1-босқич (30 минут)



Download 1,63 Mb.
bet6/6
Sana22.02.2022
Hajmi1,63 Mb.
#99946
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Ахборот ва мураббийлик соати УЗБЕК

4-босқич (20 дақиқа)


I.Yusupovning «O’ylar girdobi» poemasi
1990-yillari qoraqalpoq adabiyotida I.Yusupov, O’.Sarsenbayev, A.O’tepbergenov, B.Kaypnazarov, O.Satbaev, I.Qurbanbayev, J.Serjanov, P.Qosekeev, R.Ernasheyeva,J.Dilmuratov, G.Ibragimova, A.Abdimuratov, X.Seytov, B.Genjemuratovlarning bir qancha liro-epik poemalari yaratildi. Ularning mavzu yo’nalishi, darajasi, janr xususiyatlari xilma-xildir.
Mustaqillik davridagi poemalarda umuminsoniy muammolar, gumonistik xususiyatlarni ulug’lash asosiy o’rinda turadi.Insondagi qanoat, yaxshilik va yomonlik, nafs o’rtasidagi kurash ham konfilikt shoirlar ijodida turlicha o’z yechimini topadi. Bu muammo I.Yusupovning “Mamelek o’y”, A.O’tepbergenovning “Hasratli yo’l”, J.Dilmuratovning “Baxt qushi”, O.Satbaevning “Qanoat va ochko’zlik haqida”, G.Ibragimovning “Yaxshilik qil-daryoga tashla” poemalarida nomoyon bo’ladi. 1990-yil “Amudaryo” jurnalining №8 sonida e’lon qilingan I.Yusupovning “O’ylar girdobi” poemasi bu davrdagi qoraqalpoq poemalarining katta yutug’i bo’lib hisoblanadi.
Poemaga turkman shoiri maxtumqulining
«Davron bir buziq hayoldir,
Bir kun seni quchar ketar »
Degan satrlar epigraf * qilib olingan.Bu epigraf qisqacha berilsa ham, o’quvchi asarni to’liq o’qimasdan oldin, uning g’oyasini, mavzusini anglaydi. Asarda berilgan voqealarning tragedik xarakterga ega ekanligini anglashga yo’naltirilgan.
Poemada lirik chekinishlar, obrazli detallar, dialoglardan mohirona qo’llanilgan. Asar to’qqiz bo’limdan iborat. Birinchi bo’lim nafs va qanoat haqida shoirning qarshida dunyo hamda odam orasidagi dialoglarga asoslangan.
Базда тойып қара музға,
Базда дәрья ағар дизден,
Ғәрезлик бар арамызда,
Биз-дүньядан, дүнья-бизден,
…Адам айтар, менсиз-несең?
Өли дүньясаң мәзи сен,
Мен саған мәни бермесем,
Алтын қымбат болмас жезден.
Дүнья айтар; менсиз кимсең?
Табыныўшым ҳәм бендемсең,
Қызығына түсип көр сен,
Ар-уятың кетер жүзден!
Ikkinchi bo’limida, insonning murakkab tabiatini nomoyon qilgan ulug’ so’z ustalariga sajda qilib, insonga xos xususiyatlarga nisbatan ko’z qarashini bildiradi:
Жақсылықты -өзимизге ,
Ал, қылмыстың ақыбетин-
Аўдарып тәғдиримизге,
Қаймығамыз бир жалт етип.

Тәғдирге гәп жоқ бул жерде,


Ҳәр заманға бар бир заман.
Сөйтседеғы көп ислерге
Базда тәсин қалар адам…
Uchinchi bo’limdagi rassomning chizgan surati-obrazli detal. Asardagi ikki syujet yo’nalishi-ushbu detal asosida kelib chiqadi. Bu rasmda tug’ilgan yer tabiati chizilgan.
Қараң, әне жазғы кештиң,
Айнымаған сүўретине,
Қамыслары изейкештиң,
- Үңиледи суў бетине.
Көпти көрген жер бетинде,
Ғарры терек-қараман да,
“Сал деп, мениң сүўретимди”,
Турған яңлы қарағанға …
Bunda qaraman-keksa daraxt –tug’ilgan joy timsoli. Ushbu daraxtga bog’liq lirik qahramonning tun ichida O’ylar girdobiga tushib adashish voqeasi hayolga tushiriladi. Bu voqea poemaning to’rtinchi bo’limida berilgan.
Жеке өскен сол қараман,
Заманларды көрген не бир,
Басланады сол кәрадан,
“Мәмелек ой” деген кебир,
…Ақлап көрсем түри менен,
“Мәмелек ой” ултанында,
Басқы таўып өз-өзинен,
Жүр екенмен бир орында. (30-бет)
Bu poemadagi birinchi syujetlik yo’nalishi bo’lib, lirik qahramon tunda qaraman daraxt atrofidagi hayol surub o’tiradi. Poemaning beshinchi bo’limida rassomning chizgan rasmi va uni tashqaridan kuzatayotgan lirik qahramon holati tasvirlanadi.
Ikkinchi syujet yo’nalishi-bu dunyo (boylik) ning “o’yiga” aylantirib ketgan lirik personajning taqdiriga bog’liq voqea. “O’ylar girdobi” Qaramanning orqasida tug’ilib o’sgan, yetim bo’lib yetilgan yigit amaldor bo’ladi. Akasi urushda, onasi erta vafot etadi.Onasining vasiyatini unutib, dunyo quvib takabburlashib ketadi.Qarindosh-urug’lariga, do’st birodarlariga amal berib, qishloqdan va shahardan ham joy soldiradi. Uning yiqqani faqat oltin bilan pul, nafsga berilib qanoatni unutadi. Zamon o’zgarib, bu ishlarning javobini beradigan vaqt keladi.
Елге хызмет етти. Бирақ,
Дүнья қуўып, ҳәзлик қуўып,
Тәкаббырысып кетти бирақ,
Бети қолын сүтке жуўып.

