1-boshlovchi: Bobolardan meros qolgan Butun olam e’zoz qilgan



Download 21,71 Kb.
bet6/6
Sana01.02.2022
Hajmi21,71 Kb.
#423530
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
,,Ona tilim qalbim quyoshi\'\'

1-o’quvchi: Ovqatni tuz mazali qiladi, odamni – so’z.
2-o’quvchi: Til- aql o’lchovi.
3-o’quvchi: Yaxshi so’z yurakka malham,yomon so’z yurakka g’am.
4-o’quvchi: Tilingda bo’lsa boling kulib turar iqboling.
2-boshlovchi: O’zbek tili mustaqil davlatimizning bayrog’i, gerbi, madhiyasi, Konstitutsiyasi qatorida turadigan qonun yo’li bilan himoya qilinadigan muqaddas timsollardan biri.
1-boshlovchi: Ana endi sinfdoshlarimiz o’zlari bilgan Konstitutsiyamizdagi moddalardan bir nechtasini so’zlab berishadi.
1-o’quvchi: 1-modda. O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir.
2-o’quvchi: 2-modda. O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi Respublika hududida yashovchi millat va elatlarning o’z ona tilini qo’llashdan iborat Konstitutsiyaviy huquqlariga monelik qilmaydi.
3-o’quvchi: 24-modda. O’zbekiston Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga mensimay yoki xusumat bilan qarash taqiqlanadi.
2-boshlovchi: Endi sahnaga tilimizni tarixini gapirib berish uchun Hamroyeva Nigorani taklif qilamiz.
Xalq hayotida shunday qadriyatlar bo’ladiki, ular millatning o’zi bilan shakllanadi va uning asosiy belgilaridan biriga aylanadi.Til-har bir millatning ana shunday bebaho qadriyatidir.O’zbek tili ham millatimiz bilan ming yillar davomida birgalikda shakllanib kelgan. Xalqimizning boshiga tarixda qanday og’ir sinovlar tushgan bo’lsa tilimiz ham bundan benasib qolmagan.Dushmanlar yurtimizga hujum qilib yerimizni bosib olgan davrlarda asosiy milliy qadriyatimizdan biri bo’lgan tilimiz ham taqiqlangan, kamsitilgan.Bosqinchilar ona tilimizda erkin gapirishga yo’l bermagan.Xalqimiz erkin va ozod bo’lib o’z yeri, o’z taqdiriga egalik qilib yashagan kezlarda tilimiz ham o’z qaddini tiklab, boyib, rivojlanib borgan.
1-boshlovchi: Taniqli yozuvchilardan biri o’z o’rnida qo’llanilmagan so’zni, yam-yashil daraxtga qoqilgan mixga o’xshatgan edi.Darhaqiqat, noo’rin ishlatilgan so’z xoh og’zaki muloqot bo’lsin, erish tuyulishidan tashqari, tilga e’tiborsizlik hisoblanadi.
2-boshlovchi: ,,So’zning otasi aql, onasi til’’,-deyishadi keksalar. Muomala madaniyatida so’z aqldan kuch,tildan ixyiyor oladi. Til shunday kuchga egaki,suyaksiz bo’lsa ham, suyakni tebratadi. Odamning odobi, dastavval,uning tilida, keyin tili orqali bilimida ko’rinadi. Odob doirasidagi muomala madaniyatini o’zlashtirgan har bir inson hayotda o’z o’rnini topa oladi.
1-boshlovchi: Ana endi navbatni raqsga beramiz.(Shu paytta 5ta qiz bola chiqib raqs ijro etadi.)
2-boshlovchi: Navbat so’zlashish madaniyati haqidagi g’azallarga. (O’quvchilar chiqib g’azal so’zlab berishadi).
1-boshlovchi: O’zaro so’zlashuvda muloqot odobiga rioya qilish, vaziyatga qarab fikr bildirish, yoshni e’tiborga olib muomala qilish, go’zal va bama’ni so’zlash-bu insoniylik belgilaridan ekan, unga amal qilish burchimizdir.
2-boshlovchi: Alisher Navoiy ona tili xazinalarini ochib ko’rgach, uni shunday ta’riflagan edi: ,,Tilimiz 18000 olamdan bayroq bo’lgan shunday bir xazinaki, har bir dur-u gavhari, ya’ni so’zlar osmon yoritgichlaridan ham porloq, shunday bir gul-u chaman lolaridan go’zalroqdir.’’ Aziz bolalar, siz mana shu buyuk xazinani sohibisizlar.Uni asrang va qadrlang.
Boshlovchilar birgalikda: Xayr, Salomat bo’ling!
Download 21,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish