9-sinf Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari. III chorak test
1. Ma’naviyat qanday qadriyat?
A) insonni ruhiy poklaydi B) Insonni yuksalishga da’vat etadi
C) Insonni ruhiy poklaydi, ichki olamini boyitadi, yuksalishga da’vat etadi, e’tiqodini mustahkamlaydi
D) Insonning e’tiqodini mustahkamlaydi
2. Ichki olami boy inson, bu - …
A) puli ko’p inson B) ma’naviyatli inson C) mol-mulki ko’p inson D) O’qimishli inson
3. “Milliy istiqlol g’oyasi va ma’naviyat asoslari” fanining manbasi nima?
A) Insonlar dunyoqarashi B) I.Karimov asarlarida
C) Milliy qadriyatlarda D) Milliy va umubashariy qadriyatlarda
4. Milliy istiqlol mafkurasining ma’no mazmunini nima belgilaydi?
A) milliy qadriyatlar B) Xalqning boy va milliy tarixi
C) umumbashariy qadriyatlar D) axloq va odob
5. “Tarixni bilmay turib…” fikrni to’ldiring
A) o’tmishni bilib bo’lmaydi B) kelajakni ko’rib bo’lmaydi
C) xalqni bilib bo’lmaydi D) mafkuraning falsafiy negizlarini anglab bo’lmaydi
6. Milliy mafkura nimalardan oziqlanadi?
A) Umumbashariy qadriyat va xalq og’zaki ijodidan B) Umumbashariy qadriyatlardan
C) Milliy qahramonlarimizning ibratli hayotidan D) Millatdan
7. Milliy istiqlol mafkurasining tarixiy ildizlari deganda nimani tushunasiz?
A) Xalqning o’tmishi, ajdodlarimizxning ibratli hayot yo’li, tafakkur tarixi, amaliy faoliyati
B) Xalqimizning bunyodkorligi, yaxshi urf odatlari
C) Xalqimizning ajoyib an’analari
D) Qadriyatlarimiz majmui
8. Mafkuraning tarixiy ildizlari qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan
A) mifologik, falsafiy, ilmiy B) diniy, dunyoviy, falsafiy
C) mifologik, diniy, dunyoviy D) dunyoviy, siyosiy, madaniy
9. Strategik yo’l- bu……
A) uzoqqa mo’ljallangan umumiy maqsad B) rivojlanish yo’li
C) taraqqiyot sari intilish. D) Sabr-bardoshli bo’lish
10. Rivojlangan mamlakatlarda jamiyat mafkurasi nimaga asoslanadi?
A) Umuminsoniy qadriyatlar va demokratik tamoyillarga
B) Faqat milliy qadriyatlarga C) irqchilik va ekstremizmga
D) ilmiy kashfiyot va iqtisodiy imkoniyatlarga
11. Mafkura tushunchasi nimani bildiradi?
A) Insonlarni birlashtiruvchi g’oya B) Turli g’oyalarni o’z ichiga oluvchi nazariya
C) Xalqning manfaati, orzusini va unga erishish yo’llarini o’zida mujassam etgan g’oyalar tizimi va g’oyani amalga oshirish usuli D) Faqat g’oyani amalga oshirish usuli
12. Milliy mafkura asosini nima tashkil etadi?
A) Muayyan g’oya B) do’stlik, tinchlik, farovonlik C) Haqiqat va qonuniyatlar
D) Xalqning o’z oldiga qo’ygan maqsadiga erishish yo’llari va vositalari tizimi
13. Milliy istiqlol mafkurasining bosh g’oyasi nima?
A) do’stlik, hamjihatlik B) Vatanni sevish, ardoqlash, asrash C) mehnatsevarlik, halollik, poklik
D) Ozod va obod Vatan, erkin va faroovn hayot barpo etish
14. O’zbekiston xalqlarining bosh strategik maqsadi nima?
A) Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etish B) Jaholatga qarshi ma’rifat
S) Kuchli davlatdan kuchli jamiyatga o’tish D) Inson manfaatlarini hamma narsadan ustun qo’yish
15. “Ozodlik” tushunchasining milliy istiqlol mafkurasi bosh g’oyasida yetakchi o’rin tutishining sababi nimada?
A) bu so’z mustaqillik va istiqlolni ifoda etadi B) Xalqning orzusini ifodalaydi
C) Yorug’ kelajakdan darak beradi D) O’zbek tilidagi oddiy so’z
16. Istiqlol mafkurasining bosh g’oyasi qaysi qatorda to’g’ri ko’rsatilgan?
A) Ozod va obod Vatan, erkin va faroovn hayot B) bir partiyaning ilg’or g’oyasi
C) Diniy idora va tashkilotlar o’rtasidagi hamkorlik D) Milliy valyutani muomalaga kiritish g’oyasi
17. I.A.Karimovning “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” asari qachon chop etilgan?
A) 2000-yil B) 2005-yil C) 2008-yil D) 2009-yil
18. Maqolni davom ettiring. “Bolalilar bosh bo’lar, bolasizlar ....bo’lar”
A) tosh bo’lar B) qosh bo’lar C) yosh bo’lar D) bardoshli bo’lar
19. Bunyodkor va vayronkor g’oyalar o’rtasida farq bormi?
20. Ulug’ insonlar, buyuk allomalar o’zga yurtlarda yashaganlarida ularga qanday g’oyalar madad berib turgan?
21. Komillik tushunchasi qanday ma’noni anglatadi?
22. Qanday insonlarni komil inson deymiz?
23. Birov o’g’irlay olmaydigan, o’z egasi uchun tuganmas davlat nima?
24. Ajdodlarni xotirlash, hurmat va ehtirom ramzi sifatida belgilangan tadbir , bu …
25. Xotira va qadrlash kuni qaysi sanada nishonlanadi?
Do'stlaringiz bilan baham: |