barcha bo’g’in va bo’limlar o’rtasida vazifalar taqsimoti, huquq berish va boshqarish apparati xodimlari o’rtasida mas’uliyatlarni belgilash;
boshqarishning aniq uslubini tanlash va qaror qabul qilishda ish tartibi izchilligi, axborotlar oqimini tashkil qilish va h.k.
6 Boshqaruvga ta’sir etivchi omillar
Boshqaruv samaradorligiga tasir etuvchi omillar Iqtisodiy samarani miqdoriy ifodalash – uni pul bilan baholash mumkin bo‘lsa, ijtimoiy sohadagi umumiy va xususiy ko‘rsatkichlarni o‘lchash juda qiyin yoki o‘lchab bo‘lmaydi. Gap avval xodimlarni qanoatlantirish va ularning ichki va tashqi muhitga moslashish qobiliyati to‘g‘risida bormoqda. Shu tariqa firma o‘z xodimlarining faoliyatini, axloqini, ijtimoiy muhitni integratsiyalash orqali bu xodimlarning mehnat salohiyatidan samarali foydalanish, ularning o‘rtasidagi o‘zaro ishonchni mustahkamlash va boshqa omillar hisobidan o‘z maqsadiga erishadi. Ijtimoiy samaradorlikni bu va boshqa jihatlari boshqa kurslarda o‘rganiladi. Mehmonxona industriyasi menejmentiga nisbatan ikki jihatni ko‘rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Ijtimoiy samaradorlikka talablarning ko‘p qismi mehnat resurslarini boshqarish tizimi bilan bog‘likligi sababli menejmentning asosiy vazifasi yaxshi mehnat sharoitini yaratish va o‘z xodimlarini professional rivojlantirish, ularning ishdagi mavqeini boshqarish hisobiga bu xodimlarning turmush darajasini oshirishni ta‘minlaydigan samarali turizm tuzilmasini barpo etishdan iborat. Ma‘lumki, butun boshqaruv jarayoni (axborot harakati va boshqaruvga doir qarorlar qabul qilish) ma‘lum tashkiliy tizim doirasida kechadi. Shuning uchun, samarali tashkiliy tuzilmani shakllantirishni biz ikki jihatdan – bir tomondan umuman turizmni boshqarishning tashkiliy tuzilishining samaradorligi belgilarini aniqlashga nisbatan va ikkinchi tomondan unda qabul qilinadigan boshqaruvga oid qarorlarning samaradorligiga nisbatan ko‘rib chiqamiz. Shuni nazarda tutish lozimki, boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi bilan boshqaruv faoliyati natijalari o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlikni izlash qiyin. Mutloq ko‘pchilik hollarda tashkiliy tuzilma samaradorligi boshqariladigan obyekt faoliyatining ko‘rsatkichlari orqali baholanadi. Bu yo‘nalishdagi barcha ishlar tashkiliy tuzilmani loyihalash yoki takomillashtirish chog‘ida uning rivojlanishining sifat ko‘rsatkichlarini hamda unga qo‘yiladigan talablarni hisobga olishdan iborat bo‘ladi. Bu talablarni quyidagi tarzda bayon qilish mumkin: - ishda takrorlash va mavoziylikni tugatish; - firma va korxonalarni yiriklashtirish va ularning faoliyat zonasini belgilab qo‘yish; - boshqaruv vazifalarini darajalar va tashkiliy-xojalik bo‘g‘inlari bo‘yicha ixtisoslash va bir xil qilish; - boshqaruv apparatini qisqartirish va arzonlashtirish; - tashkiliy tuzilmaning tejamliligi, barqarorligi, moslashuvchanligi va ishonchliligi. Bu talablarni hisobga olish mehmonxona xo‘jaligini boshqarishning samarali tuzilmasini loyihalash imkonini beradi, to‘g‘ri boshqaruv qarorlari uning natija keltiradigan omillaridir.