43-вариант
1. Бухгалтерия ҳисобининг предмет ва усуллари.
2. Бухгалтерия балансига қўйилган асосий талаблар.
3. Счётларнинг туркумланиши.
43,1)Buxgalteriya hisobining predmeti umumlashgan holdagi aniq
buxgalteriya obyektlaridan tashkil topgan (yig‘ilgan) tashkilot
faoliyatidir. Unga:
· korxonaning mulki (asosiy mablag‘lar va nomoddiy
aktivlar, natural va pul ko‘rinishidagi KTB (kam baholi va tez
eskiruvchan buyumlar va pul mablag‘lari);
· bu mulkning paydo bo‘lish omillari;
· korxonaning xo‘jalik operatsiyalarida aks etadigan faoliyatlari jarayoni kiradi.
Mulk deganda moddiy va pul boyliklarining qo‘shilishi shuningdek, boshqa tashkilot va shaxslar bilan yuridik aloqalar
tushuniladi (majburiyat).
Xo‘jalik operatsiyalari alohida xo‘jalik harakatlari bilan tasniflanadi va tarkibda o‘zgarish keltirib chiqaradi, mulk va uni
paydo qiluvchi omillarning joylashuvi. Shu bilan birga xo‘jalik
operatsiyalari quyidagilarga ta’sir qilishi mumkin:
· faqat tashkilotning mulkiga;
· faqat uning paydo bo‘lish omillariga;
· bir vaqtning o‘zida mulk va uning omiliga
Buxgalteriya hisobi uslublari o‘z ichiga qator elementlarini
olgan buxgalteriya hisobini o‘rganish usullaridir. Ular quyidagicha:
· hujjatlashtirish;
· inventarizatsiya;
· baholash;
· mahsulot, ish, xizmatni hisoblab chiqish (kalkulyatsiya);
· schyotlar tizimi;
· ikkiyoqlama yozuv;
· balans;
· moliyaviy hisobot;
· offsetting (moddalarning o‘zaro sinovlari).
43,2)Buxgalteriya balansiga qo’yiladigan asosiy talablar uning to’g’riligi, realligi, yaxlitligi, izchilligi va tushunarligidir.
Balansning to’g’riligi balansni tuzishda asoslanadigan hujjatlarning to’laligi va sifati bilan ta’minlanadi. Agar hisobot davrida xo’jalik faoliyatining barcha faktlari o’z vaqtida hujjatli rasmiylashtirilmagan yoki noto’g’ri rasmiylashtirilgan bo’lsa, unda balans korxona ishining haqiqiy yakunini aks ettirmaydi. Buxgalteriya balansining har bir moddasi hujjatlar, buxgalteriya hisobraqamlaridagi yozuvlar, buxgalteriya hisob-kitoblari va inventarlash bilan tasdiqlangan bo’lishi kerak. Buxgalteriya balansi ma’lumotlarini qasddan buzish – niqoblash deyiladi. Balansni niqoblash qoida buzishlarni yashirish maqsadida yoki korxona faoliyatining ayrim tomonlarini bo’rttirib ko’rsatish maqsadida atayin va balansni tuzish bo’yicha ayrim qoidalardan bexabarlik oqibatida bilmasdan qilingan bo’lishi mumkin.
Balansning realligi moddalar bahosining ob’yektiv voqelikka muvofiq kelishini anglatadi. Balansning “to’g’riligi” va “realligi” tushunchalarini bir-biriga aralashtirmaslik kerak. Balans to’g’ri, ammo noreal bo’lishi mumkin, ya’ni balans ma’lumotlari hujjatlar asosida tuzilgan bo’ladi va haqiqiy mavjud mablag’larni ko’rsatadi, ammo uning ayrim moddalari real holatni, masalan, asosiy vositalar – ma’naviy eskirganligi, debitorlik qarzni talab qilib olib bo’lmasligi va shu kabilarni ko’rsatmaydi.
Balansning birligi balansni yagona hisobga olish va baholash tamoyillari bo’yicha tuzilishini, ya’ni korxonaning barcha tarkibiy bo’linmalarida va tarmoqlarida buxgalteriya hisobi hisobraqamlari (schyot)ning yagona nomenklaturasi, hisobraqamlarning bir xildagi mazmuni, ularning korrespondensiyasi va shu kabilar qo’llanilishini anglatadi.
43,3)Hamma buxgalteriya hisoblari balansga nisbatan quyidagi
guruhlarga bo‘linadi:
1. Doimiy schyotlar.
2. Aktiv schyotlar.
3. Passiv schyotlar.
4. Kontr-aktiv.
5. Kontr-passiv.
6. Tranzit schyotlar.
7. Balans orti schyotlari
Schyotlarning bu guruhlari quyidagi qoidalarga amal qiladi:
1) Doimiy schyotlar – hisobot davri oxirida saldo qoladigan
hamda majburiyat va kapitallar buxgalteriya hisobida aks etadigan aktivlar schyoti. Doimiy schyotlar aktiv va passiv, kontraktiv va kontr-passivga bo‘linadi;
2) Aktiv schyot (A) – iqtisodiy resurslarning ko‘payishi
schyotning debeti bo‘yicha, kamayishi – kredit bo‘yicha aks
etadigan schyot;
3) Passiv schyot (P) – majburiyat va kapitalning ko‘payishi
schyotning krediti bo‘yicha, kamayishi — debeti bo‘yicha aks
etadigan schyot;
4) Kontr-aktiv (KA) schyot – moliyaviy hisobotlarda aks
ettirilgan aktivning sof qiymati aktiv schyot bilan bog‘liq saldodan saldo hisoblaydigan schyot;
5) Kontr-passiv (KP) schyot – moliyaviy hisobotlarda aks
ettirilgan majburiyat yoki kapitalning sof qiymati passiv schyot
bilan bog‘liq bo‘lgan saldodan saldo hisoblaydigan schyot;
6) Tranzit schyot (T) – hisobot davrida foydalaniladigan
biroq hisobot davri oxirida berkitiladigan, qoldiqsiz. Moliyaviy
natijalar hisobotida aks etadigan foyda va chiqimlarning vaqtinchalik schyoti;
7) Balans orti schyotlari (BO) – aktivlarning mavjudligi va
harakati haqidagi ma’lumotlarni korxonaga taalluqli bo‘lmagan,
lekin vaqtincha uning ixtiyorida bo‘lgan shartli huquq va
majburiyatlarni umumlashtirishga mo‘ljallangan schyotlar. Bu
schyotlar boshqa schyotlar bilan korrespondensiyalanmaydi
(o‘zaro aloqasi yo‘q), xo‘jalik yurituvchi subyektlarning
moliyaviy hisobotlarida aks ettirilmaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |