TEST
1.Buxgalteriya hisobi schyotlari nima?
a) iqtisodiy axborotlarni taqsimlash hamda ikki yoqlama yozish imkonini beruvchi buxgalteriya hisobi usullaridan biri;
b) debet va kredit tomonlariga ega va alohida raqam bilan belgilangan normativ hisob hujjati;
c) (a) va (b) javoblar birgalikda to’g’ri;
d) balans moddalari.
2.Buxgalteriya hisobida baholash deganda nimani tushunasiz?
a) xo’jalik mablag’lari va tashkil topish manbalarini ma’lum sanaga qiymat ko’rsatkichida aks ettirish;
b) aktivlarni pul ko’rinishida aks ettirish;
c) sanash, tortish, o’lchash usullaridan foydalanib, hisob ma’lumotlari bilan taqqoslash;
d) barcha javoblar to’g’ri.
3. Ikki yoqlama yozuv nima?
a) bir vaqtning o’zida xo’jalik muamolalarining ikki schyotning qarama - qarshi tomonida aks ettirish;
b) bir schyot debetlansa ikkinchi schyot kreditlanadi;
c) buxgalteriya hisobi ikki yoqlama yozuvlar qo’llanilmaydi;
d) barcha javoblar to’g’ri.
4. Sintetik hisob nima?
a) xo’jalik mablag’lari va tashkil topish manbalarini bir vaqtda umumlashgan tarzda qiymat ko’rinishda aks ettirish;
b) xo’jalik mablag’lari va manbalarini ham qiymat ham natura ko’rinishda aks ettirish;
c) qo’shimcha hisob;
d) barcha javob to’g’ri.
5. Buxgalteriya hisoboti nima?
a) qiymat ko’rsatkichlarida aks ettirilgan xo’jalik mablag’lari va tashkil topish manbalarini ma’lum sanaga umumlashtirish;
b) xo’jalik muomalalarini qiymat ko’rinishda aks ettirish;
c) hisobotga ta’rif berilmaydi;
d) barcha javob to’g’ri.
6. Buxgalteriya hisobi to’g’risidagi qonun qachon qabul qilindi?
a) 1995 yil 27 yanvar b) 1994 yil 26 mart
c) 1995 yil 4 aprel d) 1996 yil 30 avgust
7. Xo’jalik mablag’larining tashkil topishi manbalari qanday turkumlanadi?
a) korxona o’z mablag’larining manbalari;
b) kredit va qarzga olingan mablag’larning manbalari;
c) ijtimoiy mahsulotni taqsimlashga doir majburiyatlar yoki hisob – kitoblar;
d) barcha javob to’g’ri.
8. Quyidagi tengliklarning qaysi biri balansni ifodalaydi?
a) uzoq muddatli aktivlar = majburiyatlar;
b) joriy aktivlar = kapital;
c) aktiv = majburiyatlar+kapital;
d) majburiyat = aktiv.
9. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonalarda buxgalteriya hisobi necha qismga bo’linadi ?
a) Moliyaviy hisob va statistik hisob;
b) Boshqaruv hisobi va dinamik hisob;
c) Buxgalteriya hisobi;
d) Moliyaviy va soliq hisobi.
10. Buxgalteriya hisobi usullarini aniqlang?
a) Hujjatlashtirish, ikki yoqlama yozuv, baholash, kalkulyatsiya, inventarizatsiya, schyotlar tizimi, balans, hisobot;
b) Hujjatlashtirish, ikki yoqlama yozuv, baholash, kalkulyatsiya, inventarizatsiya, schyotlar tizimi, balans;
c) Hujjatlashtirish, ikki yoqlama yozuv, baholash, kalkulyatsiya, inventarizatsiya, balans, hisobot;
d) Ikki yoqlama yozuv, baholash, kalkulyatsiya, inventarizatsiya, schyotlar tizimi, balans, hisobot.
1 - masala. Quyida keltirilgan vaziyatlar bo‘yicha buxgalter tomonidan amalga oshirilishi zarur bo‘lgan harakatlar va qarorlarni qabul qilish uchun foydalaniladigan buxgalteriya hisobining tamoyillarini aniqlang.
1.Avtomobilning balans bahosi 25 000 000 so’mni tashkil etadi. Kompaniyaga uning uchun 27 000 000 so’m taklif etildi.
2.Kompaniya balans bahosi 400 000 mln. so’m bo’lgan binoni sotishga qaror qildi. Uning bozor bahosi 500 000 mln. so’mdan 600 000 mln. so’mgacha narx oralig’ida o’zgarib turibdi.
3.Kompaniya shubhali deb hisobdan chiqarilgan mijoz qarzini undirib olish bo’yicha kelishuvga erishdi.
2 - masala. Xarflar bilan belgilangan quyidagi tamoyillar va sifat tavsiflaridan qaysi biri keltirilgan moddalarni boshqarish uchun qo’llaniladi:
a) O’z vaqtida taqdim etish;
b) Solishtirish imkonining mavjudligi;
c) To’liq yoritish;
d) Ehtiyotkorlik (konservatizm);
d) Baholash;
e) Muhimlik;
j) Haqqoniy taqdim etilishi.
1. _____ 2019 va 2020 yillarda tovar moddiy zaxiralarini hisobga olishning bir xil usullari qo’llanilishi.
2. _____ Buxgalteriya balans tuzish muddatiga kompaniyaning rasmiy xech qanday majburiyatlari bo’lmasada, sudda kompaniya majburiyati vujudga kelishi mumkinligi haqidagi tushuntirish yozuvlari moliyaviy hisobotlarda keltirilishi.
3. _____ Chakana savdo do’koni oylik moliyaviy hisobotlarni tayyorlash maqsadida tovar moddiy zaxiralari to’liq jismoniy hisobini amalga oshirmay, hisob ma’lumotlaridan foydalanishi.
4. _____ tovar moddiy zaxiralari tannarx yoki bozor qiymatidan eng past baho bo’yicha baholanishi.
5. ______ yirik ishlab chiqarish korxonalarida foydalanadigan kichik uskunalarning xarajat sifatida aks ettirilishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |