1 bo`lim . Tibbiy terminologiyaga kirish.Lotin alifbosi. Unli va undosh xarflar. Diftong va digraflar. Xarf birikmalari. Urg`u qo`yish qoidalari. - 1. Tibbiy terminologiyaga kirish.
- 2.Lotin alifbosi. Unli va undosh xarflar.
- 3.Diftong va digraflar. Xarf birikmalari.
- 4. Urg`u qo`yish qoidalari
Lotin tiliga kirish va terminologiya - Lotin tili va tibbiy terminlar asosi – Siz uchun yangi fan. Shuning uchun avvalambor biz uni o‘rganishdan qanday maqsad borligini, umumiy ko‘rinishda uning hajmi va tarkibini, tibbiyot va biologiyada bir nechayuz yilliklar mobaynida nega aynan lotin tili qo‘llanilayotganini yoritib olishimiz lozim.
- Termin. Ilmiy tushuncha. Fan, texnika va sanoat sohasida muvaffaqiyatli ish olib mutaxassis uchun terminlar mohiyatini maxsus leksika, yoki boshqacha aytganda terminologiyani to‘g‘ri tushunishi hamda undan aniq foydalanishi zarur. Terminning (lot. terminus – chegara) asosiy vazifasi ilmiy tushunchani faqat o‘ziga xos ifodalashdan iborat. Termin sifatida alohida yakka so‘z (organizm, hujayra, organ, gen, kasallik, appenditsit, fluorografiya) bilan bir qatorda so‘z birikmasi (ko‘krak qafasi, ensa suyagi, gipertonik kasallik, sanitar ishlov berish, radiatsion gigiyena) ham bo‘lishi mumkin. Kundalik hayotda ishlatiladigan adabiy tilning ommabop so‘zlaridan farqli o‘laroq terminlarda ilmiy va ilmiy-texnik tushunchalar ifodalanadi. Ilmiy tushuncha o‘zining ilmiy nazariy xulosalar mahsuliligi, ma’lum bir ilmiy nazariya, bilimlar ilmiy tizimi fragmentini aks ettirishi bilan ajralib turadi.
-
- Tovushlar tasnifi
- a, e, o, i, u, y harflari unli harflarni beradi.
- b, c, d, f, g, h, j, k, l, m, n, p, q, r, s, t, v, x, z harflari undosh harflarni beradi.
- Unli harflar o‘z navbatida bir unlilar (monoftonglar) va ikki unlilar (diftonglar) ga bo‘linadi.
- § 2. Unli harflarning talaffuzi
- a – a – aorta – [aorta] – aorta
- e – e – vertebra – [vertebra] – umurtqa
- o – o – foramen – [foramen] – teshik
- i – i – vita – [vita] – hayot
- I i harfi so‘z yoki bo‘g‘in boshida unli harfdan oldin kelsa, hamda ikki unli harf orasida kelsa [y] kabi talaffuz etiladi: iugularis [yugularis] bo‘yinturuqqa oid; iunctura [yunktura] bog‘lanma; maior [mayor] kattaroq; iuga [yuga] tepalik.
- Yuqorida ko‘rsatilgan vaziyatlarda zamonaviy tibbiyotterminshunosligida i o‘rniga J j – yot harfi qo‘llaniladi: jugularis [yugularis]; junctura [yunktura]; major [mayor]; juga [yuga].
- J j harfi faqat yunon tilidan o‘zlashtirilgan so‘zlardagina yozilmaydi, chunki unda [y] tovushi bo‘lmagan: iatria [iatria] davolash; iodum [iodum] yod.
- u – u – rotundus – [rotundus] – yumaloq
- y – i – myologia – [miologiya] – muskullar haqidagi fan
- Y y ipsilon, igrek (fr. i grec – yunoncha «i»)yunon tilidan kelib chiqqan so‘zlarda ishlatiladi: tympanum [timpanum] (yun. τυμπανον) nog‘ora; gyrus [girus] (yun. γυρος) pushta.
Do'stlaringiz bilan baham: |