I.Darsning maqsadi:Ta’limiy maqsad: FK1. Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi FK 2. Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi
a)Rivojlantiruvchi maqsad; TK2 Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
TK3 O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
b)Tarbiyaviy maqsad; TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
II.Dars turi:Aralash dars
III.Dars usuli:Aralash Fikrlar hujum.
IV.Dars jihozi:
a)Darslik
b)Tarqatmalar.
V.Tashkily qism;
a)Salomlashish
b)Yo’qlama
c)Siyosiy daqiqa
VI.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish.
1. Umumiy formulasi C4H8O2 bo‘lgan karbon kislotaning struktur formulasini
yozing.
2. Quyida keltirilgan moddalar 1)sirka kislota; 2)propion kislota; 3)moy
kislota; 4)valerian kislota struktur tuzilishini yozing va ular tarkibidagi δ va π
bog‘lar sonini hisoblang.
VII.Dars bayoni:
3. Sirka kislotasining olinishida qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan usullarning
reaksiya tenglamalarini daftaringizga yozing:
a) karbon kislotalar tuzlariga sulfat kislotasi bilan ta’sir etish;
b) bir atomli to‘yingan spirtlarni oksidlanishi;
c)murakkab efirlarning gidrolizi;
Murakkab efirlar deb, karbon kislotalarning karboksil guruhidagi vodorod atomining biror radikalga almashinishidan hosil bo‘lgan birikmasi deb qarash mumkin.
Murakkab efirlarni umumiy holda quyidagicha ifodalash mumkin: R COO R'
Bu yerda R va R’ uglevodorod radikallari, ular bir xil yoki turli cha bo‘lishi mumkin.
Nomenklaturasi: Ularni nomlashda efirni hosil qilgan kislota nomi yozilib, keyin radikal nomiga “efir” so‘zi qo‘shib nomlanadi.
CH3 COO CH2 CH3 sirka kislotaning etilefiri yoki etilasetat yoki etiletanoat
CH3 COO CH2 CH2 CH2 CH3 sirka kislotaning butilefiri yoki butilasetat yoki butiletanoat
Sistematik nomenklatura bo‘yicha murakkab efirlarning nomi spirt radikali nomi bilan «oat» qo‘shimchasi qo‘shilgan kislota nomidan hosil qilinadi. Masalan:H COO CH3metilmetanoat
Murakkab efirlar va karbon kislotalarning empirik formulalari bir xil
bo‘lgani uchun ular sinflararo izomer hisoblanadi.
C2H4O2
Sirka kislota Metilformiat
Olinishi: Karbon kislotalar spirtlar bilan o‘zaro ta’siri natijasida murakkab
efirlar hosil bo‘ladi. Bunda katalizator sifatida konsentrlangan sulfat yoki xlorid
kislotadan foydalaniladi.
Kislota bilan spirtdan murakkab efir hosil bo‘lish reaksiyasi “eterifikatsiya” reaksiyasi deyiladi.
Fizik xossalari: Murakkab efirlarning eng oddiy vakillari suvdan yengil, xushbo‘y hidli, uchuvchan suyuqliklardir. Quyi kislotalarning metil va etil murakkab efirlarining suyuqlanish va qaynash temperaturalari, karbon kislotalarnikiga nisbatan past bo‘ladi.
Kimyoviy xossalari. Murakkab efirlarning eng muhim xossasi ularning
gidrolizi, ya’ni suv bilan o‘zaro ta’sirlashishidir. Bu jarayon ham kislotali,
ham ishqoriy sharoitda sodir bo‘ladi. Farqi shundaki, kislotali gidroliz qaytar,
ishqoriy gidroliz esa qaytmas jarayondir. Efirlar gidroliz reaksiyada tegishli
kislota va spirt hosil bo‘ladi.
Ishlatilishi. Murakkab efirlar xushbo‘y hidga ega bo‘lgani uchun oziq-ovqat
va atir-upachilik sanoatida ishlatiladi. Yana ular salqin ichimliklar, konfetlar va
boshqa ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishda qo‘shimcha sifatida ishlatiladi.
Ularning ayrim vakillari loklar tayyorlashda erituvchi sifatida ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |