6-o’quvchi: Sen mening tabibim, jonimsan
Yassaviy, Beruniy kalomi.
1-boshlovchi: Endi navbatni sinfdosh qizlarimizning ajoyib raqslariga bersak.
( Shu paytda 4ta qiz bola chiqadi)
2-boshlovchi: Milliy til millatning birinchi belgisidir. Shuning uchun har bir millat istiqbol uchun kurashsa, dastlab milliy tilning sofligi, uning qadr-qimmatini tiklash uchun kurashadi. Til o’tgan avlodlar tajribasi, bilimlari natijasini kelgusi avlodlarga yetkazuvchi ko’prik hamdir. Til shaxsning o’zini o’ziga tanitadi, milliy iftixor tuyg’usini kamol toptiradi.
1-boshlovchi: Bunga quyidagi rivoyat ham yaqqol misol bo’ladi.
2-boshlovchi: Biz bu rivoyatga sahna ko’rinish tayyorlaganmiz.Marhamat, tinglab tomosha qilamiz.(,,Til qudrati’’ nomli rivoyat sahnalashtiriladi).
1-boshlovchi: Endi navbatni ona tilimizni qadrlovchi maqollarga bersak.
Do'stlaringiz bilan baham: |