1-dars (davomi)
Mavzu
maqomlarda ijro etilgan va hozirda foydalanilmay qo’yilgan (chorak pardalar) haqida ma’lumot berish.
Chorak parda o’zi nima?
Avvalambor shuni aytishimiz kerakki, turk, arab, eron xalqlari musiqa notalaridagi alteratsiya belgilari orasida faqat sharq xalqlariga xos bo’lgan (ko’tarilgan chorak parda va tushurilgan chorak parda) belgilari bo’lib, bu pardalar o’zbek, tojik, uyg’ur, turkman, ozarbayjon, hind va boshqa sharq xalqlari musiqa asboblarida ham bor bo’lgan tovush pardasidir. Bizning maqomlarimiz, maqom yo’lida ijod qilingan klassik ashulalarimiz ham xuddi anashu chorak pardalar ishtirokida ijod qilingan asarlardir. o’zbekiston radiosining oltin fondida saqlanayotgan 20-asr boshlarida mashhur hofizlar ijrolaridayozib olingan asarlar so’zimizning yaqqol misolidir. Ushbu asarlar musiqa asboblarimiz (tanbur, chang, dutor, rubob, nay) da bo’lgan chorak pardalarda bastakorlar tomonidan ijod qilinib, hofiz xonandalar tomonidan ijro etilib, 20-asr boshlarida ularning ijrolari ovoz yozish studiyalarda grammafonlarga yozib olingan va hozirgacha o’zbekiston radiosining oltin fondida saqlab kelinadi. Biroq 1930-yillardan boshlab milliy musiqamizga xos bo’lgan chorak pardalardan butunlay voz kechiladi, ya’ni milliy musiqa asboblarimizdan o’sha chorak pardalar rus musiqa mutaxassislari tomonidan olib tashlanadi. Endi savol tug’iladi. Milliy musiqa asarlarimizga joziba qo’shgan bunday nozik pardalardan voz kechish kimga va nima uchun kerak bo’lgan? Ma’lumki, 1930-yillarning ikkinchi yarimida sobiq ittifoq davrida ushbu ittifoqqa a’zo bo’lgan sharq mamlakatlarida ittifoq boshliqlari tomonidan xalqlarni milliy an’analardan uzoqlashtirish va rus madaniyatini majburiy singdirish siyosati olib borildi va anchagina natijalarga erishildi. Ko’pgina millat parvar ziyolilarimiz millatchi, xalq dushmani kabi tamg’alar bilan otildilar, surgun qilindilar, qamaldilar. Ushbu siyosat milliy musiqamizga ham o’z ta’sirini ko’rsatmay qolmadi. 1930-yillarda Rus kompozitorlari talabiga ko’ra o’zbek asarlarini notaga olish, milliy asboblarni orkestrga moslashtirish bahonasida milliy musiqa asboblarimizni rus, yevropa musiqalariga xos holda musiqa asboblarni yasaydigan ustalar bilan hamkorlikda qayta ishlab, ulardagi rus, yevropa notalariga xos bo’lmagan, lekin o’zbek milliy musiqasiga xos bo’lgan chorak pardalar milliy asboblarimiz (tanbur, chang, rubob, dutor) dan olib tashlanadi. Boshqacha aytganda milliy musiqamizga xos bo’lgan chorak pardalardan ba tamom voz kechilladi, natijada tug’ma (chorak) pardalarda ijod qilinib, shu pardalarda ijro etilgan klassik ashula, maqomlarimiz yevropa nota yo’llariga xos yarim pardalardan tuzilgan ladlarda ijro etila boshlaydi va o’z jozibasini yo’qotadi,
Maktablarda milliy an’analarimizni aks ettiruvchi birorta fan o’tilmadi. Ashula darslarida klassik ashulalar yo’nalishida, maqom yo’lida bolalar uchun ijod qilingan qo’shiqlar o’rniga sobiq ittifoqni madh etuvchi klassik maqom yo’liga xos bo’lmagan qo’shiqlar o’rganildi. Natijada milliy ashulalar va maqomlarni qabul qila olmaydigan holga kelib qoldik. Biroq shuncha qarshiliklarga qaramay milliy san’atimizning jon kuyarlari (akadimik yunus rajabiy va u kishining ustozlari va shogirdlari) tomonidan qilingan say-harakatlar natijasida milliy klassik ashulalarimiz hamda maqomlarimiz saqlab qolinib, Notaga olindi, maqom xonanda va sozandalardan tashkil topgan maqom ansanbli tuzildi, ushbu ansanbl ijrosidamaqom asarlari hamda klassik ashulalarimiz o’zbekiston radiosi studiyasida lentalarga va plastinkalarga yozilib, to bizlargacha yetkazildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |