan yangiliklari bilan tanishish, kompyuterlarni ishchi holatida ekanligini aniqlash.
II. O`tilgan mavzuni so`rab baholash..
III. Yangi mavzu bayoni
Reja:
1. Jadval haqida tushuncha
2. Wordda jadval joylashtirish
3. Word jadvali ustida ba`zi amallar
4. Jadvalda formatlash
Ixtiyoriy jadval n ta ustun va m ta satrdan iborat bo'ladi. Ular, o'z navbatida, kataklardan tashkil topadi. Jadvalning asosiy elementi — bu katak. Wordda katakni o'ziga xos mikrohujjat deyish mumkin. Katakka matn yozish, uni formatlash, hatto rasmlar ham joylashtirsa bo'ladi. Misol sifatida Wordda hosil qilingan quyidagi 3 ta ustunli va 4 ta satrli, kataklar soni 12 ta (3-4=12) bo'lgan jadvalni keltiramiz:
Wordda jadval hosil qilish jarayonini ko'rib chiqamiz. Aytaylik, yuqoridagi jadvalni hosil qilish kerak bo'lsin. Word matn protsessorida bu quyidagicha amalga oshiriladi: /1. Awal jadvalning ustun va satrlari sonini aniqlanadi: bizning holda jadval 3 ta ustun va4ta satrdan iborat.
2. a) Birinchi usul: ustun va satrlar soni aniqlan-gach, Jadval ( Таблица ) menyusining Joylashtirilsin bo`limidan Jadval (Таблица )bo'limi tanlanadi. Hosil bo'lgan muloqot oynasida ustunlar va satrlar soni kiritiladi. Enter klavishi bosiladi yoki sichqoncha yordamida OK tugmasi tanlanadi.
b) Ikkinchi usul: STANDART uskunalar panelidan Jadval joylashtirish (Вставка таблица) uskunasi tanlanadiю Hosil bo'lgan kataklar majmuyidan sichqoncha yordamida kerakli sondagi kataklar belgilanadi va sichqonchaning chap tugmasi bosiladi. Bu usulda ko'pi bilan 4 satrli va 5 ustunli jadval hosil qilish mumkin
Do'stlaringiz bilan baham: |