65-DARS Mavzu: Masalalar yechish
I.Darsning maqsadi:Ta’limiy maqsad: FK1. Kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi FK 2. Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi
a)Rivojlantiruvchi maqsad; TK2 Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
TK3 O‘zini o‘zi rivojlantirish kompetensiyasi — doimiy ravishda o‘z-o‘zini jismoniy, ma’naviy, ruhiy, intellektual va kreativ rivojlantirish, kamolotga intilish, hayot davomida mustaqil o‘qib-o‘rganish, kognitivlik ko‘nikmalarini va hayotiy tajribani mustaqil ravishda muntazam oshirib borish, o‘z xatti-harakatini muqobil baholash va mustaqil qaror qabul qila olish ko‘nikmalarini egallashni nazarda tutadi.
b)Tarbiyaviy maqsad; TK5 Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
II.Dars turi:Umumlashtiruvchi dars
III.Dars usuli:Aralash Fikrlar hujum.
IV.Dars jihozi: a)Darslik b)Tarqatmalar.
V.Tashkily qism; a)Salomlashish b)Yo’qlama c)Siyosiy daqiqa
VI.O’tilgan mavzuni takrorlash uchun savol va topshiriqlar berish.
VIII. Dars bayoni :
3,2gr Mis(II) oksid metanolni oksidlaganda qancha formaldegid hosil bo‘ladi:
A.16gr B. 6gr C.8gr D. 3gr
Asetilen suv molekulasini biriktirib qanday moddani hosil qiladi?
A.sirka kislota B. metanol C. etanol D. sirka aldegid
Tarkibida 10 ta vodorod tutgan aldegidning tarkibidagi sp3 gibridlangan orbitallar sonini aniqlnag.
20 ta B. 18 ta C. 16 ta D. 24 ta
Aldegidslarning umumiy formulasi keltirilgan javobni tanlang.
CnH2nO B. CnH2n (OH) C. CnH2n+2OH D. CnH2n-1(OH)3
Aldegidlar qaysi moddalar bilan reaksiyaga kirishmadi: 1. Kaliy sulfat 2. Kumush (1) oksidi 3. Vodorod (katalizator,t0) 4. Mis (1) oksidi
1,2,3 B. 2,3 C. 3,4 D. faqat 1
Qaysi moddalar oksidlab aldegid olish mumkin emas?
Etanol B. butnol C. 2 metilpropanol-1 D. propanol-2
Avtomobillarda antifriz sifatida qaysi moddadan foydalaniladi?
Nitroglitserin B. glitserin C.etilenglikol D. fenol
Tibbiyotda ishlatiladigan formalin formaldigidning 40% li eritmasidir. 300 gr formalin tayyorlash uchun qancha formalin kerak bo’ladi?
A.160gr B. 60gr C.80gr D. 130gr
Aldegid va ketonlarni bir biridan farqlash uchun qanday reaksiyalardan foydalaniladi?
Kumush ko’zgu B. eterifikatsiya C. Kucherov D.gidroliz
Ketonlarning eng oddiy vakili keltirilgan javobni belgilang
Metil etil keton B. dimetil keton C. dietil keton D. metil keton
10,8 gramm butin-1 dan qancha keton olish mumkin?
A.60gr B. 62gr C.14,4gr D. 1,8gr
Keton tarkibidagi sp3 gibridlangan orbitallar sonisp2 orbitallar soniga nisbatan 1.333 marta ko’p bo’lgan keton nomini belgilang A.metil etil keton B. dimetil keton C. dietil keton D. aseton
IX.Uyga vazifa: mustahkamlash
Do'stlaringiz bilan baham: |