aminogruppa yoki ammiakdagi vodorod atomlari o‘rniga fenil (C6H5)
o‘rin almashgan moddalarga aytiladi.
Ammiak molekulasidagi vodorod atomlari fenil radikallarga o‘rin
almashinishi natijasida birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi aromatik aminlar
hosil bo‘ladi.
Nomenklaturasi. Aromatik aminlarning nomi radikallar nomiga amin
so‘zi qo‘shib o‘qishidan kelib chiqadi.
Mavzuga oid masala va mashqlar.
1. Ammiak va trimetilaminning struktur tuzilishini chizing va ular o‘rtasidagi
o‘xshashlik va farqlarni ko‘rsating.
2. NH guruh saqlagan moddalar… deyiladi?
1) Birlamchi amin 2) Ikkilamchi amin 3) Uchlamchi amin
3. Reaksiyani tenglamasini tugating va tenglashtiring.
C5H11NH2 + O2 .............
4. Trifenil aminning molyar massasini (g/mol) toping va uning tarkibidagi
σ va π bog‘lar sonini hisoblang.
6. 1,2 mol anilinni to‘liq bromlash natijasida qanday massadagi (g) kislota
hosil bo‘ladi?
IX.Uyga vazifa: mustahkamlash
52-DARS 33-§. AMINLAR VA AROMATIK AMINLAR. OLINISHI VA XOSSALARI
I.Darsning maqsadi:Ta’limiy maqsad: FK1 Modda, kimyoviy jarayon, hodisalarni kuzatish, tushunish va tushuntirish kompetensiyasi: Kundalik turmushda sodir bo‘ladigan jarayonlarni kuzatish orqali kimyoviy jarayonlar, hodisalar haqidagi tushunchalarni biladi va bayon qila oladi; organik birikmalarning tarkibi, olinishi, xossalari, qo‘llanilishini biladi va ularni tushuntira oladi; Umumiy kimyo, organik kimyo kurslari asosiy qonuniyatlari, nazariyalari va organik birikmalarning muhim sinflari, ularning tuzilishi, xossalari, olinishi, biologik ahamiyatiga oid bilimlarni biladi, tushunadi va tushuntira oladi; organik bilimlarni kundalik turmushda ishlatish sohalari, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibi haqida biladi va tushuntira oladi.
FK2 Element va formulalarni kimyoviy tilda ifodalash kompetensiyasi: Organik birikmalarning umumiy va oddiy vakilini tuzilish formulasi, gamologlari, izomerlarining travial, IYUPAK, ratsional nomlarini yozma va og‘zaki ifodalay oladi; organik birikmalarning fizik va kimyoviy xossalarini, ularning olinishiga oid reaksiyalar tenglamalarini yoza oladi; moddalarni tozalash usullari, texnika va turmushda ishlatiladigan kimyoviy moddalar bilan ishlash qoidalarini, ulardan foydalanishda ekologik madaniyatni biladi va amaliyotda qo‘llay oladi. FK3 Kimyoviy tajribalar o‘tkazish va amaliyotda qo‘llash kompetensiyasi: Organik birikmalarga oid masalalarni yecha oladi, ularning laboratoriya sharoitida tarkibini o‘rganish, olish usullariva xossalarini o‘rganishga oid amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari tajribalarini bajara oladi; kimyoviy ishlab chiqarish jarayonlari, mahalliy ekologik muammolarni tushuna oladi; kimyo fanining nazariy asoslarini kundalik turmush va kasbiy sohalarga tatbiq eta oladi.
a)Rivojlantiruvchi maqsad; TK2 Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi — mediamanbalardan zarur ma’lumotlarni izlab topa olishni, saralashni, qayta ishlashni, saqlashni, ulardan samarali foydalana olishni, ularning xavfsizligini ta’minlashni, media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirishni nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |