VIII.Yangi mavzuni mustahkamlash: Klaster, aqliy hujum usulidan foydalanish.
1.Propin molekulasidagi ikkinchi uglerod atomining gibridlanish turini
aniqlang.
2.Etan molekulasidagi sp3 gibridlangan orbitallar sonini toping.
3. Pentin-2 molekulasidagi sp3 gibridlangan orbitallar sonini aniqlang.
4. Geksen-1 molekulasidagi σ va π bog‘lar sonini hisoblang.
5.Butadiyen-1,3 molekulasidagi π bog‘lar hosil bo‘lishida ishtirok etgan
orbitallar sonini toping.
6. Siklopropan molekulasidagi sp3 gibridlangan orbitallar sonini hisoblang.
IX.Uyga vazifa: Mavzuga doir topshiriqlarga javob toppish.
7. Geksin-3 molekulasida bog‘ hosil bo‘lishida ishtirok etgan orbitallar
sonini toping.
8. 2,3-dimetilbuten-2 molekulasida bog‘ hosil bo‘lishida ishtirok etgan orbitallar
sonini toping.
9. Siklobutan molekulasida bog‘ hosil bo‘lishida ishtirok etgan orbitallar
sonini hisoblang.
23-DARS MAVZU:18-§. UGLEVODORODLARNING TABIIY MANBALARI. NEFT VA NEFTNI QAYTA ISHLASH MAHSULOTLARI
I.Darsning maqsadi:Ta’limiy maqsad: FK1-Kundalik turmushda sodir bo‘ladigan jarayonlarni kuzatish orqali kimyoviy jarayonlar, hodisalar haqidagi tushunchalarni biladi va bayon qila oladi;
organik birikmalarning tarkibi, olinishi, xossalari, qo‘llanilishini biladi va ularni tushuntira oladi;
Umumiy kimyo, organik kimyo kurslari asosiy qonuniyatlari, nazariyalari va organik birikmalarning muhim sinflari, ularning tuzilishi, xossalari, olinishi, biologik ahamiyatiga oid bilimlarni biladi, tushunadi va tushuntira oladi;
organik bilimlarni kundalik turmushda ishlatish sohalari, oziq-ovqat mahsulotlari tarkibi haqida biladi va tushuntira oladi.
FK2-Organik birikmalarning umumiy va oddiy vakilini tuzilish formulasi, gamologlari, izomerlarining travial, IYUPAK, ratsional nomlarini yozma va og‘zaki ifodalay oladi;
organik birikmalarning fizik va kimyoviy xossalarini, ularning olinishiga oid reaksiyalar tenglamalarini yoza oladi;
moddalarni tozalash usullari, texnika va turmushda ishlatiladigan kimyoviy moddalar bilan ishlash qoidalarini, ulardan foydalanishda ekologik madaniyatni biladi va amaliyotda qo‘llay oladi. a)Rivojlantiruvchi maqsad; TK1-Jamiyatda o‘zaro muloqotga kirishish uchun kundalik hayotda uchraydigan kimyoviy birikmalar va mazkur birikmalarning nomini faqatgina ona tilida emas, balki xorijiy tillarda ham bilish.
TK3-kimyo fani va undagi asosiy qonuniyatlar haqida bilish, doimiy ravishda o‘zini o‘z rivojlantirib, kamolotga intilish, kimyo bo‘yicha bilimlarni mustaqil ravishda oshirib borish.
b)Tarbiyaviy maqsad; TK5-organik kimyo fanining rivojlanish tarixi va bu yo‘nalishdagi Vatanimiz kimyo sohasining taraqqiyoti, o‘zbek kimyogarlarining olib borayotgan ishlaridan xabardor bo‘lish.
II.Dars turi:Aralash dars
III.Dars usuli:Aralash Fikrlar hujum.
IV.Dars jihozi:
a)Darslik
b)Tarqatmalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |