32.
Matematika o'qituvchisi darsga tayyorgarlik ko'rishni o'quv yili boshida o'ziga ajratilgan sinf dasturiga ko'ra yillik ba'zan yarim yillik ish rejasini tuzishdan boshlaydi. Bundan tashqari, har bir matematika darsi uchun alohida ish rejasini tuzadi. Matematikaga doir ish rejada har bir mavzuning asosiy savollari, bu sivollarni o 'tish uchun ajratilgan soatlar va o'tilish muddati ko'ratilgan bo'lishi kerak. Matematikadan tuzilgan ish rejada har bir mavami o'tish uchun qanday ko'rgazmali qurollardan foydalanish va qanday amaliy xarakterdagi misol hamda masalalarni yechish ham ko'rsatilgan bo'lishi maqsadga muvofiqdir. Matematikadan tuzilgan ish rejani maktabdagi o'quv metodika hay'ati muhokama qiladi va maktab dircktori tomonidan tasdiqlangan u rasmiy hujjatga aylanadi va ana shu tasdiqlangan reja asosida o 'qituvchi matematika darsining har bir mavzusini o'tadi, maktab rahbariyati ham ana shu tasdiqlangan ish reja asosida o'qituvchining o'quv faoliyatini tekshiradi. O'qituvchi har bir dars uchun mavzu yuzasidan ish rejani tuzishda quyidagilarga ahamiyat berish kerak bo 'ladi.
Mavzu va uning shu darsda o 'rganiladigan qismi ko'rsatiladi.
Uy vazifasi qanday tekshiriladi?
Qaysi o'quvchilardan so'raladi?
Sinfdagi o'quechilar uchun qanday mustaqil ishlar heriladi val qanday vaqtda beriladi?
Yangi mavzu bayoni ko'rsatiladi, o'quvchilarga qanday metod orqali tushuntirilishi va qaysi yerlarini yozishligi belgilanadi?
O'tilgan yangi mavzuni mustahkamlash uchun beriladigan savollar yoki misol va masalalar yozib qo'yiladi.
Uyga beriladigan vazifa, mavzu paragrafi, misol va masala nomerlari hamda o'quvchilarga beriladigan ko'rsatmalar yozib qo'yiladi. O'qituvchi har bir dars oxirida o'quvchilar bilan birgalikda bugungi darsni yakunlashi va o'quvchilar bilimini tekshirishi lozim. O'qituvchi har bir darsning mazmunini yaxshi o'ylab, rejalashtirsagina o'quvchilar chuqur matematik bilimga ega bo 'ladi.
Bizga ma'lumki, har bir dars quyidagi bosqichlardan iborat edi.
O'tilgan darsni o'quvchilardan so 'rash va uni mustahkamlash.
Yangi mavzuni o'qituvchi tomonidan tushuntirish va uni mustahkamlash.
Uyga vazifa berish.
Ana shu asosiy uch bosqichni amalga oshirishda o'qituvchining ilmiy-metodik faoliyati maydalab mantiqiy tahlil qilinadi.
O'tilgan darsni o'quvchilardan so'rash paytida, o'qituvchi tomonidan o'quvchilarga mavzu yuzasidan berilgan savollar to' bo'Idimi yoki yo'qmi?
Doskaga chiqqan o'quvchilarga savollar to'g'ri berildimi, qo'shimcha savollarchi?
Ularning bilimlarini baholashda o 'qituvchi reyting mezonion rioya qildimi, o'quvchilarning javoblari o'qituvchi tomonidan tahlil
O'tilgan mavzuni o'quvchilardan so'rash uchun o'qituv vaqt sarf qilmadimi?
Tarqatma materialni yechib bo 'Igan o'quvchilarning bilim q hahnlandi?
Do'stlaringiz bilan baham: |