Енди жаңа заман болды.


Истен алды, тамам болды.
«Тамам» емес, ис қозғалды,
Аманлығы гүман болды…
O’tgan davrni eslagan personaj taqdirning naqadar qiyinchiliklari borligini anglaydi:
Бөри жалағандай жанын,
Жылар еңиреп мына киси,
Еситтирмес жылағанын,
Тас тарнаўдың гүрилдиси (32-бет)
Bundan tashqari muallif kartinaga qarab turgan, manmanlikka berilgan dunyo, boshini aylantirgan kishining oldingi turmush tarzini, uning mol-dunyoga ruju qo’ygan vaqtlarini qisqacha lirik chekinishlar orqali nomoyon qilgan. Bu voqealarni hayolga tushurib, shu jinoyatchilikka qo’l urgan kishining osilib o’lish haqidagi fikrlarni shoir: “bir begona tilda gapirib turdi, qandaydir ovozlar guldurashi”,-deb aytishi ham o’quvchini vatanga bo’lgan muhabbat uyg’otib,ularni o’ylanishga fikr mulohaza yurutishga undaydi. Shu sababli ham ularning dunyoqarashi, estitik ongini kuchayishiga sababchi bo’ladi. Yana keying voqealarning jonlantirib, kuchaytirib berilishi katta estetik ahamiyatga ega.
Бөри талағандай жанын,
Жылар еңиреп мына киси.
Еситтирмес жылағанын,
Тас тарнаўдың гүрилдиси.

Мәмелек ой ултанында,


От жылтылдап жанды сонда.
Бизиң марҳум атам айтқан,
Жин жыраққа усар ол да [2, 346]
Shoirning bunday deb yozishining sababi bundan oldingi yillar dunyo –mulk shu kishini mamelek o’y dagi yaltillab yongan chiroq kabi butunlay boshini aylantirib tashlagan. Endi esa ma’naviy kasallik uni butunlay o’rab olib, osilib o’lishga undayotgan edi.Haqiqatdan ham u «O’ylar hirdobi» deb atalgan kichkina joydagi qaraman daraxtiga o’zini osib o’ldiradi. Buning sababi u kech bo’lsa ham o’z xatolarini tushunib yetdi, hayotdan o’z turmushidan achindi. Shoir ushbu kartinaning ayrim bo’laklarini boshi berk ko’chaga kirgan insonning ko’z qarashlarini shunday tasvirlaydi:
Қамыслары ырғалғандай,
Сүўреттеги қараман да.
Даўыл менен қозғалғандай,
Геўгим ўақта қарағанда.

Сүўреттеги қамыслықтан,


Қызы шықты. «Ҳаў япырмай!
Сүўретшиниң үсти қан-қан,
Сүйеп киятыр ма, қалай» [2, 346].
Rassom yigit chizgan rasmni chizish orqali shoir asl holicha undagi har bir detalni jonlantirdi, unga qo’shimcha obektiv qahramonning ichki monologlarini berib umumiylashtirib o’tirib, asardagi ma’naviy hamda psixologik qarashlarni umumlashtirib,bizning davrimiz uchungina emas, kelajak avlodlarga ham zarur bo’lgan insoniy fazilatlar, xushmuomalalik, gumanizm masalalarini o’rtaga qo’yadi ham uni chuqur holda aniq ochib beradi.
Boylikka berilib o’zining hayot yo’llaridan adashgan qahramonning yakka taqdiri haqidagi shoirning (lirik qahramonning) hayollari, orqali poemada ko’tarilgan qanoat hamda nafs orasidagi kurashning yechimi beriladi:
“Мәмелек ой, мәмелек ой!”
Кисиге көп ой саласаң,
Дүнья деген мәмелек ғой,
Қалай оннан тайсаласаң?
Қәйтип оннан тайсаласаң,
Бир түскен соң қызығына,
Жақ деп қалай айта аласаң,
Ийт нәпсиниң бузығына (32-бет)
Poemaga xos alohida xususiyatlardan biri-lirik xususiyatlarning ko’pligi.Unga qaraganda epik bayon tor xususiyatga ega. Bu degani lirik poema degan xulosa kelib chiqmaydi. “Мәмелек ой” –liro-epik poema. Poema shunday o’ziga xosliklari bilan hozirgi davr adabiyotining rivojlanishida alohida o’rin tutadi.


* Epigraf (grekcha epigraphe – ustiga yozilgan xat, yozish) –to’liq asarga yoki uning bir bo’limiga mo’ljallangan,yoki o’zgarishga uchragan holda boshqa tekstdan olingan үзинди bo’lib, u adabiy asarning kompozitsiyasida o’z o’rniga ega.

Download 1,63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish