1-dars. Abdulla Qahhor “O‘tmishdan ertaklar” qissasi va “Sarob” romani Reja


-dars. Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti



Download 0,52 Mb.
bet12/41
Sana11.01.2017
Hajmi0,52 Mb.
#140
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41
7-dars. Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti

Reja:

  1. Mustaqillik davri she’riyati

  2. Nasr va dramaning o’ziga xos xususiyatlari

XX asrning 90- yillarida istiqlol adabiyoti deb ataladigan estetik hodisa yuzaga keldi. Mustaqillik davrida milliy adabiyot millat ahlining ko’ngli, ruhiyatini tasvirlashga e’tibor qaratmoqda. Buning natijasida INSON asosiy badiiy qadriyatga aylandi. Bu yillarda o’zbek adabiyotida o’nlab ijodkorlar merosi qayta nashr etildi. Ilmiy-estetik tahlilga tortildi. 80-90 yillar oralig’ida A.Oripovning “Ranjkom”, O.Matjonning “Qush yo’li”, “Nega men?”, U.Azimning “Oqdapadar”, M.Yusufning “Qora quyosh” I.Otamurodovning “Uzoqlashayotgan og’riq”, M.Murodovning “Chaqmoq izidan”, E.Shukurning “Ibtido xatosi” kabi o’nlab dostonlari, A.Ibrohimovning “Puch”, Shukrulloning “Unsiz faryod”, H.Olimjonning “Bir million fojiasi”, H.Muhammadning “Xotinlar “gapi”dan chiqqan hangoma kabi drammalari va komediyalari chop etildi.” Tarixiy muzeyda ham bir qator yangi asarlar yozildi. T.To’laning “Nodirabegim”, S.Sadriddinovning “To’maris”, Sh.Xolmirzayevning “Qora kamar”, Sh.Raziyevning “Saddi Iskandariy” dostoni asosida yaratgan “Iskandar” pyesalari shular jumlasidandir.

She’riyat bugungi kunda ham milliy adabiyotimizning yetakchi turi bo’lmoqda. A.Oripov, R.Parfi, Sh.Rahmon, A.Suyun, U.Azim, I.Otamurodov, A.Qutbiddin, F.Afro’z, A.Said, Mirzo, Zebo Mirzo, Tursun Ali, Ulug’bek hamda, Halima Ahmad, Xosiyat Rustamova, Rustam Musurmon singari shoirlar namoyon bo’ldi.

R.Parfining “Adashgan ruh”, “Qora devor”, “Munojot”, “Sensiz”, Sh.Rahmonning “Turkiylar”, “Iqror”, A.Suyunning “Istig’for”, “Oq va qora”, A.Qutbiddinning “Izohsiz lug’at”, A.Saidning “Tush”, “Yo’l”, Faxriyning “Ayolg’u”, “Bo’g’zimdan sirqirar tovush-qon..”, “oyloq kecha..” seriy asarlari mustaqillik davri o’zbek nazmining yutuk namunalaridan hisoblanadi.

Nasr bugungi adabiy jarayonli salmoqli turidir. Hozirga adabiy jarayonlar Sh. Holmirzaev, O’.hoshimov O. Muxtor , M. Ali, T. Mali, T. Murod, M.M.Do’st , A. Dilmurot , X.Sultonov, N. Norqobilov , X. Nurmuhammat, N.Eshonqul, A.Yo’ldoshev, U.Abdulvahob, L.Bo’rihon, Z.Qurolboy qizi singari ijodkorlar o’ziga xos yosinda qalam terlatib, milliy nasr tarraqqiyotini taminladilar.

O.Muxtorningm “Ming bir qiyofa”, “Ko’zgu oldidagi odam”, “Tepalikdagi xaroba”, “Ufu”, “Ayollar saltanati va mamlakati”, “Maydon” romanlari. Nazar Eshonqulning “Qora kitob qissasi”. “Shamolni tutib bo’lmaydi” (hikoya qahramoni Bayni momo). “Tobut shahar” , “Quyun” hikoyalari, H. Muhammadning “Bozor”, Luqmon Bo’riqonning ”Jaziramadagi odamlar”, Salomat Vafoning “Tilsim saltanati”, A.Nurmurodovning “Qon hidi” romanlari insonga yondashuvning yangichaligi tasvirning quyuqligi, inson ruhiyati qatlamlarini aks ettirish miqyosining kengligi va ifoda tarzining favqulotdaligiga ko’ra milliy adabiyotimiz uchun yangi badiiy hodisalar bo’ldi.

Sh. Holmirzaev “Ola bo’ji”, “Dinozavr”,romanlari, “Bulut to’sgan oy” qissasi, “Ozodlik”, “O’zbeklar”, “Navro’z navro’z”, hikoyalarida, uni Norqobilov “Oq bo’yin “, “Qoyalar ham yig’laydi”, ”Tog’ odami” qissalari “Oriyat”, “Quvonchli kun” hikoyalarida, Sh. Bo’taev “Sho’rodan qolgan odamlar” qissasi, “Darvesh” hikoyasida, To’g’ay Murod “Otamdan qoldan dalalar ” romanida nasrning an’anaviy tasvir yo’sinidan mahorat bilan foydalana bildi.





Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   41




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2022
ma'muriyatiga murojaat qiling

    Bosh sahifa
davlat universiteti
ta’lim vazirligi
axborot texnologiyalari
maxsus ta’lim
zbekiston respublikasi
guruh talabasi
O’zbekiston respublikasi
nomidagi toshkent
o’rta maxsus
texnologiyalari universiteti
toshkent axborot
davlat pedagogika
xorazmiy nomidagi
rivojlantirish vazirligi
pedagogika instituti
Ўзбекистон республикаси
tashkil etish
haqida tushuncha
vazirligi muhammad
таълим вазирлиги
O'zbekiston respublikasi
toshkent davlat
respublikasi axborot
махсус таълим
kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi toshkent
saqlash vazirligi
fanidan tayyorlagan
bilan ishlash
Toshkent davlat
Ishdan maqsad
fanidan mustaqil
sog'liqni saqlash
uzbekistan coronavirus
respublikasi sog'liqni
coronavirus covid
koronavirus covid
vazirligi koronavirus
qarshi emlanganlik
risida sertifikat
covid vaccination
sertifikat ministry
vaccination certificate
o’rta ta’lim
matematika fakulteti
haqida umumiy
fanlar fakulteti
pedagogika universiteti
ishlab chiqarish
moliya instituti
fanining predmeti