2-o’quvchi: Har bir millat o’z hayoti davomida aloqa quroli sifatida, asosan, bitta tildan foydalanadi.
3-o’quvchi: Farzandni tarbiyalab voyaga yetkazishda onaning o’rni beqiyos. Bola ilk tovushlarni, so’zlarni onasidan eshitib, o’rgangani bois ona tili deyiladi.
2-boshlovchi: Endi navbatni tilimizni qadrlovchi she’rlarga beramiz.
1-o’quvchi: Shu tilga o’qidim ,,Alifbe’’ni
Shu tilga o’qidim Vatan so’zini
Shu tilda tanidim oqu-qorani
Shu tilga topoldim so’z e’tiborni.
2-o’quvchi: Tilginam onam deya atayman seni,
Onam allasida qonimga singding
Olam sirlariga yor etting meni
Xos Hojib jonimga singding.
3-o’quvchi: Sening go’zalliging butun dunyoga
Bobom Alisherbek ko’z-ko’z qilgandi.
Sening ko’zlaringda Mashrab nolasi
Xalqim dardi bo’lib ko’kka yetgandi.
4-o’quvchi: Diniy yozuv deb ilohiylashtirib
Xalqim ,,Sarvarlari’’ isloh etishdi
Ming yillik qadringni sun’iylashtirib
Nurga tashna xalqni gumroh etishdi
5-o’quvchi: Bu kun himoyaga muhtoj jonsan
Kamoling yo’lida kurashgum albat
Onam allalagan tilga she’r bitib
Xursandman xizmatim ushalsa shoyat.
Do'stlaringiz bilan baham: |