Rim imperiyasining ikkiga bo’linishi
Diokletian va Maksimian 305-yil 1-mayida
hokimiyatdan voz kechdilar.Taxtdan voz kechgan
Diokletian Salonaga ko’chib borib gul va sabzavot
yetishtirish bilan shug’ullandi. 313-yilda 68 yoshida
vafot etdi. Konstansiy I Xlor va Galeriy imperatorlar
deb e’lon qilindilar. Vorislar o’rtasida taxt uchun
kurash boshlanib, bu kurashda Diokletianning
yordamchilaridan birining o’g’li Konstantin (306-337-
yillar) g’olib chiqdi. U raqiblari bilan bir necha yil
kurash olib borib Rim imperiyasining yagona
hukmdoriga aylandi. Konstantin imperiyani 4 ga
bo’linishini saqlab qoldi lekin boshqaruvni birov bilan
baham ko’rish tizimini yo’q qildi. Endilikda imperiya
qismlarini unga bo’ysunadigan prefektlar
boshqardilar.
Konstantin uzoqni ko’ra oladigan,aqllii siyosatshi
edi. U 200 yildan beri taqib etilayotgan nastoniy
dinini kuch-qudratini davlat hokimiyatini
mustahkamlashdagi muhim o’rnini anglab yetdi. Shu
sababli 313-yilda u o’zining Milan edikti bilan
nasroniylik dinini boshqa dinlarga tenglashtirdi. Shu
lahzadan boshlab xristian cherkovi imperator
hokimiyatining ittifoqchisi va himoyachisiga aylandi.
Imperator 330-yil 11-may kuni poytaxtni sharqiy
qism Bosfor qirg’og’iga tanatanali ko’chirdi. Eski
yunon koloniyasi Vizantiy qayta qurilib kengaytirildi.
Yangi poytaxtni qurilishi va bezatilishi uchun ulkan
miqdorda mablag’ saflandi. Saroylar, stadion,
ippodrom, termalar va bibliotekalar qurildi. Rimdan
ulkan miqdorda haykallar olib kelindi. Shahar
imperator sharafiga yangi nom Konstantinopol deb
ataldi. Poytaxtni sharqqa ko’chirilishi tasodif emas
edi. Sharqiy provinsiyalar g’arbdagilarga qarganda
madaniy va boyroq edi.
Konstantinning o’limidan so’ng taxt uchun yana
kurash boshlandi. Hokimiyat uning o’g’li Konstansiy
qo’liga, keyin esa uning nevarasi Yulianga o’tdi.
Yulian eski Rim dinini tiklashga urindi lekin
muvaffaqiyatga erishmadi.
Hokimiyatni uning o’g’li Konstansiy egalladi.
Uning o’rniga kelgan Flaviy Klavdiy Yulian (361-363
yillar) eski Rim dinini tiklashga urinib xristian
cherkovini imtiyozlarini bekor qildi. Keyingi
imperatorlar Valentinian I va Valent bir vaqtning
o’zida imperiyaning g’arbiy va sharqiy qismlarini
boshqardilar. Ularning davrida germanlarning hujumi
kuchaydi. 378 yilda Frakiyadagi Adrianopol shahri
yonida vesgotlar Rim qo’shinlariga kuchli zarba
berdilar. Qaysiki shundan keyin Rim imperiyasi hech
qachon tiklana olmadilar. Imperator Valent jang
maydonida halok bo’ldi, eng yaxshi zobitlar qurbon
bo’ldilar. Endilikda Rim imperiyasi hech qachon
chegaralarini himoya qilish uchun etarlicha qo’shin
to’plash imkonoyatidan mahrum bo’ldilar. Endi
chegaralarni qo’riqlash germanlardan olinadigan
ishonchsiz qismlarga topshirila boshlandi. Germanlar
ko’plab miqdorda rim qo’shiniga olina boshlandi.
Ular oliy harbiy mansablarni egallay boshladilar.
Imperator Feodosiy I vestgotlarga Illiriya viloyatini
bo’shatib berib, shu bilan Konstantinopolni bosib
olishidan saqlab qoldi, Feodosiy 394 yilda tarixda
so’nggi marta imperiyani har ikkala qismini ham bir
qo’lga to’pladi, lekin u bir yildan so’ng vafot qildi va
rim imperiyasi batamom ikkiga bo’lindi. Imperiyaning
g’arbiy qismini uning 11 yoshli o’g’li Gonoriy,
sharqiy qismini uning 28 yoshli ukasi Arkadiy
boshqara boshladi. Gonoriy ( 395-yillar) davrida
imperiyaning g’arbiy qismi germanlarning xujumlari
bilan to’la yemirilishi davri bo’ldi. Germanlarning
istilosi Rim xizmatidagi germanlarning xoinligi qullar
va kolonlarning qo’zg’alonlari imperator Norikaning
2 yildan so’ng, Rim shahrining o’zi bosib olinib talon-
taroj qilindi. Alarix Rimdan, vestgotlar Galliyaga
chekindilar. Ammo g’arbiy Rim imperiyasi bu paytda
o’z umrining oxirgi lahzalarini boshdan kechirar edi.
407 Yilda Rimliklar Britaniyani tashlab ketdilar.409
yilda vandallar, sveblar va allemandlar Ispaniyani
bosib oldilar. 415 yilda vestgotlar Rimdan Galliyani
ajratib oldilar. 429 yilda vandallar va boshqa german
qabilalari Ispaniyadan Afrikaga o’tdilar. Vandallar
qirol Geyzerix boshchiligida 455 yilda Rim shahrini
egallab uni buzib tashladilar.
Odoakr imperator hokimiyani ramzlarini
Konstantinopolga jo’natdi. Bu voqea G’arbiy Rim
imperiyasining tugashi deb hisoblanadi. Sharqiy Rim
imperiyasining hukmdorlari germanlarning
hujumlarini bartaraf qilib o’z boshimcha
qo’mondonlarni yo’q qildilar. Sharqiy Rim imperiyasi
yana ming yil yashab, tarixga Vizantiya imperiyasi
nomi bilan kirdi.
Diokletian va Konstantinning islohotlari
imperiyaning yemirilishi jarayonini sekinlashtirdi,
lekin uni to’xtata olmadi. IV asrda jonlangan ichki
savdo to’xtadi. Ko’p shaharlar tushkunlikka yuz tutdi.
Butun imperiya bo’ylab natural xo’jalikka qaytish
boshlandi.
Pul tizimi ishdan chiqdi. Soliqlarni to’lash
qiyinlashdi. Shaharlardan axoli ko’chib keta boshladi.
Konstantin shahar axolisini ko’chib ketishini
kolonlarni o’z erlarini tashlab ketishlarini rasman
taqiqladi.
Yirik er egalari latifundistlar barcha soliqlarni
natural tarzda to’lashni yuklatdi. Ularning hokimiyati
kengaydi. Shaxsiy erkin kolonlarning axvoli
qullarning ahvolidan kam farq qildi. So’ngi imperiya
davrida yirik yer egalari o’zlariga qaram bo’lgan
maxalliy axoli ustidan o’z amaliy hokimiyatlarini
amalga oshirdilar. Ular o’z qo’shin va
qamoqxonalarini tashkil qildilar. Ijtimoiy aloqalarning
bunday yangi ko’rinishini shakllanishi so’ngi Rim
jamiyatini sekin asta feodallashuvini bildirar edi.
G’arbiy Rim imperiyasini qulashi
Rim imperiyasini to’la ikkiga bo’linishi asosida
O’rtayerdengizining ikki hududini romanlashgan
G’arb va Ellin sharqini tarixiy taraqqiyotini o’ziga xos
xususiyatlari bilan belgilanar edi. G’arbiy
provinsiyalarda shaharlar, tovar ishlab chiqarish
savdo-hunarmandchilik tushkunlikga yuz tutdi.
Aholini xonavayron bo’lishi, umumiy iqtisodiy
turg’unlik kuzatildi. Markaziy hokimiyat zaiflashib
magnatlar kuchaydi, aholini varvarlashuvi, harbiy
qo’shinlarni buzilishi yuz berdi. Aksincha sharqda
kuchli imperator hokimiyati mavjud bo’lib
provinsiyalar kamroq talandi, shaharlar, savdo-
hunarmandchilik rivojlandi.
Qo’zg’lon ko’targan vestgot federatlari, Alarix
boshchiligida 395-396-yillar Makedoniya va
Yunonistonni taladilar. O’zi varvar bo’lgan rimlik
sarkarda Stilixon Yunonistonning janubida Alarix
qo’shinlarini tor-mor qildi. Sharqiy imperiya Alarix
bilan shartnoma tuzdi.
Alarix 401-yilda Italiyaga yurish qildi. Stilixon
vestgotlarni 2 marta tor-mor qildi va Italiyadan
haydab chiqardi. Rimga so’ngi marta triumf
vestgotlar ustidan galaba sharafiga o’tkazildi.
Baribair rimliklar vestgotlarni Illiriyada yashashlariga
ruxsat berishga majbur bo’ldilar. Italiya 405-yilda
Konung Radagays boshchiligidagi germanlar
bosqiniga uchradi. Florensiya yaqinida Stilixon
Radagays hujumini qaytardi. Shu bilan birga
himoyasiz qolgan g’arbiy provinsiyalar, german
qabilalari tomonidan bosib olindi. Stilixon Olarixni
Rim bilan ittifoq tuzishga ko’ndirishga urindi, ammo
tuhmatga uchrab, xoinlikda ayblanib qatl qilindi.
Stilixon o’limini eshitgan Alarix Rimga yurish
qilib uni qamal qildi. Alarix 5 ming funt oltin, 30
ming funt kumush miqdorida tovon olib qaytib ketdi.
Shundan so’ng Alarix Rimni yana bir necha bor
qamal qildi. 410-yil avgust oyida qullar shahar
darvozasini ochib berdilar va varvarlar shaharni
talon-taroj qilib, Alarix boshchiligidagi qo’shin
janubga yurish qildilar. Yo’lda kasallangan Alarix 40
yoshida vafot etdi. Vestgotlar bir necha yildan keyin
(419-yil) Akvitaniyada o’z qitolliklarini tuzdilar.
Stilixon o’limidan keyin Rimni himoya qiladigan
birorta sarkarda qolmadi. 407-yilda rimliklar
Britaniyadan chiqib ketishga majbur bo’ldilar.
Janubi-sharqiy Galliyada birgund qabilalari
Ispaniyaning shimoli-g’arbida svevlar o’rnashib
olgan Afrikada poytaxti Karfagen bo’lgan vendal
qirolligi tashkil topdi.
Pannoniyada kelib chiqishi Markaziy Osiyo
cho’llaridan bo’lgan xunnlar o’rnashib Rimga katta
xavf soldilar. Atilla (434-453-yillar) g’ayratli
sarkarda edi. U xunnlar va boshqa qabilalarni
birlashtirib, Markaziy Yevropada ko’chmanchilarni
kuchli davlatini tuzdi. Xunnlar Bolqonga va g’arbiy
provinsiyalarga yurish qildilar. Ular 450-yil boshida
Galliyaga bostirib kirdilar. Xunnlarga qarshi rimlik
sarkarda Flaviy Aetsiy frank. alan, burgund, vestgot
va boshqa qabilalar ittifoqini tuzdi. Hal qiluvchi jang
Ispaniya va Fransiya chegarasidagi Katalun dalasida
451-yil iyunida bo’lib o’tdi. Got tarixchisi
Iordannning ma’lumotiga ko’ra bu jangda har ikkala
tomondan 300 ming kishi halok bo’lgan. Bu jangdan
keyin Attila Reyn ortiga chekindi, 452-yilda yana
shimoliy Italiyaga hujum qildi. Attila 453-yilda vafot
etdi va uning davlati tarqab ketdi.
Varvar qabilalari va qirolliklari impertiya bilan
hisoblashmay qo’ydilar. Biror bir imperator davlatni
yemirilishini to’xtata olmadi. Imperatorlar Ravenna
shahrini doimiy qarorgoh qildilar. Rim xristian
cherkovi boshlig’i Rara qarorgohi bo’lib qoldi.
Afrikada o’rnashib qolgan vandallar Ravenna
imperatorlarini zaifligidan foydalanib Sitsiliya,
Sardiniya va Korsikaga bosqin qilar edilar. Ular 455-
yil Italiyaga yurish qilib Rim shahrini 14 kun
davomida talon-taroj qildilar. Olib keta olmagan
buyumlarni vandallar yo’q qildilar. Nodir san’at
asarlari, haykalar, saroylar o’t ichida qolib, Galliya va
Ispaniyani mahalliy zodagonlari uzoqdagi ravenna
imperatorlari bilan aloqa qilganidan ko’ra bosib
olingan viloyatlarning amalda hokimlari varavar
qirollari bilan hamkorlik qilishni foydali deb
hisobladilar.
375-yilda illiriyalik Orest o’zini 14 yoshli
imperator taxtiga o’tkazib o’zi hokimiyatni
boshqardi. Songi imperator Rm shahrini va
imperiyasini barpo qilganlar Romul afsonaviy
avgustul ismlariga bo’lib balog’atga yetmagani uchun
avgust emas avgustul deb atalar edi. O’smir
imperatorni rimliklar mazaxomuz avgustcha deyishar
edi.
476-yilda germanlarning skir qabilasidan bo’lgan
imperator gvardiyasi qo’mondoni Odoakr Rimda
hokimiyatini bosib oldi. Orest o’lsitildi. Romul
avgustul 476-yil 23-avgustda taxtdan tushirilib
Neapol yaqinidagi Lukull villasiga surgun qilindi va
shu yil shu yerda vafot etdi. Odoakr g’arbiy Rim
imperiyasi imperatori unvoni tugatilgani to’g’risida
senatni rasmiy qarorini olishga erishdi. Imperatorlik
ramzlari Konstantinopolga yuborildi. Bu rasman
Sharqdagi imperator hokimiyati ostida Rim
imperiyasining yaxlitligi tiklanganligini bildirar edi.
Antik dunyo tarixining oxirgi saxifalari imperator
Yustinian nomi bilan bog’liq. U VI asr o’rtalarida
Rim huquqini kodifikatsiya qildi. Yustinian kodeksi
qadimgi Rimda huquqning uzoq yillardagi
taraqqiyotini tugallangan holda o’zida aks ettirdi. Shu
bilan bir aktda Yustinian tomonidan antik tafakkur
markazi bo’lgan Afinadagi Platon Akademiyasini
tantanali yopilishi yangi davrning antik davr bilan
ramziy xayrlashuvi bo’ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |