1. Bu aytilayotgan va ko’rilayotgan
masalalar nafaqat bizga, balki sizlarga ham tegishlidir.
So’z birikmalari sonini aniqlang.
A) 5 ta B) 4 ta C) 6 ta D) 3 ta
2. Tunda boqsam, oydasan,
Soyga boqsam, soydasan.
Ayt-chi, o’zing qaydasan,
O’zimning intizorim?
Otlar tarkibidagi sintaktik shakl yasovchi qo’shimchalar sonini aniqlang.
A) 6 ta B) 14 ta C) 12 ta D) 8 ta
3. Qaysi gapda o’zaro shakldosh qo’shimchalar uchraydi?
A) Seni izzatlaganlari bizni izzatlaganlaridir.
B) Ular keluvchilarni birma-bir sanashadi.
C) Tirnog’iga igna tiqib qiynoqqa solisharkan.
D) Intilmoqda yaxshi yashamoq uchun.
4. Qaysi javobda quyida berilgan gapdagi juft so’zlarning sintaktik vazifasi to’g’ri ko’rsatilgan?
Yakshanba kuni birin-ketin o’g’il-qizlar, nevara-kelinlar yig’ila boshlashdi.
A) to’ldiruvchi, ega B)
faqat ega
C) aniqlovchi, ega D) hol, ega
5. Qaysi gapdagi maqolda ravishdosh qo’llangan?
A) ko’pdan ayrilganni bo’ri yer.
B) Ona yurting omon bo’lsa,
Rangi ro’ying somon bo’lmas.
C) Yeridan ayrilgan yeti yilyig’lar,
Elidan ayrilgan o’lguncha yig’lar
6. Ochiq bo’g’inida undoshlarning faqat portlovchi turi qo’llangan so’zlar qatorini aniqlang.
A) bahra, taraf B) kunda, ko’ngil
C) qayta, tanla D) birga, jirafa
7. Boshimda o’ynar qamchilar, qon ko’zlarimdan
tomchilar, bir benavo gul yanchilar, ozodkorim kelmasa.
Ushbu qo’shma gap tarkibidagi sodda gaplarda qo’llangan mustaqil kesimlar sonini aniqlang.
A) 2 ta B) 3 ta C) 4 ta D) 1 ta
8. Qaysi javobda noto’g’ri fikr berilgan?
A) shart maylidagi istak gaplar
nomustaqil kesim shaklidir
B) shaxs-son va zamon shakllaridagi fe’l kesimlar nomustaqil kesim shaklidir
C) bog’lamasiz va bog’lamali ot kesimlar nomustaqil kesimlardir.
D) barcha javoblarda noto’g’ri fikr berilgan.
9. Sening-la endi porloq kelajagin tasavvur etolmas hech kim. Ushbu gapda necha o’rinda fonetik hodisa kuzatiladi?
A) 4 ta B) 6 ta C) 3 ta D) 5 ta
10. Qaysi paytda ega va ot kesim orasida tire qo’yilmaydi?
A) eganing ma’nosi ta’kidlab ko’rsatilganda
B) ot kesim belgi-xususiyat bildiruvchi so’z bilan ifodalanganda
C) ega ko’rsatish olmoshi bilan ifodalanganda
D) A va C javoblar konkret to’g’ri
11. O’sha ko’zi ojiz kishining gaplaridan ma’lum bo’ldiki, qo’lingdagisi naqd, boshqasi– sarob. Ushbu gapda qaysi so’zlar ega vazifasida kelgan?
A) o’sha, naqd,
boshqasi
B) shu, qo’lingdagisi, boshqasi
C) ko’zi, boshqasi D) qo’lingdagisi, boshqasi
12. Murakkab ot-kesim qatnashgan gapni toping.
A) Biz institutga kirish uchun qattiq o’qib turibmiz.
B) Uyat o’limdan qattiq.
C) Mashg’ulotlar haftada uch marta o’tiladigan bo’ldi.
D) Uzoqda ko’ringan narsa xurjun emas ekan.
13. Sarg’aygan
gul yaproqlariga,
Dilim chizar ishqning xayolin. She’rdagi so’z birikmalarining nechtasida tobe so'z hokim so’zga kelishiklar yordamida birikkan?
A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 2 ta
.
14. Qaysi qatorda vazifadosh ko’makchi tobe bog’lanishda ishtirok etgan?
A) Chol butun e’tibori bilan o’smir yigitga uzoq razm soldi.
B) Opasiga qaraganda singlisi ancha mulohazali, bosiq va xushro’y edi.
C) Osmon qadar ilm bo’lsa senga yor,
Kamtarlikda tuproq senga o’rnak, yor.
D) Quyosh nuri zamin uzra taralar hamon.
15. Qaysi qatordagi gapda so’zlarning birikish jarayonida boshqaruv usuli ishtirok etmagan?
A) So’zga benazir kishi mayda bir maqsadni uzoq so’zlab bayon qildi.
B) Cho’lpon o’zbek she’riyatiga yangi usul olib kirdi.
C) Otang mirob bo’lsa ham, ariqni tozalab suv ich.
D) Nutqi asal kishining mehribon odamzodi ham ko’p bo’ladi.
16.Hozir shu zulm va avvalgi adovat tikanlari o’zining ilk mevasini berdi.
Ushbu gapda nechta bitishuvli so’z birikmasi mavjud?
A) 3 ta B) 2 ta C) 5 ta D) 4 ta
17. Yomg’ir yog’ishi ehtimol, qizim,
hozir bulutlardan, qushlardan ma’lumot olish qiyinligini bilasan.
Ushbu gapda moslashuvli bog’lanishlar soni nechta?
A) 1ta B) 3 ta C) 2 ta D) 4 ta
18. Murakkab fe’l kesimli gap berilgan javobni aniqlang.
A) Tun o’z o’rnini tongga bo’shatib berdi.
B) U paytlarda xo’jalikda ko’zga ko’rinadigan muhtasham imoratning o’zi yo’q edi.
C) Ma’lumki, koinotdagi barcha narsa muayyan va ma’lum qonunga bo’ysunadi.
D) Ilm o’rganmoq – e’tiqodni mustahkamlash uchundir, ammo boylik orttirmoq uchun emas.
19. Otamday rozi bo’l, onamday sevgin,
Men
ham senikiman, o’ksik qizingman.
Bag’ringda ming yillik toshlar to’sig’in
Yorib chiqayotgan bir ildizingman.
She’riy parchada fonetik o’zgarishga uchragan nechta yasama so’z ishtirok etgan?
A ) 2 B) 3 C) 1 D) 4
20. Mazkur bog’lar Samarqanddagi boshqa bog’lardan o’zining tarovati, ulug’vorligi hamda go’zal nafosati bilan ajralib turar edi.
Ushbu gapda nechta otli so’z birikmasi mavjud?
A) 6 ta B) 5 ta C) 7 ta D) 8 ta