Mavzu: Boshlang’ich sinf oquvchilarida ijtimoiy kompetentlikni darsdan tashqari tadbirlar orqali amalga oshirish
Reja:
1. Boshlang‘ich sinflarda tashkil etiladigan tarbiyabiy ishlarning turlari va yo’nalishlari 2. Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni maqsad va vazifalri
3. Boshlang’ich ta’limda ijodiy faoliyatni shakllantirish
1. Ertaliklar –boshlang’ch sinf tarbiyaviy ishlarining asosiy shakli sifatida
Mamlakatimiz kelajagi bo‘lmish yoshlarni barkamol insonlar qilib tarbiyalashda ta’lim-tarbiyaning uzluksizligini ta’minlash va uni tizim shaklida tashkil etish asosiy masalalardan biridir. Shuningdek, boshlang‘ich maktablarda tashkil etiladigan darsdan va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarga e’tiborni kuchaytirish bilan ham ta’lim va tarbiya jarayonining uzluksizligiga salmoqli hissa qo‘shib boriladi. Darsdan va sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarning vazifasi faqat bolalarni band qilish emas, balki ancha murakkab, ya’ni ularning darslarda olgan bilimlarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimizga nisbatan qiziqishini uyg‘otish, qolaversa, ularning hayotini zavq va shavqqa to‘ldirishdir. Xuddi dars jarayonida bo‘lgani kabi tarbiyaviy ishlarni tashkil qilishda ham sinf o‘qituvchisining vazifasi mas’uliyatli va ahamiyatlidir. Bu mas’uliyat ulardan doimiy ravishta o‘z ustida ishlashni, ijodiy mehnatni talab qiladi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining faoliyatini tashkil qilishga yo’naltirilgan sinfdan tashqari tarbiyaviy tadbirlarning asosiy xususiyati- o‘quvchi kundalik hayotining namoyon bo‘lishidir. O‘quvchi kundalik ishlarining davomi sifatida sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlarda bevosita ishtirok etadi, turli mazmundagi suhbatlar, savol-javoblarda qatnashadi, kechalarni tashkil qilishda ishtirok etadi, rollarni bajaradi, tinglaydi, qolaversa bular orqali ma’naviy dunyosi boyib boradi. Ayniqsa, ular bugungi kunda o‘quvchilarning milliy merosimizga nisbatan qiziqishlarini ustirish maqsadida tashkil qilinadi. Har qanday sinfdan tashqari mashg‘ulot oldiga turli tarbiyaviy vazifalar qo‘yiladi. Ularning har biri o‘zga xos belgilarni, bir-biridan farq qiluvchi shakllarni, vositalarni, ijodiy, mehnatni talab qiladi. Sinfdan tashqari tarbiyaviy ishlar o‘qituvchilarning yillik ish rejalarida aniq ko‘rsatilgan, maqsad va vazifalari belgilangan bo‘lishi lozim. Boshlang‘ich sinflarda tashkil etiladigan tarbiyaviy tadbirlar o‘quvchilar hayoti bilan ya’ni ularning maktab ostonasiga ilk qadam qo‘ygan kunlaridan boshlanadi.Mustaqillik bayrami, 2-sentabr, Kuz bayrami, Konstitutsiya kuni, Alifbo bayramlari, Yangi yil, Harbiylar kuni, mashhur allomalarning tug‘ilgan kunlari, 8-mart, Navro‘z bayrami, gullar bayrami kabilar.Mana shunday tadbirlar bevosita o‘quvchilarda vatanga e’tiqodni tarbiyalash ishlari bilan bog‘liq holda olib boriladi. Bu tadbirlarga material tanlashda eng qimmatli manba bo‘lib milliy qadriyatlar namunalari hisoblanadi. O‘qituvchi tarbiyaviy tadbirlarni uyushtirishda quyidagi pedagogik talablarga amal qilish lozim:
-tarbiyaviy tadbir aniq maqsad va reja asosida uyushtirilishi;
-tarbiyaviy tadbir o‘quvchining yoshi, ruhiy holatiga mos bo‘lishi;
-har bir tarbiyaviy tadbir darsda olgan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qilishi;
-tadbir orqali boshlangich sinf o‘quvchilarida jamoatchilik, uyushqoqlik, o‘zaro yordam kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanib borilishi darkor.
Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari tadbirlar quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Tadbirni rejalashtirish;
Tadbir yuzasidan o‘quvchilarga tushuncha berish;
Tadbirni tashkil qilish jarayonida sinf o‘quvchilarining barchalarini ishtirok etishini ta’minlash;
O‘quvchilarning imkoniyatlari darajasidan kelib chiqqan holda ishlarni taqsimlash;
Tadbirni amalga oshirish;
Tadbir natijalarini tahlil qilish va baholash.
