Fan xonalarida jihozlarning saqlanishi, maqsadli foydalanish ustidan qat’iy
nazorat o‘rnatish hamda o‘qituvchi, laborantlarning jihozlardan foydalanish
bo‘yicha malaka oshirish ehtiyojini o‘rganish va ta’minlash ta’lim muassasasining
Biologiya o’quv xonasini jihozlash va uni yil davomida boyitib borishni
hisobga olish, undan foydalanish uchun har doim tayyor holda turishini ta’minlash
Biologiya o’quv fanini DTS talablari asosida o’qitish, tirik organizmlar ustida
ko’rgazmali va amaliy usullarni qo’llash asosida mashg`ulotlar o’tkazishga imkon
beradigan moddiy bazani tashkil etishni talab etadi. Biologiya xonasi 2ta: dars olib
boriladigan xona, laboratoriya ishlari olib boriladigan, zarur jihozlar, asboblar,
jismlar, jadvallar saqlanadigan, “tirik tabiat burchagi” xonasidan iborat bo’ladi.
39
O’quv va laboratoriya xonalari kerakli asboblar bilan jihozlangan maxsus
xonalarda tashkil qilinadi. O’quv xonasi jihozlanganda fanining mazmunini to’liq
qamrab olgan bo’lishi kerak. Kabinet old tomonida doska, o’ng tomonida
televizor, chap tomoniga kompyuter qo’yiladi. Doskaning chap tomoniga o’simlik
va hayvon xujayrasi stend yoki modeli o’ng tomonida organik olam rivojlanish
evolyustiyasi, oyna tomoniga xonagullari, orqa tomoniga biologiyaning bo’limlari
bo’yicha shkaflar va bu shkaflarga har bir bo’limga tegishli bo’lgan jihozlar
qo’yish kerak. Shkafning tepa tomoniga biologiya faniga katta xissa qo’shgan
olimlar jumladan, E.P.Karovin, I.A.Raykova, T.Z.Zohidov, A.A.Muzaffarov,
Yo.X.To’raqulov, B.O.Toshmuhammedov, J.A.Musaev, A.Abdullaev kabilarning
portretlari qo’yiladi. Fan xonasi jihozlari alohida har bir biologiya fani talablariga
javob beradigan muayan tizimda joylashtirilishi lozim. Tajriba o’tkazish uchun
mo’ljallangan asboblar so’ngi fan texnika yutuqlari darajasida bo’lishi, texnik
estetikasi, xavfsizlik texnikasi, mehnat gigienasi talablariga javob berishi lozim.
Shu sababli o’quv va laboratoriya xonalari o’quv asbob uskunalaridan
foydalanishda zarur bo’lgan umumiy talablar mavjud.
1.Pedagogik talablar:
O’quv va laboratoriya xonalari, undagi jihozlar hamda vositalar darsda
o’rganiladigan mavzu mazmunini yoritishga, o’quvchilarning ob’ektlarning
tuzilishini to’liq tasavvur etishlariga yo’naltirilishi bilimlarni yodda saqlash va
amaliyotda qo’llashga yordam berishi, biologik ta’lim jarayonida ko’rgazmaviylik
prinstipini amalga oshirish, shuningdek ilg`or pedagogik va axborot texnikalarini
qo’llash orqali o’quvchilarning biologiya fani asoslarini puxta o’zalshtirishlari
uchun, o’kuv va amaliy ko’nikmalarini tarkib toptirishi, ularni mustaqil hayotga
tayyorlash va kasb tanlashlariga yordam berishi lozim.
Xonadagi o’quv jihozlarining barchasi ta’limning texnikaviy vositalari va
mehnat gigienasi hamda xavfsizlik texnikasi talablariga javob berishi lozim. O’quv
xonasida texnik vositalari (asboblar)ni ishlatish va saqlash qoidalarini eslatib
turuvchi (eslatmalar) bo’lishi kerak. Xavfsizlik texnikasi va gigiena talablariga
to’liq rioya qilish baxtsiz xodisalarni hamda turli kasalliklarni oldini olishning