I.Darsning maqsadi:Ta’limiy maqsad: FK1. Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi FK 2. Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi
a)Rivojlantiruvchi maqsad; TK2 Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
TK3 O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
b)Tarbiyaviy maqsad; TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
II.Dars turi:Aralash dars
III.Dars usuli:Aralash Fikrlar hujum.
IV.Dars jihozi:
a)Darslik
b)Tarqatmalar.
V.Tashkily qism;
a)Salomlashish
b)Yo’qlama
c)Siyosiy daqiqa
VI.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish.
VII.Dars bayoni
Molekulasida uchbog‘ saqlagan to‘yinmagan uglevodorodlarga alkinlar deyiladi. Alkinlar asetilen qatori uglevodorodlari deb ham ataladi. Alkinlar CnH2n-2 umumiy formulaga ega bo‘lib, ularning birinchi
vakili asetilen C2H2 hisoblanadi.
Nomenklaturasi. Asetilen qatoridagi uglevodorodlar ratsional nomenklaturaga muvofiq nomlanganda radikal nomiga asetilen so‘zi qo‘shib aytiladi.
Sistematik nomenklaturaga muvofiq alkinlarning nomi ularga mos keladigan to‘yingan uglevodorodlar nomidan olinib “an” o‘rniga “in” qo‘shimchasi ishlatiladi.Alkinlarda uchbog‘ asosiy zanjirda bo‘ladi va raqamlash aynan uchbog‘ yaqin tomondan boshlanadi.
Formula Nomlanishi Empirik Struktura Ratsional Xalqaro
C2H2 HC CH Asetilen Etin
C3H4 HC C CH3 Metilasetilen Propin
C4H6 H3C C C CH3 Dimetilasetilen Butin-2
C5H8 HC C CH2 CH2 CH3 Propilasetilen Pentin-1
C6H10 HC C CH2 CH2 CH2 CH3 Butilasetilen Geksin-1
Izomeriyasi. Asetilen qatori uglevodorodlarida zanjirni tarmoqlanishi va uchbog‘ni joylashuvi bilan bog‘liq izomeriya kuzatiladi. Masalan, umumiy formulasi C4H6 bo‘lgan ikkita alkinni yozishimiz mumkin. Alkinlar va alkadiyenlarda umumiy formulasi bir xil, ya’ni CnH2n-2 bo‘lganligi uchun ular sinflararo izomer hisoblanadi. Bu holatni propin va propadiyen molekulalaridan boshlab kuzatishimiz mumkin.
Olinishi.
1. Asetilen sanoatda va laboratoriyada kalsiy karbidni gidroliz qilib olinadi.
2. Metanni yuqori haroratda qizdirib ham asetilenni olish mumkin.
Fizik xossalari. Asetilen havodan yengilroq gaz, suvda kam eriydi. Toza holda deyarli hidsiz. Alkinlarning nisbiy molekulyar massasi ortgan sari, ularning qaynash harorati ham ortib boradi.
Kimyoviy xossalari.
1. Gidratlash reaksiyasi. M.G.Kucherov asetilenga katalizator ishtirokida suv ta’sir ettirib sirka aldegidni hosil qilgan.
2. N.D.Zelinskiy asetilenni yuqori temperaturada aktivlangan ko‘mir ustidan o‘tkazib benzolni hosil qilgan.
3. Alkinlar ham barcha uglevodorodlar singari yonadi. Yonish mahsuloti sifatida suv va karbonat angidrid hosil bo‘ladi :
CnH2n-2 + (1,5n-0,5)O2 nCO2 + (n-1)H2O
C3H4 + 4O2 3CO2 + 2H2O
C5H8 + 7O2 5CO2 + 4H2O
Ishlatilishi. Asetilen organik sintez mahsulotlarini olishda dastlabki homashyo sifatida keng qo‘llaniladi. Asetilen kislorodda yondirilganda temperature 30000C gacha ko‘tariladi. Bu holatdan metallarni payvandlash va kesishda foydalaniladi.
VIII. Mustahkamlash
Mavzuga oid masala va uni yechimi.
1. 10 l noma’lum alkinni yondirish uchun 70 l kislorod sarflandi. Boshlang‘ ich uglevodorodni aniqlang va uning barcha izomerlari strukturasini yozing.
Masalaning yechimi:
Ma’lumki alkinlarning umumiy yonish formulasi quyidagi ko‘rinishga ega:
CnH2n-2 + (1,5n - 0,5)O2 nCO2 + (n-1)H2O
Demak, bir hajm alkinni yoqish uchun 1,5n-0,5 hajm kislorod sarflanadi (bu yerda “n” – alkin tarkibidagi uglerodlar soni). Ushbu holatni misol shartida berilgan ma’lumotlar bilan birgalikda mos ravishda proporsiya tuzish mumkin:
1 l alkin yonishiga (1,5n - 0,5) l O2 sarflanadi Proporsiyani yechamiz:
70 l • 1 l = 10 • (1,5n – 0,5) l 70 = 15n – 5 15n = 75 n = 5
Demak, alkin tarkibida 5 ta uglerod mavjud, ya’ni bu pentin. Endi misolni
ikkinchi vazifasi, topilgan alkinning izomerlari strukturasini yozish kerak.
Ularning umumiy soni 3 ta. Javob: pentin, 3 ta
IX. Uyga vazifa:
Mavzuga oid masala va mashqlar.
1. Tarkibi C4H6 va C5H8 bo’lgan alkinlarni struktur formulalarini yozing va ularni ratsional nomenklatura bo’yicha nomlang.
2. Tarkibi C4H6 va C5H8 bo’lgan alkinlarni struktur formulalarini yozing va ularni xalqaro nomenklatura bo’yicha nomlang.
3. Tarkibi C6H10 va asosiy zanjirda 5ta va 6ta uglerod atomi tutgan alkinlar strukturasini yozing va ulani nomlang.
4. Quyidagi o‘zgarishlarni amalga oshirish uchun zarur reaksiyalarni yozing
va tenglashtiring. d) CH3 CH3 CH3 CH2Cl CH2 CH2 CH2Cl CH2Cl H C C H
5. Laboratoriyada 128 g kalsiy karbid mo‘l miqdordagi suv bilan ta’sirlashi natijasida olingan alkinning massasini (g) hisoblang.
19 dars. MASALALAR YECHISH
Do'stlaringiz bilan baham: |