1-boshlovchi: -Navro’z shunchaki bir bayram emas. U millatning tarixi, falsafasi, madaniyati va san’ati, tafakkur tarzini o’zida mujassam etgan ayyomdir.
2-boshlovchi: -Darhaqiqat, mustaqillik sharofati tufayli bu ulug’ bayramning tiklanishi xalqimiz uchun unutilmas voqea bo’ldi. Navro’z bayramida odamlar bir-biriga yaxshi tilaklar bildiradi, yor-u birodarlar, qarindoshlar diydor ko’rishadi. Mehribonlik uylarida sahovatpesha yurtdoshlarimiz ko’magida turli xayriya tadbirlari o’tkaziladi.
3-boshlovchi: Navro’z bayramida tabiat uyg’onadi. Bugungi tadbirimizga bahoriy bayram bo’lmish Navro’zbek hamda dehqon bobolar tashrif buyurishgan. Marhamat, ularni kutib olaylik.
Do'stlaringiz bilan baham: |