2-boshlovchi: Navro’z o’lkamiz bo’ylab kezmoqda, barchaning yuzida bahor nafasi, doshqozonlar osilgan, ko’k somsalar yopilgan butun xalqimiz bayramona kayfiyatda. Doshqozonda sumalaklar qaynamoqda.
3-boshlovchi: Darvoqe, do’stim, yaxshi eslatdingiz. Sumalak navro’ziy taom hisoblanadi. Sumalak haqida ko’plab qo’shiqlar yaratilgan. Hozirgi navbatni sumalakka bag’ishlangan qo’shiqqa bersak.
(9-“A” sinf o’quvchisi A.Abdullayev “Sumalak” qo’shig’ini ijro etadi)
4-boshlovchi: Bobomning bayti bor yaproqlaringda
Momomning tafti bor chorbog’laringda.
Onamni eslatar rayhoning, yurtim
Dadamning hidi bor tuproqlaringda.
Do'stlaringiz bilan baham: |