14.Ishlab chiqarishdagi nodavlat sektorining ulushi qanday, uning o‘zgarish dinamikasini izohlang.
Javob
Hozirgi sharoitda biznes va tadbirkorlikning tashkiliy shakllari kichik biznes korxonalari va mikrofirmalar, qishloq xo‗jaligida esa fermer va dehqon xo‗jaliklari hisoblanadi. 1999 yilda ularning umumiy soni respublika bo‗yicha 150,8 mingta, 2000 yilda 175,6 mingta, 2003 yilda 240 mingta bo‗lgan bo‗lsa, 2005 yil boshida 280 mingtaga etdi.
15.Kichik biznesning aholi bandligini ta’minlashdagi o‘rni qanday?
Javob
Kichik biznes (KB) korxonalari eng arzon, oson boshqariluvchi bozor kon‘yunkturasi o‗zgarishlariga tez moslashuvchan sub‘ektlar hisoblanadi. Ular yirik korxonalardan farqli o‗laroq, atrof-muhitning yomonlashuviga kam ta‘sir ko‗rsatadi, jiddiy ekologik muammolarga olib kelmaydi. Kapital sig‗imining kichikligi va moslashuvchanligi tufayli biznes va tadbirkorlik sohasi korxonalari ishlab chiqarishni modernizatsiyalash va chiqarilayotgan mahsulot assortimentini yangilashda yirik korxonalarga nisbatan ko‗proq muvaffaqiyatga erishadi va demak, bozor talabiga
tezroq moslashib oladi.Fan-texnika taraqqiyoti kuchayib, yuqori texnologiyalar, mehnat qurollari va asbob-uskunalar tez-tez o‗zgarib turgan iqtisodiyot globallashuvi – hozirgi kunda biznes va tadbirkorlik korxonalari yaratilayotgan va faoliyat ko‗rsatayotgan muhit
aynan shundaydir. Boshqaruv xarajatlarining nisbatan kamligi, faoliyatning ko‗p funksionalligi iqtisodiy muvaffaqiyatga tez erishish imkoniyatlari KB va tadbirkorlik korxonalarini jamiyatning iqtisodiyot strukturasida ustivor bo‗lishini belgilab beradi.
16.Kichik va o’rta biznesning farqli jihatlari
Javob
Kichik va o‗rta biznes, xususiy tadbirkorlik iqtisodiyotning nodavlat sektorida karvonboshi hisoblanishi shubhasiz, albatta. Bundan tashqari, muhim struktura yaratuvchi omil sifatida KB korxonalari iqtisodiyotning nodavlat sektori rivojlanishiga bevosita ta‘sir ko‗rsatadilar. O‗zbekistonda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning ustuvor yo‗nalishlari qatoriga xususiy tarmoq va kichik tadbirkorlikni (biznesni) (KB) rivojlantirish kiradi. SHu nuqtai nazardan ham ularni rivojlantirishni jadallashtirish va YAIMdagi ulushini ko‗paytirish, bozor iqtisodiyotiga mos tovar va xizmatlar bozorini shakllantirish hamda mahsulot eksportini oshirishda asosiy vazifalar quyidagilar hisoblanadi: davlat tashkilotlarini xususiy tadbirkorlik faoliyatiga aralashuvini cheklash, xususiy tadbirkorlarni resurslar va sotish bozorlarida ishtirokini kengaytirish, moliyaviy qo‗llab-quvvatlash va qo‗shimcha soliq imtiyozlarini joriy etish.
Do'stlaringiz bilan baham: |