I.Tashkiliy qism: Salomlashish, navbatchi axboroti, fan yangiliklari bilan tanishish, kompyuterlarni ishchi holatida ekanligini aniqlash.
II. O`tilgan mavzuni so`rab baholash..
III. Yangi mavzu bayoni.
Reja:
1. Chizish uskunalar paneli
2. Chizmani formatlash
3. Mashqlar bajarish
Biz avvalgi darslarda matnli hujjatlarga rasmlarni joylashtirishni ko'rib chiqdik. Uncha murakkab bo'lmagan chizmalarni matn protsessorining imkoniyatlaridan foydalanib ham chizish mumkin. Bu ishni quyidagi CHIZISH (Рисование ) uskunalar paneli yordamida bajarish mumkin:
Bulardan tashqari Tayyor shakllar ( Автофигуры ) bo'limi juda ko'p tayyor shakllar
uskunalarini taklif etadi. Bo'limdagi guruhlarga ajratilgan. Masalan, Chiziqlar (линии),
Asosiy shakllar (Основные фигуры ), Blok-sxema , Yulduzlar va lentalar
( звезды и ленты ) guruhlari yordamida yoy, siniq chiziq, uchburchak, silindr kabi xilma-xil
shakllar chizish mumkin.
Chizmani formatlash
Belgilangan chizma rangini o'zgartirish uchun CHIZISH uskunalar panelidagi chiziq rangi tugmasidagi uchburchak bosiladi ya taklif etilgan ranglardan biri tanlanadi.
Belgilangan chiziq turini yoki shtrix turini o'zgartirish uchun CHIZISH uskunalar panelidagi chiziq turi yoki shtrix turi tugmasi bosiladi va taklif etilgan chiziq yoki shtrix turidan biri (tekis chiziq, shtrix chiziq, yo'nalishli chiziq va hokazo) tanlanadi.
Belgilangan shaklni bo'yash uchun CHIZISH uskunalar panelidagi shakl ichini bo'yash rangi (Цвет заливки |) tugmasi bosiladi va taklif etilgan ranglardan biri tanlanadi .
Belgilangan shaklni akslantirish yoki burish uchun CHIZISH uskunalar panelidagi Ta'sir ko'rsatish bo'limining chapdan o'ngga akslantirish, o'ngdan chapga akslantirish yoki burish tugmalaridan biri bosiladi.
Yuqoridagilardan ko'rinib turibdiki, MS Word dasturi sodda shakllardan murakkab chizmalar hosil qilish imkonini ham beradi. Chizmalarni bo'yash uchun tavsiya qilingan ranglar ko'lami ham juda keng.
Mustahkamlash:
Word matn protsessorida chizmalar chizish uchun qaysi uskunalar panelidan
foydalaniladi?
CHIZISH uskunalar paneli yordamida qanday amallarni bajarish mumkin?
Word matn protsessorida to'g'ri chiziq qanday chiziladi?
Belgilangan chiziq turi yoki shtrix turi qanday o'zgartiriladi?
Word matn protsessorida to'g'ri to'rtburchak qanday chiziladi? 6.Wordda ellips qanday chiziladi?
Wordda yoy qanday chiziladi? Amalda ko'rsating.
Wordda chiziq rangi qanday o'zgartiriladi?
Wordda shakl ichi qanday bo'yaladi? Amalda ko'rsating.
Wordda chizmalar qanday akslantiriladi? Amalda ko'rsating.
Wordda shakllar qanday buriladi? Amalda ko'rsating.
Mashqlar
Chiziq va to'g'ri to'rtburchak chizish amallaridan foydalanib Robot rasmini chizing.
Chizish amallaridan foydalanib, uycha rasmini chizing.
Uyga vazifa: Mavzuni o`rganish. 3-4 mashqni bajarish.
Sana: ____________
Sinf: _____________
Do'stlaringiz bilan baham: |