Bosqichlarning har biri o‘qituvchi tomonidan oldindan chuqur o‘rganilgan bo‘lishi lozim.
2. O‘qituvchi tarbiyaviy tadbirlarni uyushtirishda quyidagi pedagogik talablarga amal qilish lozim:
-tarbiyaviy tadbir aniq maqsad va reja asosida uyushtirilishi;
-tarbiyaviy tadbir o‘quvchining yoshi, ruhiy holatiga mos bo‘lishi;
-har bir tarbiyaviy tadbir darsda olgan bilimlarni mustahkamlashga xizmat qilishi;
-tadbir orqali boshlangich sinf o‘quvchilarida jamoatchilik, uyushqoqlik, o‘zaro yordam kabi axloqiy sifatlar tarbiyalanib borilishi darkor.
Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari tadbirlar quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Tadbirni rejalashtirish;
Tadbir yuzasidan o‘quvchilarga tushuncha berish;
Tadbirni tashkil qilish jarayonida sinf o‘quvchilarining barchalarini ishtirok etishini ta’minlash;
O‘quvchilarning imkoniyatlari darajasidan kelib chiqqan holda ishlarni taqsimlash;
Tadbirni amalga oshirish;
Tadbir natijalarini tahlil qilish va baholash.
Bosqichlarning har biri o‘qituvchi tomonidan oldindan chuqur o‘rganilgan bo‘lishi lozim.
«Sinfdan va maktabdan tashqari tarbiyaviy ishlar» konsepsiyasi xalq talimi vazirligi tomonidan 1993 yilda tasdiqlangan. Sinfdan tashqari ishlarni tashkil etishda oqituvchining yonaltiruvchi tasiri ostidagi oquvchilarning oz-ozini nazorat qilish asosiga qurilgan va fan kabinetlarida, kutubxonada va uyda yakka tartibdagi reja asosida otkaziladigan mustaqil mashgulotlar yetakchi shaklga aylanishi kerak. Bunda sinfdan tashqari ishda talimning moddiy bazasi: qoshimcha va malumotnoma adabiyotlari laboratoriya uskunalari, korgazmali qollanmalar, didaktik materiallar, texnika vositalaridan oqilona foydalanish kozda tutiladi. Sinfdan tashqari ishlarning talimiy ahamiyati – oquvchilarga qoshimcha bilim, malaka va konikmalar berish. Tarbiyaviy ahamiyati – oquvchilarning ijodiy faoliyat korsatishiga, nutq odobiga, mustaqil fikrlashiga zamin hozirlash.
Boshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlarni tashkil etish 1 Ozbekiston Respublikasining istiqlolga erishuvi hamda oz mustaqil siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy yoliga ega bolishi, xalq xojaligining turli sohalarida, jumladan xalq talimi tizimida ham osib kelayotgan yosh avlod talim-tarbiyasi bilan borliq jarayonini qayta korib chiqishni taqozo etmokda. Hozirgi paytda, fan va madaniyatning eng songgi yutuqlari asosida kelajagimiz bolgan yosh avlodni hayotga tayyorlashning samarali shakl va uslublarini izlash nihoyatda zarurdir. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining «Manaviyat va marifat» jamoatchilik markazi faoliyatini yanada takomillashtirish va samaradorligini oshirish tog`risida»gi farmonida korsatilganidek, jamiyatda yuksak manaviy fazilatlarni kamol toptirish, milliy mafkurani shakllantirish, yoshlarni boy madaniy merosimiz, tarixiy ananalarimizga, umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, Vatanga muhabbat, istiqlol g`oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha islohotlarning hal qiluvchi omilidir. Sinfdan tashqari ishlarning samaradorligini oshirish avvalo komil insonni shakllantirishning eng zamonaviy va qulay yonalishlarini topib joriy etishga bog`liq. Ushbu Konsepsiya ham xuddi shu maqsadda, shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga yonaltirilgan. Maktabning oquvchilar bilan olib boradigan oquv mashg`ulotlaridan tashqari xilmag`xil talim-tarbiya ishlari sinfan tashqari ishlar nomini olgan. Sinfdan tashqari ishlar maktab talim-tarbiya jarayonining tarkibiy qismi oquvchilarning bosh vaqtlarini yolga qoyish formalaridan biridir. Sinfdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga aktiv faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda kongillilik asosida tashkil qilinadi. Oquvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda ozlarini qiziqtiradigan mashg`ulotlarni tanlab olishadi a ulard mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi.
Bоshlangich sinflarda sinfdan tashqari ishlarning turlari
Abadiy kechalar otkazish Ekskursiya Turli bayramlar va tadbirlar otkazish Togaraklar tashkil etish Shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar tashkil etish Fan olimpiadalari Korik tanlovlar Adabiy kechalar Adabiy kechalarga misollar Navoiyxonlik, Boburning tavallud kuniga bagishlangan kecha va h.k
Eskursiya malum bir maqsadga yonaltirilgan boladi va ekskursiyadan oldin oquvchilarga topshiriqlar beriladi. Muzeylarga ekskursiyaga borish; Metro bekatlari boylab sayohat; Davlat kutubxonalariga tashrif; Teatr va kino va h.k Bayram va tadbirlar Bunga mavsumiy bayramlarni kiritishimiz mumkin Bayram va tabrirlar ssenary asosida tashkil etiladi Shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlarUchrashuv jonli muloqot tarzida tashkil etiladi. Uchrashuvga oquvchilar yaxshi biladigan shoir va y ozuvchilarni taklif etish maqsadga muvofiq Mehmon bolalar adabiyotio vakili bolishi lozim. Korik tanlovlar Bu korik tanlovlar sinflar ichida yoki sinflar aro bolishi mumkin Masalan: Yilning eng bilimdon oquvchisi, Togaraklar Togaraklar malum bir fan asosida tashkil etiladi Togarak uchun yillik ish reja tuziladi Masalan: Yosh xattot, Ona tilim – jon-u dilim )
Sinfdan tashqari ishlar shaxsni har tomonlama kamol toptirish va uni hayotga aktiv faoliyatga tayyorlash uchun keng imkoniyatga ega. Bu ishlar bolalarning qiziqishlariga muvofiq tarzda kongillilik asosida tashkil qilinadi. Oquvchilar sinfdan va maktabdan tashqari ishlarda ozlarini qiziqtiradigan mashg`ulotlarni tanlab olishadi a ulard mustaqil tashabbuskorona ishtirok etishadi. Maktab va maktabdan tashqari muassasalarning tashkiliy ishlarini, mazmuni va maqsadini belgilash bugungi kunimizning barcha qirralarini hisobga olishni talab etmoqda. Sinf va maktabdan tashqari mazkur tarbiyaviy ishlar shaxs kamoloti bosqichlarini belgilab olishga qaratilganligi bilan tavsiflanadi.
3. Boshlang’ich ta’limda o’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirish shart-sharoitlari deganda, avvalo ana shu shart-sharoitlarning paydo bo’lishi, amalga oshishi hamda rivojlanishi jarayoni tushiniladi.
Ular quyidagilardan iborat :
1. O’quvchilar ijodiy faoliyatini shakllantirishda ularning bu borada egallashi lozim bo’lgan bilim, ko’nikma va malakalari.
2. Ijodiy faoliyatni shakllantirishda nazariy bilimlar bilan amaliyotning aloqadorligi.
3. Ijodiy faoliyatni shakllantirishga doir mashg’ulotlar evristika muammoli vaziyatlar yaratish.
4. O’quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirishga texnologik yondashuv.
Bu shart-sharoitlar quyidagicha amalga oshadi :
O’quvchilarning ijodiy faoliyatini shakllantirishda ular egallashi lozim bo’lgan bilim, malaka, ko’nikmalarga quyidagi talablar qo’yiladi.
-dastur materiallarni qay darajada o’zlashtirganligi ;
-mavzularga doir asosiy tushuncha va qoidalarni o’zlashtirganligi;
-tanlagan mavzu bo’yicha topshiriqlarni mustaqil bajara olishi ;
-o’rganilayotgan mavzulardagi asosiy muammolarni anglab olishi ;
-topshiriqlarni bajarishda o’quv ashyolari va texnika vositalar, axborot texnologiyasidan foydalana olishi ;
- o’z qobiliyatini namoyon etishi va uni rivojlantira olishi ;
-mavzu bo’yicha o’z oldiga erishiladigan maqsadlarni qo’ya olishi, rejalar tuzishi va natijalarni baholay olishi ;
-mavzularni o’rganishda o’z fikrini dalillay olishi
-o’z variantini tavsiya eta olishi va hokazolar.
Mazkur talablar o’qituvchiga o’quvchilarning o’qishga bo’lgan qiziqishlari, ularning o’quv-biluv faoliyati, individual moyilliklarini bilish imkoniyati paydo bo’ladi va bu borada o’quv jarayoni tuzilmasini belgilab olishga yordam beradi.
Pedagogikaning asosiy vazifalaridan biri barcha bolalarning ijodiy faoliyati har tomonlama rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar yaratishdan iborat. Shu bilan bir qatorda muayyan sohalarda chuqur qiziqishlarini, intilishi va qobiliyatini namoyon qilayotgan o’quvchilarni aniqlash, ularga bundan keyingi rivojlanishi uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish lozim. Buning uchun esa: kichik maktab yoshidagi o’quvchilarning ijodiy faoliyatini rivojlantirishga doir shart-sharoitlar yaratish muhim ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |