Mustahkamlik, pishiqlik tor maʼnoda — materiallar (metall, yogʻoch, temir-beton va boshqalar)ning tashqi kuch taʼsirida yemirilishga chidamlilik xususiyati; ken g maʼnoda — materiallarning ham yemirilishga, ham shaklini oʻzgartirishga (plastik deformatsiya, yaʼni qaytmas shakl oʻzgarishiga) qarshilik qilish xossasi. Materi-alning ham tashqi kuch, ham ichki kuch taʼsirida ("oʻz-oʻzidan") yemirilishga chidamliligi pishiqlik deb ataladi. Pishiklik M.ni ham oʻz ichiga oladi. M. jismni tashkil qiladigan atomlar, molekulalar va ionlarning oʻzaro taʼsirlashuv kuchlariga (bu kuchlarning kattakichikligiga) bogʻliq boʻladi. M. faqat materialning oʻziga emas, balki uning qanchalik zoʻriqqanligi (choʻzilganligi, qisilganligi, egilganligi vab.)ga, materialdan foydalanish sharo-iti [tra, kuch taʼsir etish tezligi va takrorlanish (sikllari) soni, atrof muhitning taʼsiri va boshqa]ga ham bogʻliq boʻladi.
Yuqorida aytib oʻtilgan omillarning qaysi biri mavjudligiga qarab, M. pishiklik chegarasi, oquvchanlik chegarasi, toliqish chegarasi va boshqa oʻlchovlar bilan ifodalanadi. Materiallarning M.gi chegaralari qiymati davlat standartlarida belgilab qoʻyiladi. M. shu qiymatga yetganda materialdan foydalanish xavfli hisoblanadi. Materiallarning M. chegarasi N/m2 (yaʼni muayyan yuzaga taʼsir qiladigan kuch) bilan oʻlchanadi.
Materiallarning M.gini oshirish juda muhim tadbir qisoblanadi. Buning uchun materialga termik (issiqlik) yoki mexanik ishlov beriladi, qotishmalarga legirlovchi qoʻshimchalar qoʻshiladi (qarang Legirlash), material radioaktiv moddalar bilan nurlantiriladi, armaturalar va boshqa mustahkamlovchi elementlar bilan kuchaytiriladi (mas, temir-beton materiallarda beton ichiga temir armaturalar qoʻyib ketiladi).
Materiallarning M.gi masalalari bilan materiallar qarshiligi fani shugʻullanadi. Bironbir materialni muayyan bir maqsadda ishlatish uchun (mas, mashina detallari yasash, imorat qurish, relyelar tayyorlash va boshqalar) u M.ka sinab koʻriladi (qarang Materiallarni sinash). Buning uchun turli usullar, asboblar, mashinalar, stendlar, hisobkitoblar, formulalardan foydalaniladi. Sinash natijalari davlat standartlari koʻrsatkichlariga, albatta, mos kelishi shart.[1]
3. Sterjenlarda hosil bo`ladigan zo`riqish kuchlarining soni yoki sistemada hosil bo`ladigan noma'lum reaksiya kuchlarining soni statitikaning muvozanat tenglamalari sonidan ortiq bo`lgan sistema statik aniqmas sistema deb ataladi. Bunday sistemalarning sterjenlaridagi noma'lum zo`riqish kuchlarini yolg`iz statitikaning muvozanat tenglamalari yordamida aniqlab bo`lmaydi. Shuning uchun bunday masalalarga statik aniqmas masalalar deyiladi. Statik aniqmas masalalarni yechish uchun statikaning muvozanat tenglamalari tuziladi, so`ngra «ortiqcha» nama'lumlarning soni ya'ni noma'lum zo`riqish kuchlari statitikaning shu masalaga tegishli muvozanat tenglamalaridan qancha ortiqligi topiladi. Shundan keyin sistema deformasiyasining shartidan foydalanib qo`shimcha tenglamalar soni topiladi, qo`shimcha tenglamalarning soni albatta ortiqcha noma'lumlar soniga to`g`ri kelishi kerak.
Masalaning statik aniqmaslik darajasi «ortiqcha» noma'lumlar soni bilan belgilanadi.
Sterjenning deformasiyasi uning o`lchamiga va materialning elastik xossalariga bog`liq bo`lganligidan unda hosil bo`ladigan zo`riqish kuchlari ana shu faktlarga albatta bog`liqdir.
Misol tariqasida 6,1 –rasm, a da ko`rsatilgan sistemani tekshiramiz. Materialning qarshiligini kesish usulidan foydalanib, uning uchta sterjenida N1,N2, va N3 elastik kuchlar noma'lum ekanini bilib olamiz (6,1-rasm b).
Bu sistema tekislikdagi parallel kuchlar sistemasi bo`lgani uchun faqat ikkita muvozanat tenglamasi yozish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |