Nega an'anaviy innovatsion rag’batlar uni pasaytirmaydi?
Bozor iqtisodiyotida innovatsiyalarga undashning odatiy usuli bu innovatorni intellektual mulk himoyasi bilan mukofotlashdir. Agar sizda yangi dori bo’lsa, bu sizga uni 15 yil davomida sotish imkoniyatini beradigan patentni kafolatlaydi. Boshqacha qilib aytganda, sizning mukofotingiz yaqin raqobat bilan to’sqinlik qilinmagan vaqt mobaynida istalgancha foyda olishdir. Bu tizim juda yaxshi ishlaydi. Global pandemiya oqibatlarini oldini olishga yoki to’xtatishga yordam beradigan innovatsiyalar bilan bog’liq asosiy muammo qarama-qarshilikdir - innovator foyda olishi uchun biz innovatorga innovatsiyadan ko’pchilik foydalana olmaydigan tarzda narx belgilashiga ruxsat berishimiz kerak. Bizning maqsadimiz undan keng miqyosda foydalanish bo’lgani uchun bu qarama-qarshilik ta'qiq bo’lib qoladi.
Vaksina ishlab chiqaruvchisi uchun qiyinchilik shundaki, vaksinaning arzon narxi ularning daromadini kamaytirsa, iqtisodiyot tiklanishi sababli boshqa firmalarga ko’proq foyda keltiradi. Ammo vaksina ishlab chiqaruvchisiga ushbu qiymatning bir qismini qaytarib olishga yordam beradigan aqlli g’oyalar mavjud. Mett Levinning quyidagi gaplarini inobatga oling :
"Agar men yirik indeks-fondlari kompaniyalarini boshqarganimda, va portfelimdagi farmasevtika kompaniyasi arzon narxlarda ishlab chiqarilishi mumkin bo’lgan to’liq patentlangan, Covid-19ga qarshi samarali vaksina ishlab chiqqan va dozasiga 50000 dollar to’lashi mumkin bo’lgan har kimga sotishni reja qilgan bo’lsa, men o’sha kompaniyani darhol chaqirib, "yo’q, siz bu tabletkani bepul berasiz, chunki Covid-19 ning tezda yo’qolishi va iqtisodiyotning tiklanishi qiymati - buning menga aviakompaniyalar, mehmonxonalar, restoran va chakana savdo kompaniyalari egasi sifatidagi qadri - sizning tabletkangizdagi foyda qiymatidan juda, juda kattadir."
Bu juda zo’r. Agar sizda COVID-19 vaksinasi borligini bilsangiz, u chiqqandan so'ng iqtisodiy portlash paydo bo'lishini va shu ma'lumot asosida fond bozoriga mablag’ kiritishingiz mumkinligini bilasiz. Bu sog'lom foyda keltirishi kerak. Afsuski, innovatorni rag'batlantiradigan foyda keltirishi uchun u juda katta miqdordagi kapitalni talab qiladi. Aytish kerakki, fond bozoridagi jarayonlarga tayanib muhim innovatsion ishlarni moliyalashtirish eng tavakkal ishlardan sanaladi.
(4) Jadvaldagi qiymatni hisobga olgan holda, boshqa variant - bozorga umuman e'tibor bermaslik va hukumatdan tadqiqot va ishlanmalarni olib borish xarajatlarini qoplash uchun grant va subsidiyalar taklif qilinishi. Bu, albatta, 2- Jahon urushidan keyin aksariyat mamlakatlarda olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar tizimining o'ziga xos belgisi bo'lgan. Qiyinchilik shuki, grantlar samarali sarflanayotganligini baholash juda qiyin. Natijada, boshqa manbalar bo'lmagan taqdirda, grantlarga imtiyoz beriladi - masalan, tijorat puli yo'q va mavhumlik darajasi yuqori bo'lgani ilmiy tadqiqotlar uchun - yoki tadqiqot dasturi va zarur xarajatlar samaradorligini baholash uchun tajriba mavjud bo'lgan joylar uchun. Biroq bu keyingi vazifa, mablag'lardan tezkor to'lovlarni amalga oshirishga o'zlashtirib bo'lmaydi. Shuning uchun, agar biron bir zarurat tug'ilsa, masalan, tadqiqot olib borilayotgan paytda odamlar halok bo'lsa, grantlar innovatsiyalarni yaratishda samarali vosita bo'lishi dargumon.
Do'stlaringiz bilan baham: |